O’rta Osiyoda ingliz – rus raqobatchiligi. Reja


Download 24.34 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi24.34 Kb.
#106398
Bog'liq
Sheroza 1


O’rta Osiyoda ingliz – rus raqobatchiligi.

Reja:

  1. Xorij mamlakaylarining O’rta Osiyoga qiziqishlari.

  2. Angliya diplomatlarining xonliklar bilan munosabatlai.

  3. Xonliklarning Chet el bosqinchilari tomonidan oson bosib olinish sabablari.


Adabiyotlar:

  1. I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., SHarq 1998

  2. O’zbekiston halqlari tarixi. 2-qism. T., Fan 1994

  3. Ziyoev X.Z Turkistonda chor Rossiyasi tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T., SHarq 1998

  4. H. Sodiqov va boshqalar “O’zbekistonning yangi tarixi” 1-kitob, Sharq 2000.

XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini bo‘ysundirish maqsadida Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko‘zlagan rejalariga jiddiy xavf solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo‘llar bilan O‘rta Osiyodagi davlatlami Rossiyaga qarshi otlantirish payiga tushadi.
1831-1833 yillarda Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Bems Hindistondan Afg‘onistonga, undan Buxoroga sayyoh sifatida keladi. Bu «sayohat» natijasida yig‘ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar «Buxoroga sayohat» deb nomlangan uch jildlik kitobga asos bo‘ldi. Bu o‘rinda A.Bemsning o‘zbek xalqi xususida bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir: « 0 ‘zbeklar muomalada kamtar va samimiy. Ular mening kim ekanimni bilmaganliklaridan, barcha
narsalar xususida, hukmdorlari va siyosatdan tortib, bozordagi ahvol
haqida ham tortinmay so‘zlashdilar»1.
Angliya o‘z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg‘oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu maqsadda fors va turk tillarini yaxshi bilgan Konolli, Bems, Archi Todd, Abbot va Shekspir kabi zobitlami o‘zbek xonliklariga yubordilar. Ayrim manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Konolli Xiva xoni bilan uchrashib,
unga « O‘zbek davlatlarining chet mamlakatlar tomonidan ishg‘ol etilishidan asrovchi yagona yo‘l bor. U ham boisa, bir-birlaringiz bilan yaxshi munosabatda boiib, o‘zaro yordamlashishdir», degan.
Xiva xoni Olloqulixon esa mslaming bahorda yana hujum qilmoqchi
ekanliklaridan xabar topgach, Istanbulga va inglizlar huzuriga o‘z
elchilarini jo ‘natib, yordam so‘radi. Turkiya davlatidan biror xabar
ololmagan Xiva xoni xuzuriga ingliz zobitlari Abbot va Shekspir
yetib kelishdi. Ular Xiva xoniga poytaxtdagi ms asirlarini ozod qilish
va bu bilan boiajak to‘qnashuvga bahona qoldirmaslik lozimligini
uqtirdilar. Haqiqatdan, asirlaming ozod etilishi bilan yangi umsh
ochishga ortiq bahona qolmagach, Perovskiy yurishni kechiktirishga
majbur boidi. Xavfning bartaraf boiganini ko‘rgan Olloqulixon
Qutbiddinxo'ja ismli elchisini Istanbulga jo ‘natib, turklami vaziyatdan ogoh qildi. Olloqulixon tinchlikni ta’minlashda bergan yordamlari uchun ingliz hukumatiga ham elchilar yoilab, o‘z minnatdorchiligini bildirgan edi.

Angliya hukumati bu vaqtda polkovnik Stoddartni Buxoroga


yuborgan edi. Stoddartning Buxoroga kelayotganini eshitgan
Nasmlloxon unga shaharga kirishda otdan tushib, yayov yurishini va
qurolini topshirishi zamrligini buyuradi. Ammo, Stoddart Osiyo tartibqoidalarini unutib, Buxoro hukmdorining buymg‘ini mensimaydi.
Nasmlloxon esa alamini ichiga yutib, Stoddartni qabul qilishga
majbur boiadi. Amir uning asl maqsadi ayg‘oqchilik emas, do‘stona
munosabat o‘matish ekanligiga ishonmay, undan tegishli hujjat
soiaydi. Polkovnik Stoddartda bunday hujjat yo‘q boigani uchun
amir uni hibsga oladi. 0 ‘z elchilarining Buxoroda tutib qolinishi
Angliya hukumatini ulami ozod etishga urinishga majbur etadi. Ingliz
hukumati oldin Xiva xoni vositasida, keyin Turkiya hukumati orqali
Buxoro amiriga ta’sir etishga urinadi. Ammo Buxoro amiri tomonidan
talab qilingan hujjat kelavermagach, Stoddart zindonga tashlanadi. Bu
xabami eshitgan kapitan Konolli Buxoroga jo‘naydi. Amir uni ham
kerakli hujjati yo‘qligi uchun hibsga oladi. Ikki ingliz zobiti Buxoro
zindonida uchrashadilar. 1842 yilda ular josus sifatida qatl etiladilar.

XIX asr ikkinchi yarmida Turonzaminning Rossiya tomonidan


nisbatan osongina bosib olinishi sabablari xususida gap borganda,
ko‘p hollarda, oikadagi Qo‘qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligi
hukmfarmolari o‘zaro ahil boim agani masalasi ta’kidlanadi. Bu
fikr muayyan darajada to‘g ‘ri. Negaki, Rossiya bosqinidan oldingi
davrlarda ham bu uch xonlik orasida turli nizolar chiqib, ular
bir-birlarining yerlariga hujum qilgan, aholini talon-toroj etgan.
Biroq Rossiya imperatorlari Markaziy Osiyoni bosib olish fikrini
qatiylashtirganlaridan keyin muttasil ravishda xonliklami bir-biriga
gij-gijlash, ular orasida o‘tib bolmas choh paydo qilish maqsadini
amalga oshirishga intildilar. Arxiv materiallari ham buni tasdiqlaydi.
Gapni olis davrlardan boshlamay, XIX asming birinchi va ikkinchi
choragida yuz bergan voqealarga nazar tashlay qolaylik. Rossiya
hukmron doiralari savdogar, sayyoh niqobida ketma-ket josuslar
yoilab, xonliklardagi haqiqiy ahvoldan puxta xabardor boigach,
ulaming bosqinchilik rejalarida aldam-qaldam «diplomatiya» tobora
ko‘proq o‘rin egallay boshlaydi. Jumladan, ular, bir tomondan,
Rossiyaga yuborilgan Qo‘qon, Buxoro va Xiva elchilaridan o‘z
yovuz maqsadlarini yashirib, xonliklarga yaqin hududlarda harbiy
istehkomlar qurish, daryo portlarini kelajakdagi hujumlari uchun
muvofiqlashtirish kabi nomatlub ishlarini go‘yo xonliklar maifaatini
ko‘zlab qilinayotgandek korsatmoqchi boiadilar. Ikkinchi tomondan, Turonzaminga bosqin onlari yaqinlashgani sari uch xon orasidagi
nizoni ataylab kuchaytirishga qaratilgan manfur diplomatiyani
imperator va uning eng yaqin a’yonlari ishtirokida amalga oshirishga
erishadilar.
Bu siyosiy nayranglardan biri 1842 yil bahorida Qo‘qon xonligi
amir Nasrullo tomonidan bosib olinib, talon-toroj qilinib, ommaviy
qatl o‘tkazilib, bu ham yetmagandek, butun xonlik hududi Buxoro
amirligining tarkibiy qismi, deya rasman e ’lon etilishidan keyin
Rossiya imperatori Nikolay birinchi tomonidan amirga yo‘llangan
maktub edi. Ikki xonlik o‘rtasidagi bu adolatsiz urushning bosh
sababchisi amir Nasrullo ekanligini yaxshi bilgan imperator amiming
Qo‘qondagi g‘alabasidan mamnun ekanini bildirgan va unga go‘yo
iltifot ko‘rsatayotgandek bunday deb yozgandi: «Qo‘qondagi taxt
uchun kurashlami bartaraf qilish zarur. Shundan keyin Turkiston va
Toshkent bilan Sirdaryo bo‘yigacha, Jizzaxdan boshlab 0 ‘ratepa,
Xo‘jand, Qo‘qon, Marg‘ilon va Qoshg‘ar chegarasigacha bo‘lgan
erlar siz hazrati oliylarining qoilarida boiib, hukmronlik qilishingizni
istaymiz».
Vaholanki, bu maktubdan atigi uch oy chamasi aw al, 1842
yilning 25 fevralida xonlik elchisi Muhammad Xalil Sohibzoda
orqali Muhammad Alixonga yoilagan maktubida ayni shu Nikolay
birinchining o‘zi: «Sizning qudratli Rossiya davlati bilan muntazam
ravishda do‘stona aloqalarda boiish istagingizni bilish biz uchun
g‘oyat yoqimli boidi. Sizning bu yaxshi niyatlaringizni o‘z
tomonimizdan kamoli ehtirom ila qabul etamiz. Ishonamizki, sizning
o‘zaro do‘stona qo‘shnichilik aloqalarini yo ig a qo‘yish haqidagi
samimiy g‘amxo‘rligingiz kelgusida muvaffaqiyatli natijalarga
olib keladi. Sizga barcha ezguliklarii tilab qolamiz» (O‘zbekiston
Markaziy Davlat arxivi, 715-jamg‘arma, 1-qayd, 4-ish, 16-sahifa),
deb yozgan edi.
Ana subutsizligu, ana surbetlik! Rossiyadek olamga tanilgan,
qudratli davlatning imperatori uch oygina aw al dunyoning barcha
yaxshiliklarini tilab qolgan Qo‘qon xonligiga endi hech bir insofadolatga to‘g‘ri kelmaydigan yomonliklami ravo ko‘rib oiirsa-ya!
Nikolay birinchi Qo‘qon xonligining barcha hududlari amir Nasrullo tasarrufida boiishini aytib, go‘yo unga katta iltifot ko‘rsatgandek taassurot qoldiradi. Lekin oradan bir-muncha vaqt o‘tib, xuddi
shu hududlar Rossiya askarlarining oyogi ostida toptaldi: Buxoro
amirligi va Xiva xonligi imperatorlikning vassaliga aylantirilishidan
tashqari, Qo‘qon xonligining nomi jahon xaritasidan butunlay
o‘chirildi.

