O‘rta maxsus kasb-hunar


Ertalabki gimnastikaning namunaviy kompleksi


Download 0.83 Mb.
bet79/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ertalabki gimnastikaning namunaviy kompleksi


        1. qism. Qo‘llarida sakrag‘ich bilan ketma-ket yurish. Ar- g‘amchidan hatlab yurish. Yengil aylanib yugurish. Yugurib bo rayotganda uchtadan bo‘lib saflanish. Turgan joyida yurish bir- biridan uzoqlashish, bir biriga yaqinlashish.

        2. qism.

  1. D.h.: oyoqlarni juftlash, arg‘amchini ikki buklab, ikkala qo‘lni pastga tushirgan holda ushlab turish.

B.: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, arg‘amchini yelkaga tushi-
rish, yuqoriga ko‘tarish, tushirish (8–10 marta).

  1. D.h.: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar arg‘amchi bilan orqada.

B.: oldinga engashish, arg‘amchini oyoq uchiga ilib,
qo‘llarni yon tomonga ko‘tarish (8 marta).

  1. D.h.: tovonlarni birlashtirib, oyoq uchlari ochiladi, qo‘llar arg‘amchi bilan yuqoriga ko‘tarilgan.

B.: cho‘qqayib o‘tirilib, turiladi (10 marta).

  1. D.h.: tik turish, qo‘lda arg‘amchi.

B.: oldinga engashish, qo‘llarni mumkin qadar pastga uza- tib, tizzani bukmagan holda arg‘amchini po‘lga tegizish (6–8 marta).

  1. D.h.: tizzalab turib, arg‘amchini oldinga tutish.

B.: orqaga kerilib, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, rostlanish
(6 marta).

  1. D.h.: chalqancha yotish, qo‘llarida arg‘amchi olib oldinga ko‘tarish.

B.: arg‘amchini oldinga ko‘tarish, so‘ng oyoqlarni ko‘tarib tayoqchaga tekkizish. Mashqni bajarishda tizzalarini bukmaslik- ka e’tibor qaratish kerak bo‘ladi (8–10 marta).

  1. D.h.: tik turgan holda oyoqlar juft, qo‘llar belda, arg‘amchi yerda.

B.: arg‘amchidan hatlab sakrash (2 marta 30 tadan sak-
rash).

        1. qism. Osoyishta yurish, yengil yugurish va tinch nafas rostlash.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling