O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30 apreldagi
IV. O’quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko’rsatkichlarini aniqlash
Download 30.5 Kb.
|
12. Baholash mezoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Reyting monitoringi va tahlil guruhi
IV. O’quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko’rsatkichlarini aniqlash
7. O’quvchilarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida o’quvchining har bir fan bo’yicha o’zlashtirilish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 8. Har bir nazorat turi qanday shaklda o’tkazilishidan qat’iy nazar besh (5) ballik (“5”,”4”, “3”, ”2”,) usulda butun sonlar yordamida baholanadi. 9. Boshlang’ich nazoratining natijasi boshqa nazoratdan olingan ballarga qo’shilmaydi. U o’quvchining semester davomida ushbu fan bo’yicha o’zlashtirish suratini tahlil qilishda, o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash faoliyatining samarasi mezoni sifatida qo’llaniladi. 10. Muayyan fan bo’yicha o’quvchining semester mobaynida to’plashi mumkin bo’lgan umumiy bali (R semester) maksimum “5” ballni tashkil qilib quyidagicha hisoblanadi: R semester =JN+ON+YaN 3 bunda JN- o’quvchining semester davomida joriy nazorat bo’yicha butun songa yaxlitlangan o’rtacha bali; ON- o’quvchining semester davomida nazorat bo’yicha butun songa yaxlitlangan o’rtacha bali; Agar fanning semester bo’yicha yuklamasi 24 soatdan kam bo’lib, oraliq nazorat o’tkazilmagan taqdirda R semester =JN+YaN ; bo’ladi 2 11. Muayyan fan yoki o’quv amaliyot bo’yicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda to’plangan umumiy ballarning o’rtachasi olinadi. R yillik =K1-semestr+K2-semestr 2 12. Har bir fan bo’yicha umumiy reyting ball R yillar bo’yicha to’plangan umumiy reyting ballarning ballarning o’rta qiymati kabi aniqlanadi (masalan,fan uch yil o’qitilsa) R =R1 yil+R2yil+R3yil 3 13. O’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ham maksimal semester bali 5 ball bo’lib, reyting tizimida ularning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib loyihalashtiriladi. V. Reyting monitoringi va tahlil guruhi 14. Ta’lim muassasalarida reyting tizimini to’laqonli joriy etish, o’qituvchilarga uslubiy yordam ko’rsatish, reyting natijalarini doimiy ravishda tahlil qilib boorish maqsadida uslubchi, EHM operatori, kafedra mudirlari, psixolog va boshqa tajribali o’qituvchilardan iborat reyting monitoringi va tahlil guruhi tuziladi. Unda direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari rahbarlik qiladi. 15. Reyting monitoringi va tahlil guruhi o’z faoliyatini mazkur nizomga muvofiq amalgam oshiradi. Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling