O‘rta maxsus kasb-hunar
Download 0.83 Mb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas
© M.X.Tadjiyeva, S.I.Xusanxodjayeva, 2017
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010 © «IQTISOD-MOLIYA», 2011 © «IQTISOD-MOLIYA», 2014 © «IQTISOD-MOLIYA», 2017 KIRISHO‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish maro- simida so‘zlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas, albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz shart”, - deb alohida ta’kidlagan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan. Avvalgi darslik A.V. Keneman, D.V. Xuxlayeva tomonidan yaratilgan bo’lib ((“Теория и методика физического воспитания детей дошкольного возраста“) “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan 1999-yilda tarjima qilinib, o‘zbek tilida chop etilgan. Ushbu darslikning ba’zi bir mavzulari O‘zbekiston iqlimi sharoitida o‘sayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga (chiniqtirish, sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar va boshqalar) mos kelmaydi.) Ushbu tavsiya etilayotgan o’quv qo’llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanini o’qitish o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan. O‘zbekiston iqlimi sharoitida bolalarni jismoniy rivojlantirilishiga moslashtirilgan. O’quv qo’llanmada maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari ochib beriladi, vositalari asoslanadi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ta’lim va tarbiyaning asoslari, jismoniy tarbiya mashqlariga o‘rgatish, harakatli va sport o‘yinlarini o‘tkazish metodikasi, maktabgacha ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishini tashkil etish shakllari (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya va boshqalar) kabi masalalar yoritiladi. O‘quv qo‘llanma 2010, 2011, 2014-yillarda to’ldirilib qayta nashr qilingan. O‘quv qo‘llanma uchun ilmiy tadqiqot materiallari, O’zbekistonda maktabgacha ta’limga oid me’yoriy hujjatlar, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ishlarning natijalari asos qilib olingan. Qo‘llanmani yozishda rus pedagoglaridan Keneman va D.V. Xuxlayevalarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid adabiyotlaridan foydalanilgan. Shu bilan birga o‘zbek allomalarining pedagogik qarashlari, ularning jismoniy tarbiya sohasidagi qilgan ishlari kiritilgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling