O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet56/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar


  1. Milliy o‘yinlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati qanday?

  2. Milliy o‘yinlarning tarixini ochib bering.

  3. Sanamalar qachon ishlatiladi va bolalarni uyushishiga qanday ta’sir etadi?

  4. Qanday milliy o‘yinlarni bilasiz va turli yosh guruhlarda ularni o‘tkazish uslubiyatining o‘ziga xosligi nimada?



    1. §. Sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish


Sport o‘yinlariga voleybol, basketbol, sharcha, badminton, lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Bolalar bog‘chasida katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini o‘tkazish mumkin. Ular bolalar musobaqa, o‘yin estafetasi elementlari mavjud harakatli o‘yinlarni uyushgan holda o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni mustaqil tashkil etadigan bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o‘yinlari harakatli o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta bilishni, uyushqoqlikni,


kuzatuvchanlik, muayyan harakat texnikas ini, harakatning tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi.
Sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi, ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik, harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinlarni birlashtiruvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning bir qadar chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o‘yinning o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o‘yin muddati vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish shartlari maxsus tayyorlanadigan joyni, belgilangan maydonchani, tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarda bolalar sport o‘yinlari texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘- nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar ko‘pincha o‘yinlarni qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun muhimdir.
Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhimdir. To‘p bilan harakat qilish, tutib olish, ilib olish va ushlab turish, to‘pni yo‘nalishini belgilab olish, fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling