O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Fizik o'zgaruvchan yulduzlar
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Pulsatsiyalanuvchi ozgaruvchan yulduzlar
Fizik o'zgaruvchan yulduzlar
Fizik o'zgaruvchan yulduzlar ravshanliklarning o'zgarishi, tutiluvchi qo'shaloq yulduzlar ravshanliklarining davriy o'zgari-shidan farqli o'laroq, shu yulduzlarning qa'rida kechadigan fizik jarayonlar tufayli sodir bo'ladi. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar, ravshanliklarining o'zgarish xarakteriga ko'ra pulsatsiyalanuvchi va eruptiv o'zgaruvchan yulduzlarga bo'linadi. 1. Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar — ravshanliklarining bir maromda o'zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu xildagi o'zgaruvchan yulduzlar ravshanliklarining o'zgarishi, asosan, ularning sirt qatlamlarining pulsatsiyalanishi hisobiga bo'lgani uchun ham ular shunday nomlanadi. Pulsatsiyalanish tufayli bunday yulduzlarning radiuslari ortayotganda ularning yorqinligi va temperaturasi maksimumga erishadi, aksincha kichrayayotganda (ya'ni yulduz siqilayotganda) esa yorqinligi va temperaturasi kamayadi. Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar davrlarining uzunligi va ravshanliklarining o'zgarish darajasiga ko'ra sefeidlarga va Liraning RR tipidagi yulduzlarga bo'linadi. Sefeidlar ravshanliklarining egriligi alohida shaklga ega bo'lib, ularning asosiy fizik kattaliklaridan hisoblangan ko'rinma yulduz kattaliklarining vaqt bo'yicha o'zgarish davri bir necha sutkadan bir necha o'nlab sutkagacha yetadi. Bunday yulduzlar ravshan-ligining egriligi Sefey yulduz turkumi 5 yulduzining o'zgarishiga o'xshaganligi uchun ham ular sefeidlar deb ataladi (118-rasm). Sefeidlar ravshanligining o'zgarishi 0,1 dan 2,0 yulduz kattaligi chegarasida bo'ladi. Sefeidlar chaqnashining maksimumida F spektral sinf-ga mansub yulduz ко'rim-shida bo'lib, minimumida G sinfiga mansub yulduz ko'rinishini oladi. Ravshan-liklarining bunday o'zgarishi yulduz temperaturasining o'r-tacha 1500 gradusga o'zgari-shiga mos keladi. Sefeidlar spektrida kuzatiladigan chi-ziqlar uning ravshanligi o'zga-rishining fazasiga mos ravish-da qizil yoki binafsha tomonga siljib turadi. Bunday siljishlar ham davriy xarakterga ega bo'lib, qizil siljishning maksi- mumi sefeid ravshanligining minimumiga, binafsha siljishning maksimumi esa ravshanlikning maksimumiga to'g'ri keladi. Sefeid-larning davrlari va ravshanliklari orasida bog'lanish mavjud bo'lib, ular ravshanliklarining ortishi davrlarining ortishida o'z aksini topadi. Sefeidlar F va G sinflarga kiruvchi gigant va o'tagigant yulduzlar bo'lganidan ularni Galaktikamizdan tashqaridagi obyektlarda ham ko'rishning imkoni bor. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling