O`rta osiyo xalqlarining
Download 136.5 Kb.
|
Milliy qahramonlar To`maris, Shiroq, Spitamen haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayoti[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Makedonlarga qarshi kurash[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
Spitamen (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (qarang Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, S.ning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning, soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arriannmng yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget kabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib S.ni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. S.ning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. S.ning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning onasi - sug'd, otasi sak qabilasi rahbarlaridan edi. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon, jasur yigit bo'lib o'sgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab axamoniylar davlati podshosi Doro III ning, so'ngra uning o'limidan so'ng Baqtriya satrapi (hokimi) Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan bo'lgan. Bess o'limidan so'ng yunon-makedon istilochilariga qarshi uch yil mardonavor kurashgan. Makedonlarga qarshi kurash[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, Maroqandani egallaydi va Tanais (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) boʻyidagi qal’alarni egallash bilan mashgʻul boʻlib turganda, baqtriyaliklar va sugʻdiylar Spitamen boshchiligida Sugʻdiyonada qoʻzgʻolon koʻtarib, Maroqandani qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qoʻzgʻolonchilar makedon qoʻshinlari ustidan ketma-ket ajoyib gʻalabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qoʻshinining ruhini tushirib yubormoqda edi. Buning ustiga Aleksandr turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qoʻshini yetib kelgan boʻlib, Spitamenga qoʻshilishga tayyor edi. Aleksandr qoʻshini bilan saklarga zarba berish uchun oʻq yomgʻiri ostida daryodan oʻtadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan soʻng choʻl ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qoʻshini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u koʻlmak suvdan ichib, ichburugʻ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur boʻlgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo boʻladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yoʻliga pistirma qoʻyib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq oʻldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qoʻshin yuborgan. Lekin Spitamen vaziyatga toʻgʻri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini boʻshatib, massagetlar bilan qoʻshilish uchun chekinadi. Spitamen oʻziga qoʻshilgan 600 massaget otliqlari bilan choʻlga yaqin sayxonlikda oʻrnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, oʻzi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga oʻq yomgʻiri yogʻdiradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek boʻlsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qoʻshinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan koʻpi oʻlgan, yarador boʻlgan. Makedon qoʻshini koʻp talafot bergach, toʻrtburchak boʻlib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi oʻrtasida joylashgan oroldagi toʻqayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qoʻymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshligʻidan beruxsat daryoni kechib oʻta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan oʻtganlarni oʻldirib, oʻtishga harakat qilayotganlarni esa kamondan oʻqqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi boʻlgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qoʻygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari oʻldiriladi, bor-yoʻgʻi 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari ketma-ket jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik magʻlubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi oʻzi otlanadi, Spitamen atayin choʻlga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga oʻt qoʻyib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi. Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning koʻchmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor boʻlgach, ularga qarshi qoʻshin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan toʻsatdan Baqtriyada paydo boʻlib, Aleksandr qoʻshiniga hujum qilgan. Biroq jangda magʻlub boʻlgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan choʻlga yashirinadi. Aleksandrning oʻch olishidan qoʻrqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qoʻzgʻolon rahbari halok boʻlishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan. Spitamen qoʻzgʻoloni - Sugʻdiyona va Baqtriyada Aleksandr boshchiligidagi yunonmakedon istilochilariga qarshi ozodlik harakati (mil. av. 329—327 yillar). Rahbari — Spitamen. Mil. av. 329 y. kuzida boshlangan. Spitamen boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar Marokanda (Samarqand)dagi yunonmakedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallaydilar. Aleksandr ularga qarshi Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliq qoʻshin joʻnatgan, Spitamen Politimet (Zarafshon)ning quyi oqimidagi yerlarga chekingan. Bu yerda koʻchmanchilarning otliq qoʻshinlari bilan birlashib hujumga oʻtadi. Toʻsatdan qilingan hujum natijasida yunonmakedon qoʻshinining katta kismi qirib tashlangan, qolganqutganlari esa shahar qalʼasiga yashiringan. Spitamen yana Marokandani qamal qilgan. Aleksandr Spitamenga qarshi Andromax, Menedem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qoʻshin yuborgan. Spitamen bundan xabar topib oʻrmon orasidan oʻtadigan yoʻlga pistirma qoʻyib, ularga toʻsatdan hujum qilgan. U mazkur jangda oʻzgacha harbiy usul qoʻllagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga 2 tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, 2si tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot koʻrgan. Shundan keyin Spitamenga qarshi Aleksandr asosiy kuchlari bilan otlangan, Spitamen choʻl ichkarisiga chekingan. Aleksandr uni taʼqib etmagan, lekin Zarafshon vohasining tinch aholisidan qattiq oʻch olgan (120 ming kishi qirib tashlangan), shahar, qishloqlarni vayron qilgan, ekinlar, bogʻlarni yondirgan. XULOSA Aleksandr Sugʻdiyonadagi bir necha qalʼa va poytaxt Marokandada katta qoʻshin qoldirib, oʻzi qolgan kuchlari bilan qishlovni oʻtkazish uchun Baqtriya (baʼzi maʼlumotlarda — Navtaka)ga qaytgan. Mil. av. 328 y. bahorida qoʻzgʻolonning 2bosqichi boshlangan. Koʻplab sugʻdiylar turli qalʼalarda toʻplanib yunonmakedon hokimlarini tan olmaganlar. Bu davrda Sugʻdiyona qoʻzgʻolonning oʻchogʻi boʻlgan. Spitamen Aleksandrning yoʻk^igidan foydalanib raqibining orqa tomonidan aylanib oʻtib, 600 otliq bilan Baqtriyada yunonlarga qaqshatqich zarbalar berib turgan. Yunonlar lashkarboshisi Ken Spitamenga qarshi chiqib, uni dashtga chekinishga majbur qilgan, Spitamen Zarafshonning quyi oqimi boʻylariga ketgan. Mil. av. 328 yilning kuzida Spitamen bu yerdagi qalʼalardan birini egallab, 3 ming otliq bilan Sugʻdiyona poytaxti tomon yurgan. Yunonlar butun kuchlarini unga qarshi tashlaydilar, jangda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchraydilar. Sugʻdiy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga oʻtib ketganlar. Mil. av. 328 y. oxirida Spitamen xoinona oʻldirilgan. Ayrim tarixchilar uni Aleksandr hujumidan qoʻrqqan massagetlar oʻldirgan deb hisoblaydilar. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, Spitamenni oʻz xotini oʻldirib, boshini Aleksandr huzuriga keltirgan, biroq Iskandar uni oʻta sovuq kutib olgan. Shunga qaramay, Spitamen qoʻzgʻoloni tugamagan, uning 3bosqichi boshlangan. Shu tufayli Aleksandr mil. av. 328—327 yillar qishlovini Sugʻdda oʻtkazishga majbur boʻlgan. Qoʻzgʻolonchilar togʻ qalʼalarida kurashni davom ettirganlar. Hozirgi tadqiqotlarga koʻra, ular jan.sharkay hududlarda joylashgan. Aleksandr mahalliy aholi qarshiligini kuch bilan yenga olmasligiga ishongach, ularga yaqinlashishga qarakat qilgan, ularga nisbatan siyosatini oʻzgartirgan. Togʻli hududlardagi qoʻzgʻolon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni afv etib, molmulkini qaytarib bergan. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling