O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 1 Mb.
bet13/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Umar Xayyom kalendari

HI asrda Nishopurda (Huroson) yashab matematika, astronomiya soxasida ijod etgan taniqli shoir U. Hayyom (1048-1131) 1070 yillarda saljuq sultoni Malikshoh va uning vaziri Nizomul-Mulk tomonidan saroyga taklif etiladi. Uning iltimosiga ko’ra, shox Hayyom va uning shogirdlari uchun 1076 yili Isfahonda rasadhona qo’rib beradi. Malikshox vafotiga (1092y. ) qadar ishlagan bu rasadhonadagi astronomik kuzatishlar natijasida yuzdan ortiq yorug’ yulduzlarning koordinatalarini hamda Oy, Quyosh va planetalarning xarakatlarini aks ettirgan jadvallarni o’z ichiga olgan “zij” tuzildi. Bu astronomik risola keyinchalik “Malikshox ziji” degan nom bilan astronomiya tarihidan joy oldi.


Beruniy o’zining “O’tgan avlodlar `haqida esdaliklar” asarida qadim Ironda (jumladan Hurosonda ham) kalendar yilining uzunligi 365 kun bo’lib, 12 ta oyining birinchi 11 tasi 30 kundan, 12-si esa 35 kundan bo’lganini ma’lum qiladi. Taqvimning yil boshisi esa har doim baxorgi teng kunlik bilan ustma-ust tushishi zarur edi.
Tropik yilning uzunligi, aslida 365 kun bo’lmay, undan 6 soatga uzunligi tufayli, yillar o’tishi bilan yil boshini teng kunlikdan siljib ketishiga (har to’rt yilda tahminan 1 kun) sabab bo’lgan.
Kalendarni bunday kamchilikdan holis qilish uchun Malikshox astronom va matematiklardan iborat komissiya tuzib, unga raxnamolik qilishni Umar Hayyomga topshirdi.
Komissiyaning bosh vazifasi, yil boshisi (“Navruz”ni) baxorgi teng kunlikdan siljimaydigan qilib taqvim tuzishdan iborat edi. Buning uchun komissiya, 366 kunlik kabisa yilini joriy qilib, uning kelish tartibini rimliklar Yulian kalendarida joriy qilgan tartibidan boshqacharoq shaklda taklif etdi.
Keyinchalik Umar Hayyom kalendari deb nom olgan bu taqvimda kabisa yili, 33 yilda 8 marta kelib (rimliklar taqvimida 32 yilda), dastlabki 7 tasi har to’rtinchi yilda, ohirgi 8-si esa 5 yili keladigan qilib qabul qilindi. Boshqacha aytganda, 33 yillik davrning 4-, 8-, 12-, 16-, 20-, 24-, 28- va 33-yillari kabisa yillari sanalib, 366 kundan qilindi.
U. Hayyom taqvimida yilning o’rtacha uzunligi kunga teng bo’lib, tropik yilning uzunligidan (365, 24220 kun) atigi 0, 00022 sutkaga ya’ni 19, 5 sekundgagina uzun edi holos. Bu hatolik shu qadar kichikki u yig’ilib-yig’ilib 4500 yil o’tgandan so’nggina 1 kunga yetadi!
Biz ishlatayotgan grigorian kalendarining hatosi bir kunga yetishi uchun esa 3300 yil (ya’ni Hayyom kalendaridagidan 1200 yil kam vaqt) kerak bo’ladi.
Umar Hayyomning bu taqvimi, ayni paytda Eronda ishlatiladigan Jaloliy (Malikshoxning tahallusi) kalendarining asosini tashkil etadi.
Mazkur kalendar erasining boshi ham, keyinchalik, musulmonlarning oy kalendari erasidagi kabi 622 yilning 16 iyuliga ko’chirilib, Quyosh-xijriy kalendari degan nom bilan ataladigan bo’ldi (22-rasm).
Bu taqvimda oylar, Quyoshning yillik ko’rinma harakati davomida kesib o’tadigan yulduz turkumlarining nomlari bilan Xamal, Savr, Jaavzo, Saraton, Asad, Sumbula, Mizon, Aqrab, Qavs, Jaddi, Dalv, Xut deb yuritiladi.
Quyosh-xijriy kalendari bo’yicha yangi-1377 yil-1998 yilning 21 martida kiradi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling