O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi
Download 59.66 Kb.
|
O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi
O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi Reja: Kirish O`rta osiyo materigi O`rta Osiyoning o`rganilish tarixi O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi (Qizilqum cho`li misolida) Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Oʻrta Osiyoning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik maʼlumotlar Gerodot (miloddan avvalgi 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (miloddan avvalgi 2-asr) kabi Yunoniston, shuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bu maʼlumotlar birmuncha cheklangan, baʼzan chala va xatoliklari boʻlsa ham, keyingi, yaʼni oʻrta asrlardagi geografik bilimlarga zamin boʻlib xizmat qildi. Oʻrta Osiyo haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshgʻariy (11-asr), AlXarakiy, Abulqosim Zamaxshariy, Saʼmoniy va boshqalar mahalliy olimlarning xizmatlari katta boʻldi. „Hudud ulolam“ (10-asr) mashhur asari ham shu davrda yozildi. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasiga oid maʼlumotlar 9—12-asrlarda yashagan sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMasʼudiy, Ibn Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uchraydi. Oʻrta Osiyo ga oid geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, oʻlkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga bogʻliq holda, goh sust, goh jadal surʼatlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy tabiatshunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli boʻldi. Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14—15-asrlar), Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy (15asr), Zahiriddin Muhammad Bobur (16asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-asr) asarlari shular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar ichida chet ellik sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr)larning sayohatnomalari ham bor. Ushbu asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yoʻnalishida boʻlsa ham, geografik gʻoya va umumlashmalarga boy, xaritagrafik maʼlumotlari esa koʻlamli va mazmunli boʻlgan. Download 59.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling