O‘quv dasturining nomi:
|
“Elektrgazpayvndlash ishlari texnologiyasi”
|
Ajratilgan soat:
|
60 soat
|
Mavzular soni:
|
12
|
Dasturning maqsadi:
|
o‘quvchilarga qurilishda ishlatiladigan payvandlanuvchi materiallarning turlari;
payvandlash apparatlarining tuzilishi;
payvand sifatini nazorat qilish to‘g‘risida asosiy tushunchalarni o‘rgatadi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan asosiy payvandlashda ishlatiladigan materiallar va elektrpayvandlash jarayonlarini o‘rgatish;
elektr qonuniyatlarini o‘rgatish;
gazlarga oid kimyoviy tushunchalar berish;
payvandlash jarayonida materiallarni to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish;
payvandlash uskunalari turlarini o‘rgatish;
payvandlash usullarini o‘rgatish;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish;
payvandlash ishlarida texnika xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish.
|
Bilim:
|
O‘quv amaliyoti jarayonida o‘quvchi;
bino va inshootlar qurilishida payvandlash jarayonlari;
elektr qonuniyatlari;
gazlarga oid kimyoviy reaksiyalar;
payvandlash apparatlari turlari;
payvandlash usullari;
elektrpayvandlash jarayonida texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashi;
|
Ko‘nikma:
|
elektr qonuniyatlarini bilishi;
gazlarga oid kimyoviy tushunchalarni bilishi;
payvandlash apparatlari turlarini;
payvandlash usullarini;
payvandlash choklari mustahkamligini va sifatini tekshirish usullarini;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni;
payvandlash ishlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi;
payvandlash jarayonlarida birikadigan materiallarni va asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlashni mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|