O`rta osiyo xalqlari eftalitlar va turk xokimligi davrida
Download 50.5 Kb.
|
TURK VA ARAB DAVRIYLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
TURK VA ARAB DAVRIYLIKLARI Reja:
2.Eftalitlar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, sinfiy tabaqalarning kuchayishi, mazdakiylar qo`zg`oloni, uning asosiy g`oyasi, yengilish sabablari. 3.Turk xoqonligi davrida Markaziy Osiyo. Rumlik tarixchi – Ammon Martselin (IV asr ), vizantiyalik tarixchi Prisk Panskiy ( V asr ), Prokiy Kesariykiy ( VI asr ), Feozim Vizontipskiy ( IV asr ) Suriyalik yozuvchi Zenob Glak ( VII – VIII ), armanistonlik tarixchilar Lazaro Parbskiy ( V asr ), Favsto Buzanda ( IV asr), Yeritin ( V asr ) asarlarda berilgan. Bir muncha keyinroq yozilgan xitoy solnomalar “Vey -shu” (VI asr) va “Mann - shu” (IX-X asr)da ham efta litlar to`g`risida qimmatli manbalar bor. Eftalitlar tarixi bilan rus sharqshunos olimlar P.I.Lerx, V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, A.N.Brenshtam, chet ellik tarixchilardan. Shnext, Druen, Markvat, Xermon, Mak Govern va boshqalar ham shug`ullangan. Milodiy IV-VI asrlarda Markaziy Osiyo tarixi ko`chmanchi qabilalarni kirib kelishi, qabilalar ittifoqi yuzaga kelishi yangi siyosiy kuchlarning paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Jumladan Kidariylar, bu turkumdagi asosiy ma`lumotlar Xitoyning Belti solnomasida xamda g`arb muallif – tarixchilaridan biri Prisk Pantskiy ma`lumotlarida uchraydi. Eftalitlar Qobul, Panjob. Vodiysini Qarashar, Kuchi, Qashg`ar va Xutonni zabt etib Markaziy Osiyoda markazlashgan davlat barpo etdilar. Eftalitlar qo`l ostida tarbiyalangan Tarozning o`g`li Kovad davrida Erno eftalitlarga xiroj to`lashda davom etgan. Kovad hukmronligi davrida ( 488 – 551 yy) tengsizlik va eksplutatsiya kuchaydi. Bu davrda barpo yerlar jamoa a`zolari qo`lidan tortib olindi, “dehqon mulki”ga aylantirilgan. Barcha boyliklar va xokimiyat boylar qo`lida bo`lgan. Ayollar huquqi poymol qilingan. Boylar ko`ngilxushlik uchun xoxlagancha xotin olgan. Bu hol Mazdak boshchiligida qo`zg`olon kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Mazdakchilar – “3” harfi bilan boshlanadigan to`rt narsani aholi o`rtasida teng bo`lishni talab qilganlar: 1.Zamin (yer); 2.Zar (oltin); 3.Zo`rlik (kuch-xokimiyat); 4.Zak (xotin). Kavodning o`zi bo` qo`zg`olonni himoya qildi va qo`llab quvvatladi. So`ngra bu qo`zg`olonga qarshi kurashdi va Eftalitlar tomoniga o`tib ketdi. Shunday qilib V – VI asrlarda mintaqada yuz yildan ortiq davr davomida Eftalitlar sulolasi hukmronlik qildi. O`lkani boshqarishda ular o`tmish dongdor sulolalaridan qolishmaganlar. Aksincha siyosiy boshboshdoqlik yo`liga kirayotgan mamlakatni qaytadan birlashtirb siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi taraqqiyotini an`anaviy yuksak darajada tutib turish ishishga bosh qosh bo`lganlar. Turk xoqonligi to`g`risida bizga quyidagi xujjatlar ma`lumot beradi. 1.Turk epiografik yodgorligi (Kul Tegin) yodgorligi (VII-VIII asrlar uchun). 2.Xitoy yozma manbalari asosan Tan-Shu “Tan xonadonining tarixi” (VII-IX asr). 3.Samarqand yaqinidagi Mug` tog`iga topilgan hujjatlar ham qimmatli ma`lumot beradi. 4.VI asr oxirida yashagan Menandr Protektor bilan Feodan Vizantiyskiyning vizantiya manbalaridan, shuningdek Feofilakt Simokat asarlaridan (VII asr). 5.Suriya manbalaridan - tasvirlanayotgan voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan Ioanni Efesskiydan (VI asr) bu davrga oid ma`lumotlar beradi. 6.Arman tarixchilarining asarlari. 7.Bundan tashqari At-Tabariy , Denovariy, Abu Rayhon Berkniy Narshaxiy. Maxmud Qoshg`ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf xos Xojib asarlari orqali o`rganamiz. Turk xoqonligi nihoyatda katta hududlarga ega edi, mamlakatni 8 ta tobe xonliklar asosida boshqargan edi. VI asrning oxiri, VII asrning boshlarida kuchli turk xoqonligi davlati bo`lganligini yozma manbalarda ma`lumotlar bor. 576 yili Muqon xoqon va Istami Yabg`ularning vafotidan so`ng turk xoqonligining ta`siri ancha zaiflasha boshladi. Eron sarkardasi Baxrom Chubin Chur Baga xoqon qo`mondonligidagi 300000 kishilik turk qo`shinlarini tor-mor qildi. Baga jangda haloq bo`ldi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykand shahriga bostirib kirib xoqonning o`g`li Barmuda Teginni asirga oldi. Xoqon xazinasini esa Eron shoxi Xurmuzdga yubordi. Muqon vafotidan keying uning ukasi taxtga Arslon Tuba ( 576 ) o`tiradi. Asrlon mamlakatni mustaxkamlash uchun Tsi saltanati bilan shartnoma tuzadi, bundan tashqari u ijtimoiy siyosiy rivojlantirsh choralarini ham ishlab chiqadi. Ammo 581 yilda Arslon vafotidan keyin mamlakatda parokandalik boshlanadi. Bu kurashlar natijasida xoqonlik ikki qismga bo`linib ketadi. Sharqiy xoqonlik Xitoy va mo`g`ilistonning bir qismini o`z ichiga olib uni Arslonning o`g`li Ishbara boshqara boshlaydi. Qora Churik taxminan 600 yillarda, qarib qolgan paytda o`zini xoqon deb e`lon qildi, o`zini Bugu xoqon deb e`lon qildi, o`zini Bugu xoqon (qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Bunday vaziftdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nizolarni keltirib chiqarish uchun barcha chora tadbirlarni ko`rdi. Turkiy va xitoy manbalarida mansabdorlardan Shad va Tutunni ko`rsatish mumkin. Ashutun ham merosiy bo`lgan, buning lug`aviy ma`nosi tutib turmoq ekanligini nazarga olsak. Xitoy manbalariga ko`ra tutun hukmdorning joylardagi noibi, vakili, nazoratchisi vazifasini ado etgan. Shad –Xitoy manbalarida eng oliy mansabdorlardan hisoblanib, saroy marosimlarida hukmdorning o`ng tomonidan joy olgan. Mualliflarning xabariga ko`ra Shad va Jabg`u mazmunan bir biriga yaqin mansab hisoblangan, bu unvon hukmdorning eng yaqinlariga berilgan. Qirg`izistonda VII-VIII asrlarga oid o`sha zamonlardagi Yenesey yozuvlariga oid bo`lgan runiy yozuvlari ham bizgacha yetib kelgan. Tekshirishlar qadimgi Turk yozuvi bilan so`g`d yozuvini bir-biriga o`xshashligini, ularning ikkalasi ham Oromiy yozuvidan kelib chiqqanligi aniq. Eramizning ming yillikda O`rta Osiyo aholisi Eron tillari gruppasiga kiruvchi dialekt va shevalarda gaplashar edi. Grek tarixchisi Strabon Baxtriya, So`g`diyona, Eron Midiya aholisining tili bir-biriga o`xshashligini qayd qilgan edi. Xitoy sayyoxi Si-Ma-Tsyan /er. avv. II-I/ Davan (Farg`onadan) to Parfiyagacha bo`lgan qabilalar bir birlarini tillariga tushungan. Diniy e`tiqodlar. Zardushtizm