O’rta maxsus o`quv-markaz ta`limi mazmuni Davlat ta`lim standartlari


Buxgalteriyaning asosiy vazifalari


Download 332.5 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1657261
1   2   3   4
Bog'liq
опага хисобот

Buxgalteriyaning asosiy vazifalari:
Buxgalteriyaning maqsadi Markazda buxgalteriya hisobi va hisobotlarni to`g`ri yuritilishini tashkil etishdir.
Buxgalteriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Markazda buxgalteriya hisobini Moliya vazirligining tegishli yo`riqnomasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda tashkil etish;
Markazda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning to`liq va aniq yuritish, moliya-xo`jalik operasiyalarnini nazorat qilish, hisob-kitoblarning o`z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;
byudjet mablag`larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag`larni harajatlar smetasini ko`zda tutilgan muayyan maqsadlarga to`g`ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag`lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to`lovlarini belgilangan tartibda hamda o`z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosini jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o`z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag`lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizasiya qilishda qatnashish, inventarizasiya natijalarini o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o`tkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to`g`ri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish Buxgalteriyalari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo`lsa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish Buxgalteriyalari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo`lsa);
Markazning Ma’muriy-xo`jalik Buxgalteriya bilan birga moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy-xo`jalik faoliyati masalalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish.
Buxgalteriyaga qonun hujjatlariga muvofiq hamda Adliya vazirligi va Markaz rahbari tomonidan vakolati doirasida qo`shimcha vazifalar va yo`nalishlar yuklatilishi mumkin.

Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling