O’rta maxsus o`quv-markaz ta`limi mazmuni Davlat ta`lim standartlari
Buxgalteriya faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat
Download 332.5 Kb.
|
опага хисобот
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKADEMIK LITSEY, O`QUV-HUNAR MAKTABI, KOLLEJ VA TEXNIKUMLAR BOSHQARUV, TEXNIK, XIZMAT KO‘RSATUVCHI VA O‘QUV-YORDAMCHI XODIMLARINING NAMUNAVIY SHTATLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHA KIRITISH HAQIDA
Buxgalteriya faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
Markazda pul mablag`lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning harakati buyicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qat’iy olib borilishini ta’minlash; moliyaviy hisobotlarni taxlil qilish va umumlashtirish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Markazning o`z vaqtida va to`liq moliyalashtirilishini ta’minlash; Markazning byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlariga pul mablag`larining shu jumladan shartnoma asosida o`qitilayotgan tinglovchilardan kelib tushayotgan to`lovlarni to`g`ri hisoblanishini hamda o`z vaqtida o`tkazilishini tashkillashtirish, hisobini ularning maqsadli va to`liq sarflanishini tashkillashtirish, o`rganish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berib borish; ajratilgan mablag`larni hamda tovar-moddiy boyliklarning maqsadli ishlatilishi va bu yunalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga hisobotlar berib borish; tovar-moddiy boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritish, shu jumladan, ularni hisobdan chiqarish, qayta baxolash ishlarini amalga oshirish, yetkazib berilgan maxsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan dalolatnomalar tuzish va bartaraf qilish choralarini ko`rish; kadrlar bo`yicha katta inspektor bilan birgalikda xodimlarning shtatlar jadvalini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish; Markaz xodimlarining cheklangan sonini va ularga to`lanadigan ish xaqining hisob-kitobini o`rganish, tahlil kilish va natijasi yuzasidan raxbariyatga axborot berib turish; xizmat safari xarajatlarining hisobini yuritish, ajratish va sarflanishi buyicha asoslantiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish; tasdiqlangan xarajatlari smetasi asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`larni belgilangan tartibda ko`chirish choralarini ko`rish va maqsadli ishlatilishining hisobini yuritish; Markazning ish xaqi fondini to`g`ri xarajat qilinishini, barcha turdagi mukofotlarni, rag`batlantiruvchi to`lovlar va nafaqalarning to`g`ri hisoblanishini hamda to`lab berilishini, belgilangan shtatlar, lavozim maoshlari, ma’muriy-xo`jalik va boshqa xarajatlar smetalariga rioya etilishini, shuningdek to`lov va moliyaviy intizomga rioya etilishini ta’minlash; tovar-moddiy boyliklar, xom ashyo maxsulotlari, yonilg`i maxsulotlari va boshqa qimmatliklarni kirim va chiqimi bilan bog`lik hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirish, yekazib berilgan maxsulotlarda aniqlangan kamomad, yaroqsizlik yoki sifatsizlik holatlari yuzasidan maxsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan o`z vaqtida da’volar kiritish; tovar-moddiy boyliklar bo`yicha kamomadlar, yuqotishlar, debitorlik qarzlarini bartaraf qilish, buxgalteriya balansidagi xisobdan chiqarish, shuningdek tovar-moddiy boyliklarning qayta baholashdan o`tkazish va rasmiylashtirishni ta’minlash, ularning qonuniy hamda asosli bo`lishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko`rish; Respublika byudjeti, Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi va boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag`lariga oid xarajatlar smetasini umumlashtirish, ajratilgan mablag`larni belgilangan tartibda maqsadli sarflanishini tashkil qilish. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS O`QUV VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING QARORI AKADEMIK LITSEY, O`QUV-HUNAR MAKTABI, KOLLEJ VA TEXNIKUMLAR BOSHQARUV, TEXNIK, XIZMAT KO‘RSATUVCHI VA O‘QUV-YORDAMCHI XODIMLARINING NAMUNAVIY SHTATLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHA KIRITISH HAQIDA Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling