O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi


Fanning maqsadi va vazifalari


Download 61.49 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi61.49 Kb.
#1550390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJK ishchi dastur

Fanning maqsadi va vazifalari
Mazkur o’quv dasturida o’quvchilarga amaldagi tarmoq ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim berish, o’qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlar qo’llagan holda mashg’ulotlarni amaliy va nazariy darslar ko’rinishida tashkil etilib, chuqur nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar berish maqsad qilib qo’yilgan.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimiga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Zamonaviy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalarini bilish;

  • SHaxsiy kompyuterlarning tizimli dasturiy ta’minotini bilish;

  • Amaliy dasturlar (matn muharrirlari,taqdimot dasturlari, elektron jadvallar dasturlarini bilish;

  • Ma’lumotlar ombori yaratishni bilish va ularni boshqarish asoslarini bilish;

  • Lokal va global tarmoqlar to’g’risida bilimlarga ega bo’lish va boshqalar.

Fan bo’yicha o’quvchilarning ko’nikmalari bo’yicha quyidagi talablar qo’yiladi:

  • SHaxsiy kompyuterlar tizimli dasturiy ta’minoti va ular doirasida ishlash;

  • Microsoft Word muharriri doirasida ishlash va mutaxassislika oid ish hujjatlarini kiritish, ularga ishlov berish;

  • Microsoft Power Point taqdimot dasturi doirasida ishlash, taqdimotlar yaratish;

  • Microsoft Excel uning doirasida ishlash, mutaxassilikka oid kichik dasturlar yaratish;

  • Microsoft Access vositasida mutaxassislik bo’yicha ma’lumotlar omborini yaratish hamda uni boshqarish;

  • Internet tarmog’ida ishlash, ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish va boshqalar.

Fan bo’yicha o’quvchilarning malakalariga qo’yiladigan talablar:

  • SHaxsiy kompyuterlar tizimli dasturiy ta’minotini amalda qo’llash;.

  • Microsoft Word dasturida egallayotgan kasbi bo’yicha ma’lumotlar kiritish va uning doirasida ishlash.

  • Microsoft Power Point taqdimot dasturida o’z mutaxassisligi bo’yicha taqdimotlar yaratish;

  • Microsoft Excelda kasbi bo’yicha ma’lumotlar kiritish, ularga qayt ishlov berish;

  • Microsoft Accessda kasbi bo’yicha ma’lumotlar omborini yaratish va uni boshqarish;

  • Internet tarmog’ida mustaqil ishlash, axborotlar almashinuvini bajara olish va boshqalar.


Download 61.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling