O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet18/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar


    1. Ta’limning metod va usullari haqida tushuncha bering.

    2. Ta’limning ko‘rgazmali metod va usullari qaysilar?

    3. Ta’limning og‘zaki metod va usullari nechta?

    4. Ta’limning amaliy metod va usullari hamda ularning boshqa metodlar bilan bog‘liqligi haqida so‘zlab bering.



  1. §. Bola asab tizimining alohida xususiyatlari


Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘laqonli jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga oid qonuniyatlarini o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi.


Olimlarni aniqlashicha, bola o‘zining tug‘ma qobiliyati va asab tizimi xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik zamini bo‘lib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. Shuningdek, har bir bola o‘zining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni tashkil etuvchi katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega bo‘lishi isbotlangan. Shunday qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial imkoniyatlarni hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik
sharoit yaratish, maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bolaning tug‘ma asab tizimi xususiyatlari va uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga olgan holda to‘g‘ri tartib (yaxshi uyqu, mashg‘ulotlar hajmini aniq belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq havoda bo‘lishga belgilangan vaqt) va uning og‘ishmay bajarilishini ta’minlash muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning o‘zaro va kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, do‘stona munosabatlari alohida ahamiyatga ega.
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na bo‘lishi, atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu- siyatlariga individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi.
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy maylini namoyon qilish yo‘llarini belgilashga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani-
shiga ta’sir etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: o‘yinda qo‘lga tushish xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, o‘rtog‘ini qo‘llashga, umumiy ishni hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, o‘z vaqtida yugurib kelib, barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat birnecha bor takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining rag‘batlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuyg‘usi, emotsional ko‘tarinkilik, bundan keyin ham
shunday harakat qilish istagini uyg‘otadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga ko‘rsatish va tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini charxlaydi, mashg‘ulotlarga qiziqishni uyg‘otadi. Bola an- cha xushmuomala, tashabbuskor, xushchaqchaq bo‘la boradi. Yengiltak, biroq o‘ziga bino qo‘ygan bolalar mashg‘ulotlar va o‘yinlar jarayonidaasta-sekinumumiytalablargabo‘ysunadigan, ancha vazmin, uyushgan, o‘zgalarga yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (o‘yinda boshlovchi bo‘lish, sevimli rolni o‘ynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan bo‘la boradilar.
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli o‘yinlar faol harakat faoliyati uchun sharoit yaratadi va emotsional ko‘tarinkilik, g‘ayrat uyg‘otadi, qon aylanishi, yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, organizmni umumiy sog‘lomlashtirishga yordam beradi.
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon bo‘lishiga harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa o‘ylab topish istagining tug‘ilishini, so‘ng o‘z niyatini amalda qo‘llashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina,
E.Y. Stepanenkova).
“Inson salomatligi haqida g‘amxo‘rlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida g‘amxo‘rlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya-gigiyena me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qo‘yiladigan talablar yig‘indisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va ma’naviy kuchlarning garmonik to‘kisligi haqida- gi g‘amxo‘rlikdir va garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling