O‘rta maxsus kasb-hunar


§. Ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlar


Download 0.83 Mb.
bet86/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

§. Ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlar


Harakatli o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi tartibiga muvofiq: ertalab, tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi o‘yinlarni kalendar-reja bo‘yicha taqsimlashda harakat ko‘nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur takroriylik, murakkablashuv va variativlilikni ko‘zda tutadi. Tashqi muhit sharoitini hisobga olish o‘yinda qatnashuvchi bolalar soni, ularga zarur mo‘ljal olish va aniq vaziyatda o‘zini tutishni tarbiyalash uchun muhimdir.


Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazish uchun hamisha ham barcha bolalarni, butun guruhni birlashtiraverish shart emas. Tarbiyachi o‘yinlarni kichik-kichik guruhlar bilan ham o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda tarbiyachi bir o‘yinning o‘zini bir kunda hamma bolalar ishtirok etishi uchun birnecha martadan tashkil qiladi.
Bolalar o‘yin faoliyatining barcha imkoniyatlaridan kun davomida foydalanish uchun belgilangan tartibga qat’iy amal qilish zarur, chunki harakatli o‘yinlar o‘tkazish vaqti va ular davomiyligi bolalarning oldingi va bo‘lg‘usi faoliyati bilan uzviy aloqadordir. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar faoliyati xarakterini kuzatib borib ularga turli mazmundagi va harakat darajasidagi o‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularni harakat faolligini boshqaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini biroz cheklaydi va kerakligicha dam olishini ta’minlaydi.
Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazishning kalendar- re- jasini tuzishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli o‘yinlar sovuq havoda o‘rtacha harakat xarakteri- dagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati xarakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi va sovqotishning ham, issiqlab
ketishning ham oldini oladi, psixikasining ijobiy emotsional holatini saqlab turadi. Bolalarning qish faslidagi ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlariga yordam beradi, organizm- ning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir qiladi.
Yozda, bolalar vaqtlarini asosan ochiq havoda o‘tkazganlari uchun ularning kiyim-boshlari ham yengillashtiriladi (trusiklar, panamkalar va yengil tuflilar), xilma-xil harakatlar bolalar sog‘- lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg‘otadi. Toza sof havo- da va quyoshdagi harakatlar bola organizmini mustahkamlay- di, funksional jarayonlar dinamikasini kuchaytiradi. Yilning bu faslida ham xilma-xil harakatli o‘yinlardan foydalaniladi, biroq tarbiyachi bolalar issiqlab, qizib ketmasliklarini diqqat bilan kuzatib boradi.
Sport mashqlarining dasturiga kiradigan barcha turlari (konki uchish, velosiped haydash va hokazolar) ni tashkil etish va o‘tkazish tarbiyachidan alohida diqqat-e’tibor talab qiladi. Mazkur harakatlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni mashg‘ulot soatlarida egallash ko‘zda tutilmagan, bunday tad- birlar asosan sayr vaqtida amalga oshiriladi. Tarbiyachining eng muhim vazifasi shundan iboratki, u sport o‘yinlari bo‘yicha dasturda ko‘zda tutilgan barcha materiallarning o‘tilishini ta’minlashi kerak. U mazkur o‘yinlarni shunday me’yorda o‘tkazishi kerakki, toki bolalar o‘zlariga tavsiya etilgan mashq turlarini egallab olsinlar.
Barcha yosh guruhlarining uchastkalari sport jihozlari bilan jihozlangan bo‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat mashqlari, kim o‘zarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy to‘siqlar osha tez yugurish va hokazolarni takomillashtirishi uchun muntazam foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Maydonchaga har kuni o‘yinchoqlar (zambilg‘altak, aravachalar, aylanmachoq, varrak va hokazolar) va kichikroq sport invenrarlari (tayoqchalar, chambaraklar, bayroqchalar, to‘plar, to‘p tashlaydigan halqalar, qisqa va uzun arg‘amchilar va hokazolar) olib chiqiladi. Ikki,
uch g‘ildirakli velosipedlar, samakatlar, avtomobillar, toychalar va hokazolar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va ayniqsa, tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sport o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu o‘yinlarning barchasi bolalarni aniq harakat faoliyatiga jalb etadi, ko‘nikmalarni takomillashtiradi va jismoniy sifatlarini tarbiyalaydi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling