O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30 apreldagi


Download 30.5 Kb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi30.5 Kb.
#1023494
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12. Baholash mezoni


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining
2008 yil 30 apreldagi
01-148 q/q-son, 118-son, 16q/q-son qarori bilan
TASDIQLAYMAN”
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida
Nizom
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida’gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlar hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasi o’rta va maxsus, kasb0hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi”204-son va 2004 24 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida”gi 293-son qaroriga asosan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi hamda O’zbakiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktabrdagi 400-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’limi standartlari”ning (bundan keyin Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
2. O’quvchilarining bilib saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida joriy qilishning reyting tizimi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalgam oshiriladi.
II.Reyting tizimining maqsad va vazifalari
3. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat;
a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalari saviyasini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari;
v) Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
g) o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o’zaro musobaqa muhitini yaratish;
d) o’quvchilarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
e) o’quvchilarning har bir fan va amaliyot turlari bo’yicha o’zlashtirish darajalarini aniqlash;
j) o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalari saviyasini shakllanish suratini muntazam ravishda tahlil qilib borish.

Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling