O‘rta maxsus professionаl tа’limning 50410101- buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha


Download 338.01 Kb.
bet51/169
Sana26.01.2023
Hajmi338.01 Kb.
#1126416
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Bog'liq
50410101- Buxgalteriya hisobi va audit (2)

Tuzuvchilar:

D.Y.Gʼoyibov

Toshkent temir yo‘l texnikumi katta o‘qituvchisi




M.M.Daniyorova

Toshkent temir yo‘l texnikumi oliy toifali o`qituvchisi, ”Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri

Taqrizchilar:

O.B.Djumanova

Toshkent Davlat transport Universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri



1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Iqtisodiyot nazariyasi

Аjratilgan soat

82

O‘qituvchining mashgʼulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni

17

Dasturning maqsadi

Mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarga amaldagi taʼlim standartlari doirasida chuqur bilim berish, o‘qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompьyuterlashtirilgan dasturlarni qo‘llagan holda mashgʼulotlarni nazariy, amaliy darslar ko‘rinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar ko‘nikmalar berish maqsad qilib qo‘yilgan.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

  1. Dastlabki iqtisodiy bilimlarni;

  2. Iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar. Iqtisodiy kategoriyalar. Аsosiy iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bilishni;

  3. Iqtisodiyot sektorlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va farqlarini;

  4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlarini;

  5. Raqobat va uning turlarini;

  6. Talab va taklif, bozor muvozanatini;

  7. Narx mexanizmi va narx siyosatini;

  8. Moliya tizimini;

  9. Jahon bozori va halqaro munosabatlarni;

  10. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish metodlarini;

  11. Bozor va undagi qonun qoidalarni;

  12. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va O‘zbekistonda uning amalga oshirilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni;

  13. Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznesni;

  14. Korxonalar va tadbirkorlik subʼektlari orasidagi munosabatlarni;

  15. Ishlab chiqarish xarajatlari va foydani;

  16. Mehnat munosabatlari va mehnatga haq to‘lash tizimini;

  17. Bozorni boshqarishda davlatning iqtisodiy o‘rnini;

  18. Yalpi milliy mahsulotni;

  19. Ishchi kuchi va uning bandligi kabi bilimlarni bilishlari kerak;

Bilimlar

  • asosiy iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy kategoriyalar;

  • bozor tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari;

  • talab va taklif, bozor muvozanati;

  • iqtisodiy faoliyat, sarf-xarajatlar va foyda;

  • ish haqi, aholi daromadlari va turmush darajasi;

  • raqobat nazariyasi;

  • narx va uning shakllanish mexanizmi;

  • agrar munosabatlar;

  • yalpi milliy mahsulot;

  • iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar

  • ishchi kuchi va uning bandligi;

  • moliya tizimi;

  • kredit va bank tizimi;

  • jahon bozori va xalqaro savdo

Ko‘nikmalar

  • jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy hodisalar haqida fikrlarini bayon qilish;

  • bozor ob’yektlari va sub’yektlari, bozor segmenti, mezonlari va infratuzilmasini tasniflash;

  • tadbirkorlikka xos xususiyatlar, tadbirkorlik turlari, shakllari hamda kichik biznesni rivojlantirishni huquqiy asoslarini amalda qo’llash;

  • ishlab chiqarish omillari, uning provard natijasi va unga ta’sir etuvchi omillarni sharhlash;

  • xarajatlarni turlarga ajrata olish;

  • foyda ko’rsatkichini hisoblash;

  • ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlarini amalda qo’llay olish;

  • aholi daromadlarining tabaqalashuvi, turmush darajasi va ko’rsatkichlarini hisoblay olish;

  • raqobat strategiyasi, raqobat kurashi shakllari va sog‘lom raqobat uchun shart-sharoitlarni yarata olish;

  • erkin bozorda narxni shakllantira olish;

  • agrofirmalar va agrosanoat birlashmalari, fermerlar uyushmasi faoliyatini farqlash;

  • yalpi ijtimoiy mahsulotning tarkibiy qismlari va harakat shakllarini tasniflash;

  • moliya tizimi va uning bo’g‘inlarini tavsiflay olish;

  • kreditlarni rasmiylashtira olish;

  • soliq va kredit imtiyozlaridan foydalana olish;


Download 338.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling