O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet38/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar


  1. Tirmashish mashqlari qanday tipdagi harakat va bola or ganizmiga qanday ta’sir qiladi?

  2. Tirmashib chiqish turlari nechta?

  3. Emaklash mashqlari qaysi yosh guruhlarda qo‘llaniladi?



  1. §. Uloqtirish mashqlarini o‘tkazish metodlari


Uloqtirish asiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha yoshdagi bola uchun yuqoriga, oldinga, pastga uloqtirish ma’qul keladi. U barcha muskul guruhlari, ayniqsa, yelka kamari muskullarini rivojlantirishga, shuningdek, chaqqonlik, egiluvchanlik, tezkorlik, muvozanat saqlash, ko‘z bilan mo‘ljal olishni tarbiyalashga yordam beradi.


Uzoqqa va nishonga uloqtirish. Birinchi harakat ikkinchisi uchun qo‘l kelishi lozim, chunki uzoqqa uloqtirishda asosiy kuch asosan to‘g‘ri uloqtirish metodlarini egallashga qaratiladi; ayni paytda bolalar masofaga uloqtirishni mashq qiladilar. Nishonga uloqtirishda bolaning diqqati buyumni belgilangan nishonga tekkizishga muvofiq qaratiladi. Bunda irodaviy kuch diqqatni to‘plash, diqqat, maqsadga yo‘nalganlik va masofani ko‘z bilan chamalashdagi harakatlar koordinatsiyasi bilan birga qo‘shib olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug‘ullanganda uzoqqa va nishonga uloqtirishning turli usullari qo‘llaniladi: “orqaga yelka osha uloqtirish”, “o‘ng qo‘l bilan pastdan uloqtirish”, “o‘ng qo‘l bilan yuqoridan uloqtirish”, “o‘ng qo‘l bilan yondan uloqtirish” (D.V. Xuxlayeva).
“Orqadan o‘ng qo‘l bilan yelka osha uloqtirish” texnikasi quyidagicha bo‘ladi: dastlabki holatda o‘ng oyoq orqaga olina- di, yelka biroz keriladi, gavda uloqtiruvchi qo‘l tomon birozgi- na buriladi, o‘ng qo‘l ko‘krak oldi tomon yarim bukiladi, chap qo‘l yonga tushiriladi. Silkish paytida gavda uloqtiruvchi qo‘l tomonga buriladi, orqaga tashlanadi va gavda og‘irligi orqaga olingan oyoqqa ko‘chiriladi, o‘ng qo‘l orqa tomonga uzatilgan bo‘ladi.
Uloqtirish paytida o‘ng oyoq, gavda rostlanadi, rostlanayot- ganda oldinga buriladi; uloqtirishning yakunlovchi bosqichida gavda og‘irligi oldinda turgan oyoqqa ko‘chiriladi. O‘ng oyoq chap oyoq yoniga qo‘yiladi. Chap qo‘lda uloqtirish ham shu metoddan foydalangan holda bajariladi.
“O‘ng qo‘l bilan pastdan uloqtirish” usuli. Dastlabki holatda oyoqlar yelkadan kengroq qilib qo‘yiladi, o‘ng oyoq orqaga olinadi, o‘ng qo‘l ko‘krak oldi tomon yarim bukiladi.
Silkishda o‘ng qo‘l pastga-orqaga imkon boricha uzatila- di va uloqtirish qo‘lni oldinga-yuqoriga harakatlantirish bilan bajariladi.
“O‘ng qo‘l bilan yuqoridan” uloqtirish usuli. Dastlabki holatda oyoqlar yelkadan kengroq qilib qo‘yiladi, o‘ng oyoq orqaga olinadi. O‘ng qo‘l (to‘p yoki xaltacha ushlagan holda) gavda yonida bo‘ladi. Silkishda o‘ng qo‘l yuqoriga-orqaga harakatlantiriladi, so‘ngra oldinga yo‘naltiriladi va xaltacha uloqtiriladi.
“O‘ng qo‘l bilan yondan” uloqtirish usuli. Dastlabki holat – oyoqlar yelkadan biroz kengroq qilib qo‘yiladi, o‘ng oyoq orqaga olinadi, narsa ushlagan o‘ng qo‘l gavda yonida tutiladi. Silkishda gavda yon tomonga engashadi, o‘ng qo‘l iloji boricha orqaga uzatiladi, gavda og‘irligi tizzadan bukilgan o‘ng oyoqqa olinadi. Uloqtirishda o‘ng oyoq rostlanadi, gavda chapga-oldinga buriladi, o‘ng qo‘l oldinga harakat qilib narsani uloqtiradi.
Barcha metodlardagi uloqtirishlar joyida turib bajariladi. Katta yoshdagi bolalarni ham to‘rt qadam yurib kelib uloqtirishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
To‘rt qadam yurib uloqtirish bolalarni yugurib kelib uloqti- rishni o‘rganishga tayyorlaydi. O‘ng qo‘l bilan buyumni uloqtirishda o‘ng oyoq bilan qadam tashlanadi, ikkinchi qadam chap oyoqda qo‘yiladi. Dastlabki ikki qadam odatdagicha, uchinchisi chalishtirib qo‘yiladi. O‘ng oyoq uchi bilan o‘ngga buriladi va oldinga, uloqtirish yo‘nalishiga perpendikulyar qo‘yiladi. Uchinchi qadam qo‘yilayotganda o‘ng qo‘l orqaga olinadi. To‘rtinchi qadamda chap oyoq oldinga tashlanadi, gavda og‘irligi o‘ng oyoqda qolib, rostlangan holda o‘ngga buriladi, qo‘l iloji boricha orqaga uzatiladi – uloqtiriladi.
Yugurib kelib uloqtirish. Tezlashtirilgan yugurish o‘ng oyoqni chalishtirib, chap oyoqni oldinga tashlash bilan, ya’ni uloqtirish uchun dastlabki holat bilan tugallanadi. Yugurib kelib, chalishtirib oldinga qadam tashlash va uloqtirish qo‘shib bajariladi. Yugurib kelib uzoqlikka uloqtirish bolalarda 2-2,5 metrga ortadi. To‘pni yoki boshqa buyumni dumalatish, g‘ildiratish, otish uloqtirishning tayyorlov formasidir. Otish ko‘nikmasining rivojlanishi ikkinchi yarim yillikda, bolada o‘yinchoqni tashlab yuborish va o‘yinchoqni itarish malakasi paydo bo‘lgan paytda boshlanadi. 9-10 oylikdagi bola endi to‘pni tik turgan, karavot yoki manej gardishini tutgan holda pastga ota oladi. Otish ikkala qo‘lda yoki o‘ng va chap qo‘l bilan alohida tarzda bajariladi. Otish yo‘nalishi yuqoriga, yon tomonlarga, oldinga, gorizontal va vertikal nishonga tomon burilishi mumkin. Ikki yoshga to‘lish oldida bolalarda otish paytida siltash elementlari paydo bo‘ladi. Agar bolalarni chap qo‘lda otishga maxsus o‘rgatilmasa, ularning ko‘pchiligi asosan o‘ng qo‘l bilan otadilar. Bola 2,5 va undan katta yoshda harakatning to‘g‘ri texnikasini asta-sekin o‘zlashtira boradi.
Kichik to‘pni nishonga uloqtirish qiyinroq. Harakatning bu turida kuchni, nishonga bo‘lgan uloqtirish masofasini va nis- honni muvofiqlashtirish lozim. Bunday muvofiqlik uchun bola markaziy asab tizimini rivojlantirish, “muskul hissi”ning mavjudligi, ko‘rish idrokining aniqligi, harakatlarni eslab qolish va qayta bajara olish talab etiladi.
3— 4 yoshli bolalar uchun uzoqqa va nishonga otishda o‘z holatiga befarqlik xosdir. 3-4 yoshdagi bolalarning eng katta kamchiligi to‘g‘ri dastlabki holatni egallay olmaydilar. Bu yoshdagi bolalar hali gavdalarini otadigan o‘ng qo‘l tomonga bura olmaydilar. Nishonni ko‘zlab otishda bola nigohi faqat kerakli tomonga qaratiladi, xolos. Nishonni ko‘zlash vaqti 1 dan 3-4 sekundgacha bo‘ladi. Bola qo‘lini kuchsiz siltaydi, otish kuchi va masofani o‘lchash qiyin, shuning uchun ham bolalar faqat 1-1,5 m uzoqlikdangina nishonga tekkizadilar.

  1. yoshli bolalar uchun to‘pni yuqoriga otib ilish ham qiyin- lik qiladi. Yuqoriga otishda 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar- ning faqat 20 %, 4 yoshga qadam qo‘yganlarning 37 %, 5 yoshga qadam qo‘yganlarning 62 %, 6 yoshga qadam qo‘yganlarning 94 %, 7 yoshga qadam qo‘yganlarning 97 %gina yo‘nalishga rioya qila oladilar.

Bolalarning yoshi o‘sishi bilan to‘pni ilib olish malakasi takomillashib boradi: 3 yoshli bola to‘pni biroz yuqoriga otib (20– 25 sm) qo‘lidan deyarli uzmay ilib oladi, 4 yoshdagi bolalarning 30 foizi ilib oladilar, bunda ularning 25 foizigina to‘pni panjasi bilan ilib oladi. Besh yoshda bu ko‘rsatkich 52 foizni, 6 yoshda 95 foizni va 7 yoshda 95,5 foizni tashkil etadi. (N.P. Kochetova).
O‘rta va katta guruhlarda uloqtirishga oid turli mashqlar (dumalatish, otish, ilib olish, uzoqqa va nishonga uloqtirish, to‘rdan oshib otish) har kuni o‘tkazilishi, to‘p esa bolalarga erkin foydalanish uchun berib qo‘yilishi lozim. Turlicha mashqlar qancha ko‘p qo‘llanilsa, bu murakkab harakat metodlarini shuncha yaxshi o‘zlashtiradilar.
To‘p bilan turli variantlarda o‘tkaziladigan tizimli mashqlar asta-sekin bolalarga mos uloqtirish texnikasini hosil qiladi. Bolalar bog‘chaga qatnash davrida dumalatish, g‘ildiratish, to‘pni otish va ilib olish, to‘pni uloqtirish, uzatish, olib yurish, qaytarishning barcha turlarini, “to‘p maktabi”ni o‘zlashtirishlari lozim. Bolalar imkoniyatini kengaytirgan holda ularga ijodiy
yo‘sindagi topshiriq – to‘p o‘yinining yangi kombinatsiyalarini o‘ylab topish tavsiya etiladi.
Xonada va maydonchada voleybol, basketbol, xokkey o‘yinining ba’zi ko‘nikmalarini egallash uchun halqa, to‘p tash- lagich, kegli, badminton, to‘rlar, savatlarni bolalar ixtiyoriga berilishi kerak.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling