Yillik parallaks va yulduzlargacha masofani aniqlash
Yulduzlargacha masofani aniqlash ularning yillik parallaktik sil-jishlariga asoslanadi. Quyosh atrofida radiusi qariyb 150 million kilo-metrli aylana bo'ylab harakatla-nayotgan Yerdagi kuzatuvchi, yaqindagi yulduzlarning uzoqdagi yulduzlar fonida siljib, bir yilda aylana (yulduz Yer orbita tekisligiga tik yo'nalishda joylashganda), ellips (yulduz Yer orbita tekisligiga bur-chak ostida joylashganda) chizishini kuzatadi.
Yoritgichning parallaktik siljishi deb yuritiluvchi bunday chizma-larning (aylana yoki ellips) yoy o'lchami, yulduzning uzoqligiga ko'ra turlicha kattalikda bo'lib, u mazkur yoritgichdan qaralganda, qarash chizig'iga tik bo'lgan Yer orbitasi radiusining ko'rinish bur-chagi к ni o'lchashga imkon beradi . Yoritgichning yillik parallaksi deyiluvchi bu n burchak esa, o'z navbatida, shu yoritgichning Quyosh sistemasidan (demak, Yerdan) uzoqligini o'lchashga imkon beradi. Darhaqiqat, to'g'ri burchakli uchburchak QEM1 (yoki QEM2)dan
bu yerda r— Yer orbitasining radiusini, - esa yoritgichgacha masofani xarakterlaydi. Yillik parallaks burchagi juda kichik bo'lib, yoy sekundining ulushlarida o'lchanganidan, yoritgichgacha masofa (r=a.b): / = a.b formula yordamida hisoblanadi. Agar masofa parseklarda o'lchansa l-\, bo'ladi.
Birinchi marta 1886-yilda shunday usul bilan Vega (Liraning alfasi)ning yillik parallaksi o'lchanib, bu yulduzgacha masofani mashhur Pulkovo (Rossiya) observatoriyasining asoschisi V.Y.Struve aniqladi. Bunday usul bilan nisbatan yaqin ( > 0,01") yulduzlar-gacha masofalar aniqlanadi. Shunday usul bilan Quyoshdan 10 yorug'lik yilicha masofada yotgan yulduzlar 113-rasmda keltirilgan. Juda uzoqdagi yulduzlargacha masofa esa ularning ko'rinma va absolut kattaliklari (m, M) asosida ushbu formula
yordamida topiladi: lg r = +1 (pk).
Do'stlaringiz bilan baham: |