O‘rta Osiyo tekisliklari suv havzalari va tog‘ xududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar reja kirish


Ilonlarning oilalarini aniqlash jadvali Shaqildoq ilonlar oilasi (Ямкоголовые) – Crotalidae


Download 0.51 Mb.
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1403733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dilnozaxon zoologiya123

Ilonlarning oilalarini aniqlash jadvali Shaqildoq ilonlar oilasi (Ямкоголовые) – Crotalidae
Ko’zi bilan burun teshigi o’rtasida chuqurcha bo’ladi. Boshi uchburchak shaklda bo’lib, ustki tomoni yirik qalqonchalar bilan qoplangan. Tangachalarning ustida taroqchalar bo’ladi. Dumining ostida ikki qator dum osti qalqonchalari bor. O’zbekistonda bush ilonlar urug’i Ancistradon Beauvois tarqalgan. Uning bush ilon (Обыкновенный щитомордник) Ancistradon halys Pallas turi yashaydi.
2.2 Qushlar sinfi – AVES
Qushlar umurtqali hayvonlarning o’ziga xos va aniq ajralgan sinfidir. Qushlarning tuzilishi uchishga moslashgan. Bo’yin qismi yaxshi ajralib turadi. Boshining oldingi qismida shox plastinkalar bilan qoplangan tumshug’i bor. Jag’larida tish bo’lmaydi. Oldingi oyoqlari
qanotga aylangan. Qushlarning oyoqlari yerda yurish, shox-shabbada tirmashib turish, oziqni ushlash, suvda suzish kabi vazifalarni bajaradi. Tovon va tovon oldi suyaklarning pastki qatori qo’shilishi natijasida maxsus suyak – sevka hosil bo’lgan. Barmoq falangalari sevkaga tutashadi. Qushlarning, odatda, 4 ta barmog’i bo’ladi. Bulardan 3 tasi oldinga va bittasi orqaga qaragan. Lekin yashash sharoitiga qarab, barmoqlarning joylashishi har xil bo’lishi mumkin. Masalan, qizilishton va kakkularning ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqaga qaragan bo’ladi. Jarqaldirg’ochlarning to’rtta barmog’i ham oldinga qaragan.
Qushlarning dumi yelpig’ich shaklda bo’lib, dumg’aza suyagiga tutashgan. Dumg’aza suyagining ustida dum usti bezi joylashgan. Qushlarning terisida ter bezlari yo’q. Dum bezining yog’i patlarni namlanishdan saqlaydi va ularni yog’lab turadi. Qushlarning terisi par va pat bilan qoplangan. Pat tana temperaturasini saqlashda va uchishda juda katta rol uynaydi. Pat bir necha xilga bo’linadi:
  • Qoquv patlari qanotlarining asosiy uchish yuzini tashqil qiladi va qanot-kaft suyaklariga joylashgan bo’ladi.Ular katta qoquv patlariga hamda bilak suyaklariga birikkan kichik qoquv patlariga bo’linadi.
  • Rul patlari - dumni hosil qiladi.
  • Qanotining ustki qoplovchi patlari – qoquv patlarini ustidan yopib turadi.
  • Qanotining pastki qoplovchi patlari – qoquv patlarini pastki tomondan qoplab turadi.
  • Dum patlarini ustki va pastki tomonidan qoplab turuvchi patlar.
  • Kontur patlar – tanani qoplab turuvchi patlar.
  • Par – patlar orasida va ostida joylashadi.

  • Қушларнинг скелети найсимон ва ғовак суяклардан тузилган. Қанотларини ҳаракатга келтирувчи мускуллар кўкрак тожи суягига бириккан.7

15-rasm. Qushning tana qismi va patlarining nomi:
1 – tumshug’ining usti; 2 – og’iz burchagi; 3 – tumshug’ining pasti; 4
– peshanasi;
5 – boshining usti; 6 – ensasi; 7 – bo’yining orqa qismi; 8 – yelkasi; 9
– orqasi; 10 – kichik qoquv patlari; 11 – beli; 12 – dumining ustki qoplovchi patlari; 13 – rul patlari; 14 – katta qoquv patlari; 15 –
7 O`zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеntining "Oliy ta'lim muassasalarini moddiy-tеxnika bazasnni mustaxkamlash va yukori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari tugrisida*' 2011 y.20 maydagi 1553 sonli karori.
dumining osti; 16 – orqa barmog’i; 17 – tashqi barmog’i; 18 – o’rta barmog’i; 19 – ichki barmog’i; 20 – sevkasi; 21 – soni; 22 – qorni; 23
– qanotining tashqi qoplovchi patlari; 24 – ko’kragi; 25 – yelka patlari; 26 – chakkasi; 27 – tomog’i.
Qushlarni aniqlashga kirishishdan oldin tana qismlarning, patlarning nomini va o’lchamlarini yaxshi bilish kerak. Buning uchun 15-16-rasmlardan foydalaniladi. Qushlarni aniqlash vaqtida quyidagi o’lchamlar e’tiborga olinadi.
  • Qanotining uzunligi – qanoti yig’ilgan holatda kaft buklamidan to uchigacha;
  • Dumining uzunligi – o’rta rul patlarining teridan chiqish joyidan uzun rul palarining uchigacha;
  • Sevkasining uzunligi – sevkaning son bilan birikkan oldingi qismidagi chuqurchadan o’rta barmoqning asosigacha;
  • Tumshugining uzunligi – peshanasidagi parlardan yoki burun teshiklarining oldingi qirrasidan to tumshug’ining uchigacha. Kerakli

  • o’lchamlar lineyka, shtangensirkul yoki o’lchov lentasi (ruletka) bilan olinadi.

16-rasm. Qushning tana qismlarini o’lchash usullari:
a – qanotining uzunligi; b – dumining uzunligi; c – sevkasining uzunligi;
d – tumshugining uzunligi.8

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling