O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet85/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

2-rasm.


1–Ertalabki gimnastika uncha uzoq vaqt davom etmaydigan yurishdan boshlanadi. Bunday yurish bir xil va zerikarli bo‘lmasligi kerak. U turli tarzda: ketma-ket bo‘lib turib, juft- juft bo‘lib turib, tarqalib yurib va boshqa istalgan tartibda saflangan holda bajaradilar. Yurishdan asta-sekin yengil yugurishga (zal bo‘ylab 1,5–2 marta doira yasab) yugurishdan esa yana sekin


yurishga o‘tiladi. Mana shu sekin yurish vaqtida qayta saflanish
amalga oshiriladi.
2–Yil boshida bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun ko‘pincha davra qurib turadilar. Yilning ikkinchi yarmida ularni zvenolarga bo‘lib ham shug‘ullantiriladi.
3–Ertalabki gimnastika mashqlar kompleksidagi umumiy rivojlanish mashqlarining joylanish sxemasi avvalgi guruhlarda qanday bo‘lsa bunda ham shunday: dastlab yelka-o‘mrov va qo‘l muskullarini mustahkamlovchi mashqlar keyin esa oyoq va gavda muskullarini mustahkamlovchi mashqlar bajariladi. Mashqlar kompleksining mazmuni bolalar shu yil yoki o‘tgan yili mashg‘ulotlarda o‘rgangan mashqlaridan iborat bo‘ladi. O‘rta guruhdagi ertalabki gimnastikada har turli dastlabki holatlar (tik turish, o‘tirish, cho‘kkalab turish) va qo‘lning har xil dastlabki holatlari (yon tomonlariga, oldinga uzatish, belga, yelkalarga qo‘yish va boshqalar) dan foydalaniladi. Mashqlar uchun mayda buyumlar (kubiklar, ro‘molchalar va boshqalar) dan tashqari o‘rtacha hajmdagi to‘plar, keglilar ham qo‘llaniladi. Turli muskul guruhlari uchun mo‘ljallangan mashqlar 4–6 martadan takrorlanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan so‘ng turgan joyda sakrash mashqlari o‘tkaziladi. Bu mashqlar tobora har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: oyoqlar kerilgan– oyoqlar juftlangan atrofga burilishlar bilan polda yotgan lenta ustidan oldinga orqaga hatlab kegli atrofida oldinga surilib sakrash kabi. Sakrash me’yori har safar 15–20 tadan. Sakrash mashqlari turgan joyda yugurish yoki zal atrofida yugurish bilan almashtirilishi mumkin. Bunday yugurishdan keyin sekin yugurishga o‘tiladi. Ertalabki gimnastikada ba’zan sakrash va yugurish o‘rniga oddiy lekin his-hayajonli ruhdagi harakatli o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ertalabki gimnastikaning har bir mashqlar kompleksi bir hafta mobaynida takrorlanadi. Ayrim mashqlarni tarbiyachining xohishi bilan almashtirish mumkin. Ertalabgi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari nafaqat bola balki katta yoshdagi kishilar uchun ham juda foydali hisoblanadi.

      1. Download 0.83 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling