O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet30/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar


  1. Qanday mashqlar saflanish mashqlari, deyiladi va

ularning ahamiyati nimada?

  1. Qanday saflanish turlarini bilasiz?

  2. Qayta saflanishlarga qanday harakatlar kiradi?

  3. Guruhlar bo‘yicha qanday saflanishlar tavsiya etiladi?



  1. §. Saflanish va qayta saflanish mashqlarini tuzish

va ularni o‘tkazish


I va II kichik guruhlarda saflanish va qayta saflanish bo‘yicha kichik guruhlar va bunda guruh bilan (tarbiyachi yordamida; mo‘ljalga qarab mustaqil ravishda) aylana bo‘lib bir qator bo‘lib saf tortish, safda o‘z joyini topish, o‘z joyida qadamlab burilish.


O‘rta guruh bolalari bilan saflanish va qayta saflanish. Dastur bo‘yicha quyidagi saflanish va qayta saflanishlar tavsiya etiladi: mustaqil ravishda kichik guruhlar va butun guruh bo‘lib kolonnaga saflanish, doiraga juft bo‘lib sherengaga saflanish, zvenolarga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga (krugom) aylanish.
Katta guruhlarda saflanish va qayta saflanish. Mustaqil ravishda kolonnaga, qatorga, ikki kolonnaga juft bo‘lib, ikki va undan ko‘proq aylana bo‘ylab tizilib saflanish. Bir kolonnadan birnecha (3–4) kolonnaga qayta saflanish. Chapga va o‘ngga
qadam tashlab burilishlar qilish, kolonnada oldinma-ketin tizilib tekislanish, qatorda chiziqqa, oyoq uchlariga qarab tekislanish, kolonnada qo‘llarini oldinga cho‘zgan darajada oraliqni saqlash, qator va aylana bo‘lib turganda, yon tomonga qo‘l cho‘zilganda bir-biriga xalaqit bermaydigan masofadagi oraliqda turish.
Tayyorlov guruhlarida saflanish va qayta saflanish. Mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish, aylana bo‘lib, birnecha kolonna bo‘lib, bir qator bo‘lib saflanish, kolonnada bir qator turgan joyda tekislanish. Bitta kolonnadan yurib turib birnecha kolonnaga, bitta aylanadan birnecha aylanaga qayta saflanish. Burilishlarni (o‘ngga va chapga) bajarish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qatordan ikki qator bo‘lib qayta saflanish. Uch kolonna bo‘lib, saflanayotganda, yon tomonga qadamlar qo‘yib, saflar orasini ochish va yopish. Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish, yurib kelib, hammaning baravariga to‘xtashini mashq qilish.
Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining birinchi qismi uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling