O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
Download 61.49 Kb.
|
IJK ishchi dastur
Ekspert guruhi raisi: ____________ ____________________________ (imzo) (F.I.SH) Ekspert guruhi a’zolari: ____________ ____________________________ (imzo) (F.I.SH) ____________ ____________________________ (imzo) (F.I.SH) K I R I SH. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Qisqa muddat ichida mamlakatimizning barcha hududlarida eng so’nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan minglab zamonaviy muhtasham akademik litsey va kasb, hunar kollejlari qad ko’tardi. O’z o’rnida, barcha turdagi ta’lim muassasalarini eng zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, bo’lajak mutaxassislarni esa ushbu texnologiyalarni mukammal egallashga o’rgatish orqali ularni yetuk mutaxassislar qilib tayyorlash maqsad qilib qo’yilgan. Bu masalaga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o’quv yurtlariga jadallik bilan olib kirish g’oyasini ilgari surgan edi. Bu g’oyaning ilk natijasi sifatida Prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 mayda qabul qilingan 230-sonli «2001—2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, qarorlari qabul qilindi. 2002 yil 30 mayda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi farmoni, mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002–2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Hayotimizga jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan eng so’nggi avlod kompyuter va axborot texnologiyalarini o’rgatish, ularni amalda qo’llay olish malaka hamda ko’nikmalarini berish mazkur dasturning asosiy maqsadi qilib qo’yilgan. Download 61.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling