O‘rta Osiyoda fiqh sohasini rivojlanishida


Abulfath Muhammad ibn Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy


Download 19.66 Kb.
bet2/3
Sana03.10.2023
Hajmi19.66 Kb.
#1691020
1   2   3
Abulfath Muhammad ibn Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy XII asrning oxiri va XIII asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab, yuksak ilmiy salohiyati bilan fiqh ilmining rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalardan biridir. Olim Ustrushanada tug‘ilib, keyin oilasi bilan Samarqandga ko‘chib o‘tadi va shu yerda ijodiy faoliyat olib boradi. Olimning “Kitob al-fusul” asarida shaxsiy, jinoiy, jinoiy-mulkiy, fuqarolik, meros, nikoh va oila huquqlari va fatvo chiqarish haqida maʼlumotlar berilgan. Asarning qozi tayinlash hususidagi qismida, podshoh biror kishini biror shahar qozisi etib tayinlaganda, qozining vakolatiga qishloq hududlari kirmaydi. Bordi-yu qayd etilsa kiradi, deyiladi. Agarda podshoh bir hududga ikki kishini qozi etib tayinlasa, ulardan hech biri alohida hukm chiqarmasligi bayon etilgan. Shuningdek, hukmdor tomonidan qozi ul-quzzot etib tayinlangan kishigina o‘ziga o‘rinbosar tayinlash huquqiga ega bo‘lganligi tahkidlanadi. Ustrushaniy ko‘plab ogirdlar ham tarbiyalab yetishtirgan. Shulardan biri faqih, muhaddis va mufassir Husomuddin Muhammad ibn Usmon ibn Muhammad Aliobodiy Samarqandiydir.
XI-XII asrlarda Saljuqiylar va Qoraxoniylar davrida fiqh ilmi yuksak darajada rivojlandi. Ayrim tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, bu davrda fiqhga oid uch mingdan ziyod asarlar yaratilgan. Bularning ichida Faxriddin Qozixon qalamiga mansub “Fatvoyi Qozixon” asari uzoq davrlar mobaynida mashhur bo‘lgan. Faxruddin Qozixon bu asarni Buxoro shahrida yozgan. U ushbu asari orqali Iroq va Movarounnahr faqihlari chiqargan fatvolarni qiyosiy o‘rgangan. Ko‘p holatlarda raʼiyatga mahalliy fatvolarga ham o‘rin ajratgan, mavzularni yoritish uslubi jihatidan oldingi fiqhiy asarlarga qaraganda ravon yozilgan. “Fatovoyi Qozixon” — hanafiy mazhabida yozilgan keng tarqalgan fatvo kitoblaridan biri hisoblanadi.
Asarda ilk hanafiy imomlar bilan birga mashhur faqihlarning fikrlariga ham joy ajratilgan. Abu Hanifa bilan uning shogirdlari qarashlari o‘rtasidagi farqlar tilga olingan. Bir xil fiqhiy mavzuga oid ko‘pgina faqihlarning qarashlaridan faqat mashhur sanalgan bir-ikkita fatvolar zikr qilingan. Unda asosan sahih, dalili quvvatli, fatvoga asos bo‘la oladigan jihatlariga eʼtibor berilgan. Asarda hukmlarning dalillari keltirilmagan, boshqa mazhab imomlarining, jumladan imom Shofiiyning qarashlari baʼzan, Imom Molik bilan bir qancha tobeʼin olimlarning qarashlari esa, kamdan-kam zikr qilingan. Iroq, Buxoro, Balx va Samarqand kabi shaharlardagi keyingi davr faqihlari qarashlarining keltirishi — asarning o‘ziga xos ahamiyatli jihatlaridan biridir. Faxruddin Qozixon yana o‘z asarida o‘sha davrda Movarounnahrda mavjud bo‘lgan mahalliy urf-odatlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Bu holatni asarning nikoh, taloq, ith va yamin bo‘limlarida kuzatish mumkin.

Download 19.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling