Dastur nomi
|
“Qurilish mashinalari”
|
Ajratilgan soat
|
40 soat
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
o‘quvchilarga qurilishda ishlatiladigan mashina-mexanizm;
qurilma va asbob-uskunalarning turlari, tuzilishi;
vazifalari va ularning ishlash prinsiplari to‘g‘risida asosiy tushunchalarni o‘rgatadi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Fanni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchi;
qurilish jarayonlarida ko‘p ishlatiladigan qurilish mashina;
mexanizm va asbob-uskunalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
|
Bilimlar
| |
Ko‘nikmalar
|
qurilish mashinalarining samarali ishlatilishiga baho berishni;
qurilish jarayonlarida mashina, mexanizm va asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlashni mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zarobog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
“Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida “Umumqurilish ishlari ustasi”ni tayyorlashda “Qurilish mashinalari” fani maxsus fanlar bloki tarkibiga kiradi. Fan o‘quv rejada keltirilgan matematika, fizika va tegishli umumkasbiy hamda maxsus fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. “Qurilish chizmachiligi”, “Texnikaviy mexanika”, “Qurilish materiallari”, “Elektrotexnika va elektronika asoslari”, “Beton qorish va armatura ishlari texnologiyasi”, “Metall va temir-beton konstruksiyalarini yig‘ish ishlari texnologiyasi” va shu kabi fanlar “Qurilish mashinalari” faniga bog‘lab o‘rgatiladi.
|
|