keng tarqalgan, Kushon davridan boshlab , O`rta Osiyoning janubiy oblastlarida budduzim keng tarqala boshladi. Sust bo`lsa ham tasodifiy suratda bo`lsa ham nestarian – xristian dini tarqalgan, jumladan, ba`zi turklarning peshonasiga yoshlikda kasal tegmasin deb but alomati bor edi. Turk davriyligi. Sakkiz yillik astronomik oy sikli salkam 2835 kunni tashkil qiladi. Lekin sakkiz oy kalendari yili esa (354 kundan) 2832 kundan iborat. Agarda sakkiz yilning uch yilini kabisa yili qilib belgilasak, mazkur davriylik 2835 kunni (354 • 5 + 355 • 3 = 2835) tashkil qiladi. Turk davriyligida ikkinchi, beshinchi, yettinchi yillar kabisa yillari bo'lardi. Shuni ta’kidlash lozimki, 2835 kun haftaning soniga to’liq mos (2835:7 = 405). Davriylik oxirida hilolning ko‘rinishi haftaning har doim bir xil kuniga to'g‘ri keladi. Oy kalendarlarining hammasi «turk» yoki «arab» davriyliklariga asoslangan. Agar arab va turk davriyliklaridagi kabisa yillariga qarasak, ulurda kabisa yillari bir-biriga to‘g'ri kelmaydi. Oy kalendarining o‘ziga xos jihati uning juda aniqligidadir. Lekin Oy kalendarining «kamchiligi» asirlarga mos tushmaydi. Oy kalendarida yangi oyning qaysi kuni chiqishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Dehqonchilik xo'jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig'ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o‘zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog'liq edi. Shuning uchun ham oy-quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Oy-quyosh kalendarining tuzilishi Oy va Quyosh kalendarlariga qaraganda anchagina murakkabdir. Ularda eng muhim bo‘lgan ikki shartga amal qilinadi: 1) har bir kalendar oyining boshlanishi yangi oy (hilol) chiqishiga yaqin vaqtda boshlanishi kerak; 2) Oy oylari tropik yilning uzunligiga ham mos tushishi kerak. Arab davriyligi: Qadimgi Arab arab kalendari klassik oy kalendari tipidagi taqvim hisoblanadi. Arab kalendarining tarixi Arabiston yarimorolida oy taqvimiga asos solingan va takomillashtirilgan davrdan boshlanadi. Bu miloddan avvalgi I ming yillikka to’g’ri keladi. Milodiy I ming yillik o’rtalaridan (taxminan V asrlarda) oy taqvimidan Oy-quyosh taqvimiga o’tish boshlanadi. Oy kalendarini Quyosh yili bilan moslashtirish uchun vaqt o’tishi bilan qo’shimcha o’n uchinchi oy “nasi” va ba’zan yilning oxirida besh yoki olti kundan iborat qo’shimcha oylar qo’shilgan. Lekin aniq embolistik oy tizimi kiritilmagan. Arab kalendarining keying rivojlanishida Oy-quyosh sistemasini rasmiylashtirish islom dini paydo bo’lishi bilan to’xtab qoldi. Arablar qariyib 200 yilga yaqin vaqt mobaynida Oy-quyosh kalendaridan foydalandilar. Islom dini paydo bo’lgach yangi oy taqvimiga asos solindi va Oy taqvimi asosini buzish taqiqlandi. Shunday qilib, VII asrning o’rtalarga kelib Arablar o’zlarining klassik oy taqvimiga qaytdilar. Bugungi kungacha bo’lgan vaqt mobaynida Arab kalendaridagi oy nomlari ikki marta o’zgargan. Abu Rayhon Beruniy “Qonuni Ma’sudiy” asarida qadimgi Arab kalendaridagi oy nomlarini keltirib o’tadi. Bular; 1.Al-mu’tamir 7.Al-asamm 2.Nojir 8.Odil 3.Xavvon 9.Nofiq 4.Suvon 10.Vog’il 5.Xatnam 11.Nodiq 6.Zabbo 12Burak Hozirgi vaqtdagi Arab kalendarida ishlatiladigan oy nomlari quyidagilar: Muharram - «taqiqlangan», «man etilgan», «muqaddas» ma'nolarini beradi. Muharramda johiliyat davrida urush harom qilingan. Bu holat yettinchi (rajab), o‘n birinchi (zulqa’da) va o‘n ikkinchi (zulhijja) oylariga ham tegishli bolgan; Safar - «sariq», «za’faron» degan ma’noni beradi. Bu oyda arablarga halok qiluvchi yara toshar edi. Insonlarga bu kasallik yetganida yuzlari sarg’ayib ketardi. Shu sababli bu oyni safar (sariq) deb nomlandi. Shuningdek, boshqa bir farazga ko‘ra, safar oyida arablar «safariya» nomli guruh bilan birgalikda oziq-ovqat qidirganlikiari uchun bu oyga shunday nom berilgan; Rabi ul-avval. «Rabi» so’zi arab tilida «bahor» ma’nosini beradi. Ammo qadimgi arablar «rabi» so'zini «kuz» ma’nosida ham qoilaganlar. Ushbu oy kuz faslida kelgani uchun «birinchi kuz» ma'nosini anglatgan; 4) Rabi us-soniy - «ikkinchi kuz»; Jumodu-l-avval; Jumodu-s-soniy - bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bo‘lib, suv muzlagan paytini anglatuvchi arabcha «jamoda» so‘zidan olingan bo’lib, «qotib qolmoq», muzlamoq ma'nosini beradi; Rajab - arablar bu oyni ulug'laydilar, yana bu oyni «kar oyi» ham deb nomlaydilar, chunki bular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar. Sha’bon - «tashaaba» so’zidan olingan boiib, «tarqalmoq» ma’ nosini beradi. Ramazón - «yondirmoq», «jazirama oy» ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq paytiga to‘g‘ri kelgani uchun shunday atalgan; Shavvol - «ko’tariimoq», «olib bormoq», «ko'chirmoq» ma'nolarini beradi. Arab qabilalari bu oyda o‘z joylaridan ko’chib ketardi, shuning uchun shavvol deb nomlangan; Zulqa’da - «o^irmoq», «uyda qolmoq» ma’nolarini anglatadi. Bu oyda urushlar bo‘lmaydi; Zulhijja - «haj» so‘zidan olinib, «haj qilish» ma’nosini beradi. Arablar bu oyda haj qilganlar. Oylar navbat bilan «to‘liq» (30 kun - toq son) va «to’liq bo’lmagan» (29 kun - juft son) oylarga bo’linadi. Yillar oddiy yil (354 kunlik) va kabisa yili (355 kunlik) joriy qilingan. Kabisa yilida qo'shimcha kun yil oxiriga, ya’ni 12 oyga «zu-l-hijja»ga qo‘shilgan. Islom dini qo'shimcha kunlarni joriy qilishni taqiqlagan. Arab kalendarida oyning o'n beshinchi kunigacha masalan, Muharramning o‘ninchi kuni, Rajabning o‘n to'rtinchi kuni, keyin esa Rajabgacha o‘n to‘rt kun, Rajabgacha besh kun tarzida hsoblanib keladi, ya'ni oyning birinchi o'n besh kuni oyning boshidan, keyingi o'n besh kuni esa oyning oxiridan hisoblanadi. Beruniy qadimgi arab haftalari nomlarini ham keltirib o‘tadi: 1.Yakshanba-Yaum al-ahad 5.Payshanba-Yaum al-xamis 2.Dushanba-Yaumal-isnayn 6.Juma-Yaum al-juma 3.Seshanba-Yaum as-salasa 7.Shanba-Yaum as-sabt 4.Chorshanba-Yaumal-rabaa. Yakshanbadan payshanbagacha bo’lgan hafta kunlari 1 dan 5 gacha bo’lgan tartib sonlar ma’nolarini anglatgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abu Rayhon Beruniy. O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. - T.: «Fan», 1968. 2.Raxmonqulova Z. Xronologiya. 2013. 3. Qodirov A. Vaqt va kalendar. — T.: « 0 ‘zbekiston». 1977. 4. Ahmedov A. Ahmad Al-Farg'oniy. - T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 1998. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling