O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Yulduzlarning massalarini hisoblash


Download 1 Mb.
bet62/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Yulduzlarning massalarini hisoblash
Yulduzlarni xarakterlovchi eng muhim kattaliklardan bin ular­ning massalaridir. Yulduzlarga tegishli ko'plab parametrlar u yoki bu darajada massalariga bog'liqdir. Boshqa parametrlaridan farqli o'laroq, yulduzlarning massalarini aniqlash eng murakkab masala-lardan hisoblanadi. Agar yulduzning atrofida yo'ldoshi bo'lsa, yulduznmg unga gravitatsion ta'siri asosida yulduzning massasini baholash mumkin.
Shu yo'l bilan Quyoshning atrofida aylanuvchi planetalarning davrlari va Quyoshdan o'rtacha uzoqliklariga ko'ra aniqlangan Quyoshning massasi 2 • 1030 kg ni tashkil etadi.
Yulduzlar atrofida ularning xususiy yo'ldoshlarining aksariyat holda ko'rinmasligi (ayrimlarini hisobga olmaganda) tufayli bu usul bilan ularning massalarini aniqlashning iloji yo'q. Biroq ko'p hollarda yulduzlar qo'shaloq holda uchrab, ularning umumiy massa markazi atrofida aylanish davrlariga ko'ra massalarini hisoblashning imkoni mavjud. Bunda Keplerning Nyuton tomonidan aniqlash-tirilgan qonunidan foydalaniladi. Qo'shaloq yulduzlarning bu usul bilan aniqlangan massalari, hisoblashlarning ko'rsatishicha, 0,1 Quyosh massasidan 100 Quyosh massasigacha bo'lar ekan. Massalari 10—50 MQ chegarasida bo'lgan yulduzlar nisbatan kam uchraydi.
Eng kichik massali yulduzlar ham planetalardan yuzlab marta ortiq rnassaga ega. 0,1 Quyosh massasidan kichik «yulduzlar» yorug iik nurlarida nurlana olmaydi, ya'ni yulduz sifatida namoyon bo'la olmaydi.
Massalari aniqlangan yulduzlarni ularning yorqinliklari bilan solishtirib o'rganish natijasida, bu ikki fizik kattalik orasida bog'-lanish borligi aniqlandi: yulduzning yorqinligi uning massasining taxminan to'rtinchi darajasiga proporsional ekan, ya'ni:
Bundan ko'rinishicha, yulduz Quyoshdan uch barobar ortiq massaga ega boisa, uning yorqinligi Quyoshnikidan 81 marta ortiq bo'lar ekan.
Massa va yorqinlik orasidagi bunday bog'lanish asosida yorqin­liklari aniqlangan yulduzlarning massalarini topish mumkin. Bu hozirgacha astronomiyada yo'ldoshi aniqlanmagan yoki qo'shaloq sistemani tashkil etmagan yakka yulduzlarning massalarini aniq-lashning birdan bir yo'li hisoblanadi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling