O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
“Statistika”, “Buxgalteriya hisobi”, “Pul va banklar” o‘quv dasturlari
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
|
O‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil taʼlim
|
|
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti va o‘rganish metodlari
|
Jamiyat hayotida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy hodisalar. Moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish -jamiyat hayotining asosi ekanligi. Iqtisodiy qonunlari va qonuniyatlari. Iqtisodiy kategoriyalar. Аsosiy iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Iqtisodiy resurslar va ularning samarali foydalanish muammosi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining metodologik asoslari. Iqtisodiy jarayonlarni bilishda matematik va grafik uslublardan foydalanish. Iqtisodiy nazariya fanining tarkibi. Iqtisodiy nazariya fani va zamonaviy, yangicha iqtisodiy ongni, iqtisodiy tafakkurni rivojlanishi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiy fanlarni rivojlanishi. O‘zbekistonni mustaqilligini mustahkamlashda iqtisodiy fanlarning roli.
|
4
|
N
|
2
|
|
Bozor tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari
|
Bozor tushunchasi. Bozorning iqtisodiyot uchun ahamiyati. Bevosita va bilvosita bozor aloqalari. Bozorning obʼektlari va subʼektlari. Tartibsiz va tartiblangan bozor belgilari. Taqchil bozor va to‘yingan bozor. Bozor orqali ishlab chiqarish va isteʼmolning bogʼlanishi, qiymatning tovar shaklidan pul shakliga o‘tishi. Resurslarning erkin harakatining taʼminlanishi. Iqtisodiyotni tartiblashtirishda ishtirok etish. Erkin, monopol raqobatli, oligapolistik va sof monopoliya bozorlari. Bozor segmenti va uning mezonlari. Bozorni o‘z obʼyekti jihatidan turlanishi: isteʼmol tovarlari, xizmatlar bozori va uning ishtirokchilari, ishlab chiqarish resurslari bozori, ko‘chmas mulk bozori, birjalar savdosi, chakana savdo va uning ko‘rinishlari, ish kuchi, moliya, intellektual tovarlar bozori, ularning farqi. Bozor infratuzilmasi. O‘zbekiston milliy bozorini shakllantirish yo‘llari.
|
6
|
N,A
|
3
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |