O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30 apreldagi
Download 30.5 Kb.
|
12. Baholash mezoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- NIZOM I. Umuniy qoidalar
VI. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O’zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi, F.G.Nazirov 2008 yil_______ aprel O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi R.J.Qurbonov 2008 yil_______ aprel O’zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi T.K.Qo’ziyev 2008 yil_______ aprel O’rta maxssus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’quvchilar bilimini reyting tizimi orqali yakuniy baholash bosqichida tayanch so’z iboralarga asoslangan “Yozma ish” usulini tadbiq etish bo’yicha muvaqqat NIZOM I. Umuniy qoidalar Respublikamiz kasb-hunar kolejlarida va akademik litseylari ish beruvchilar o’rtasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, ishlab chiqarish korhonalariga yuqori malakali kichik mutaxassislar hamda oily ta’lim muassasalariga chuqur ilmga ega bo’lgan o’quvchilarni tayyorlab berish tanlangan kasb bo’yicha mutaxassislik va umumkasbiy fanlarning chuqur o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida o’quvchilar bilimini baholashda reyting tizimini yakuniy baholash bosqichida tayanch so’zi va iboralarga asoslangan “Yozma ish” usilini tadbiq etish belgilanadi. O’quvchilar bilimini reyting tizimi bo’yicha so’z va iboralarga asoslangan “Yozma ish” usulida foydalanish o’quvchilarning quyidagi yo’nalishlarida mustaqil fikrlashlarini shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi; mustaqil firlash; o’z bilimining doimiy ravishda oshirib boorish; o’zi tanlagan soha bo’yicha adabiyotlardankeng foydalanish; o’qiyotgan fanlarning muayyan mavzulari bo’yicha tuzilgan tayanch so’zi va iboralarga asoslangan holda o’quvchilarning o’z fikrlashi yozma ravishda aniq va lo’nda ifoda etishini shakllantirish; o’quvchilar o’z fanlari bo’yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish hamda darslarga doimiy tayyorgarlik ko’rishni shakllantirish; o’quvchilar bilimini baholashning tayanch so’zi va iboralariga asoslangan “Yozma ish” usuli, reyting tizimini “Yakuniy baholash” bosqichida amalgam oshiriladi. yakuniy baholash bosqichini “Yozma ish” usulida o’tkazish fanlarni tanlash huquqi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari ixtiyoriga berildi (o’quv rejada belgilangan fanlarning 50% gacha bo’lgan holda). “Yozma ish” o’tkaziladigan fanlar o’rta maxsus kab-hunar ta’limi muassasasi rahbari buyrug’I bilan rasmiylashtiriladi. qolgan fanlardan YaB turini o’tkazish tartibi (og’zaki, yozma,test va h.k) o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan aniqlanadi. yakuniy baholash bosqichida “Yozma ish” belgilangan fanlardan JB va OB bosqichlarida o’quvchilarning to’plagan ballari miqdoridan qat’iy nazar o’quvchi “Yozma ish” yozish shart. “Yozma ish” o’tkazish tartibi. o’quv yili (semester) boshida ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida “Yozma ish” o’tkazilishi belgilangan fanlarning nomi kafedralar va o’quvchilar e’tiboriga o’quv-uslubiy bo’limi tomonidan yetkaziladi. “Yozma ish” o’tkazilishi belgilangan fanlar bo’yicha dars beruvchi kafedralar tomonidan savolla va ularni yoritishga yordam beruvchi tayanch so’z va iboralar ishlab chiqiladi hamda kafedra majlisida keng muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilinadi; “Yozma ish” tasdiqlangan jadvalga muvofiq, fan bo’yucha dastur to’la o’tilgandan so’ng o’tkaziladi va “Yozma ish” o’tkazilishi to’g’risida o’quvchilarga bir oy oldin ma’lum qilinadi; kafedralar o’quvchilarga “Yozma ish”ni o’tkazish tartib va unga qo’yiladigan talablar bo’yicha konsultatsiyalar tashkil etiladi; “Yozma ish” larni o’tkazish uchun, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori buyrug’I bilan komissiya tashkil etiadi (komissiya a’zolari tashqaridan bo’lishi ham mumkin); “Yozma ish”o’tkazilish belgilangan fanlardan tayanch so’z va o’qituvchilari tomonidan dars davomida o’quvchilarga yetkaziladi; “Yozma ish” savollari va ularning yoritishga yordam beruvchi tayanch so’z va iboralar o’quv muassasalarining o’quv ishlari bo’yicha director muovini tomonidan komissiya a’zolariga “Yozma ish” o’tkazilishi belgilangan vaqtidan bir soat oldin maxsus konvertda taqdim etadi; “Yozma ish” hajmi 300-400 tagacha tayanch so’z va iboralardan iborat bo’lishi belgilanadi. “Yozma ish”ni o’tkazish uchun 2 soat vaqt beriladi. Komissiya “Yozma ish”larni belgilangan tartibda tekshiruvchilarga tarqatadi va natijalarni bir hafta muddatda o’quvchilarga ma’lum qiladi. “Yozma ish”larni tekshirish va baholash uchun chaqirilgan (zarurat tug’ilgan) malakali o’qituvchilarga ish haqi byujetdan tashqari mablag’lar yoki soatbay jamg’arma hisobidan amalgam oshirilishi nazarda tutiladi; “Yozma ish”larni baholash mezonlari ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markaz rahbarligida tayanch o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va barcha ushbu yo’nalishdagi ta’lim muassasalariga yetkaziladi; “Yozma ish”larning 10% tashqi taqriz uchun Markaz yoki huquqiy boshqarmalar tomonidan boshqa o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga yuborilishi nazarda tutiladi; o’quvchilarning “Yozma ish”lari natijalariga ko’ra mazkur fanlar bevosita dars bergan o’qituvchini reytingi belgilanadi hamda yuqori ko’rsatkichlarga erishgan o’quvchilar uchun qo’shimcha ravishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish masalasi ilmiy pedagogic kengashda ko’rib chiqiladi va tavsiya etiladi. O’quvchilarning “Yozma ish”lari 1 yil davomida tegishli fan kafedralarida saqlanadi. Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling