O‘rta maxsus kasb-hunar
Tushunarlilik va individuallilik prinsipi
Download 0.83 Mb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individuallashtirish
Tushunarlilik va individuallilik prinsipi bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning kuchiga yarasha topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bu prinsipga rioya qilish, ayniqsa, zarur, chunki turli mashqlarni bajarish bolaning hali mustahkam bo‘lmagan organizmining hayotiy muhim funksiyalariga bevosita ta’sir qiladi va jismoniy yuklamalarning haddan oshirilishi salomatligiga yomon ta’sir etishi mumkin.
Tushunarlilikning optimal darajasi bolalarning yosh im- koniyatlariga va topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga muvofiq belgilanadi. Tushunarlilik qiyinchiliklar yo‘q degan ma’noni bildirmaydi, balki, aksincha ularni bolaning jismoniy va ruhiy zo‘r berish orqali muvaffaqiyatli yengishni ko‘zda tutadi. Chin ma’nodagi tushunarlilik pulsometriya, xronometriya va hokazolarni qo‘llanishi bilan amalga oshiriladigan shifokor- pedagog nazorati bilan tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Tushunarlilikningasosiyshartlaridanbiriizchillikvajismoniy mashqlarni tobora murakkablashtirib borish hisoblanadi. Izchil- lik harakatining turli shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning o‘zaro harakati hamda struktura jihatdan umumiylikda ifodala- nadi. Amalda bunga materialni mashg‘ulotlararo to‘g‘ri taqsim- lash orqali erishil adi. Birmuncha qiyinroq vazifalarni bajarish- ga o‘tishda asta-sekinlikka rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda ko‘plab harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish maqsadida tayyorlov va ko‘makchi mashqlardan maqsadga muvofiq foydalanish zarurligini ta’kidlash lozim. Individuallashtirish kishi (bola)ning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tu- tadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, organizm jis- moniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham turlicha va hokazo). Biroq individuallashtirish – bu faqat u yoki bu bolaning tipologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat emas (ularni ta’lim va tarbiyaning optimal maqsadlarida hisobga olish mumkin emas, biroq ularni belgilovchi xususiyatlarni bila olmaydi). Individual ishlashning maqsadi tug‘ma fazilatlarini rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo‘lganda asab tizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o‘zlashtirishdan iboratdir. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling