L.Jo‘rayev
I.Jo‘rayev
|
Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchilari
|
|
I.Sharapov
|
Pedagogik innovatsiyalar instituti, Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi – mas’ul
|
Taqrizchi:
|
Sh. Xabibullaev
|
Toshkent arxitektura-qurilish instituti dotsenti
|
1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv dasturining nomi:
|
Qurilish materiallari va buyumlari
|
Ajratilgan soat:
|
80
|
Mavzular soni:
|
16
|
Dasturning maqsadi:
|
o‘quvchilarga qurilishda ishlatiladigan materiallarning turlari;
xossalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari to‘g‘risida asosiy tushunchalarni o‘rgatadi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
bino va inshootlarda ishlatiladigan asosiy qurilish materiallari va buyumlari;
qurilishda ko‘p ishlatiladigan ayrim qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
bino va inshootlarda ishlatiladigan asosiy qurilish materiallarining turlarini;
qurilish materiallarining asosiy xossalarini;
qurilish materiallarining ishlatilish sohalarini;
qurilish jarayonida ishlatiladigan materiallarning xossalariga qo‘yiladigan talablarini me’yoriy hujjatlar asosida hisoblashni;
qurilish materialllarini ishlab chikarishda, tashishda va saqlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi;
qurilish materiallarining sifatiga me’yoriy hujjatlar bo‘yicha baho berishni;
qurilish jarayonlarida materiallarni to‘g‘ri tanlab olish va tejab ishlatishni mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
Bilim:
|
qurilish materiallarining tasnifi, ularga qo‘yiladigan umumiy talablar;
qurilish materiallarining xossalari;
qurilish materiallarining ishlatilish sohasi;
qurilish materiallariga qo‘yiladigan talablar;
qurilish materiallariniishlab chiqarish texnologiyalari;
qurilish materiallarining sifati nazorati.
qurilish materiallaridan tayyorlanadigan konstruksiyalar.
yuk ko‘taruvchi mexanizmlarning yuk ko‘tarish qurilmalari, kryuklar, stroplar, tormozlar va harakatlanish qismlari. Transport vositalari, yuk ko‘tarish mashinalari;
transport vositalari. Yuklovchi va tushiruvchi transport mashinalar;
qorishma va beton aralashtirgichlar;
qo‘lda ishlatadigan elektr, pnevmatik mashina va asboblar. qurilish mashinalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |