Yo‘nalishni o‘zgartirib tez yurish.
Tizzalarni baland-baland ko‘tarib yurish.
3 marta prujinasimon, 3 marta to‘liq o‘tirib yurishlar.
Yonma-yon bir qatorga saflanish.
Bir joyda turib, chapga va o‘ngga burilib saflanish.
Ilon izi bo‘lib va hushtak bo‘yicha to‘xtab yugurish.
Tez yurib, yo‘nalishni o‘zgartirib yurish.
Katta va kichik doirada me’yorida yugurish.
Diaganol bo‘ylab chopib yugurish, asta-sekin yurish.
Zal bo‘ylab tarqalib yurish va yugurish.
Signal berilishi bilan bitta qatorga saflanish, keyin ikki doiracha saflanish.
Oyoq uchlarida, tovonlarda, oyoqning yon tomonlarida yurish. Tez yurish, sekin yugurish.
Bitta qatorda yurish, yo‘lni o‘zgartirib yugurish, yurish, signallar bo‘yicha to‘xtab, yana yurish.
Har qadamda bosh ustida chapak chalib yurish.
Ikkitadan juft-juft bo‘lib yurish, ikkitadan keng tarqalib yugurish, signal bo‘yicha o‘z sherigini izlab topish, ikkita qa- torga saflanish.
Doiracha saflanish, “Andijon polkasi” musiqasi jo‘rligida qadamlarda yurish. Lentalar bilan har tomonga ilon izi va to‘xtashlar bilan yurish, yugurish. 3 guruhga bo‘linib saflanish.
Bu mashqlardan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga birinchi qismiga saflanish va qayta saflanish mashqlari kiritiladi. Ular quyidagi tartibda plan konspektga yozib borish tavsiya etiladi. Mashqlar katta guruh bolalariga mo‘ljallangan.
mashg‘ulot
Har tomonga yurish va yugurish. Bir qatorga bittadan saflanish. Oyoq uchlarida yurish, tez yurish, sekin yurishga o‘tish. Markazdan chap tomonga, o‘ng tomonga bittadan yurish, markazdan ikkitadan qo‘l ushlashib yurish; ikkitadan o‘ngga, chapga, markazdan to‘rttadan.
Do'stlaringiz bilan baham: |