Amir Nasrullo tomonidan 1842 yili Qo‘qon xonligida amalga


oshirilgan xunrezlikni mutlaqo oqlab boim aydi. Nega? Shuning
uchunki, o‘sha vaqtdagi Qo‘qon hukmdori o‘z yurtining amirlik
tomonidan shafqatsizlarcha bosib olinishi, o‘zi, ukasi, volidasi, xotini,
farzandlari va boshqa yaqinlari bilan olomon oldida vahshiylarcha
qatl etishga arziydigan biror ish qilmagan edi.
0 ‘sha davming haqgo‘y muarrixlari bu xususda bizga aniq
m aium otlar qoldirishgan. Ular bu mudhish bosqinni tuzatib boim as
xato sifatida baholashgan. Tarixiy manbalardan m aium ki, amir
Nasrullo o‘z bosqinchilik yurishini oqlash uchun go‘yo Muhammad
Alixon otasi uylanmoqchi boigan kanizakni nikohiga olib, shariatga
xilof ish tutdi, degan da’vo bilan chiqqan. 0 ‘sha davming zukko
muarrixi Ishoqxon to‘ra Ibrat «Tarixi Farg‘ona» asarida amir
Nasmlloning bu ishiga aslida nimalar sabab boigani xususida
quyidagicha yozadi: «Muhammad Alixon enosini oldi degan so‘z rost
boim ay, buxoriylar qatllarini aybini satri uchun qilg‘an qabihalarini
tavjig‘a chiqarilmish so‘zlari ekan. Asl muddao b o iak ekan. Chunonchi, Umarxon «olaman» degan Poshshoxon oyimni husnini
eshitub, g‘oyibona maftuni jamol boiub, muni ancha sabab qilib
kelgan ekan... Muhammad Alixonni xalqni ko‘ziga osiyu gunohkor
ko‘rsatib, shariatni poymol qildi, tanbeh darkor, deb kelib, qancha
xonzodau mazluma oyimlami qatli bag‘ayri haq qilib, oxirulamr
murod o‘shal oyim ekan, olub, muddaosig‘a yetib, Buxorog‘a olib
ketdi».
Mirzoolim Mushrifniig «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin»ida esa, amir Nasrullo bosqinining boshqa bir sababiga urg‘u
beriladi: «1252 sanada (milodiy 1836-1837 yil) Farg‘ona xoni
Muhammad Alixon birla amir Nasrullo oralarida Bashog‘ir nom qal’a
ta’miri xususida munozaat (nizo) boidi... Bashog‘ir qal’asi munoze’i va ham boshqa sabablar ila amir Nasrullo Bahodirxon qo‘shin
jamlab, Farg‘ona oikasiga yurush qilib, nizomiy askarlari birla
osonlik ilam Bashog‘irg‘a istilo qilib, andin 0 ‘ratepa va Ho‘jand
shaharlarig‘a doxil boiub, andin dorulmulki Farg‘ona boiub turgai
Ho‘qand ustiga kelib, qatl aylab Buxoroga jo ‘nadi».
0 ‘sha davr muarrixlarining barchasi amir Nasmlloning Qo‘-
qonga qilgan bu bosqini sababini, avvalo, Muhammad Alixon
Qo‘qon xoniigi sarhadlari daxlsizligi uchun amirlikka chegaradosh
Bashogir qal’asini mustahkamlaganida, qolaversa, Muhammad
Alixon nikohiga olgan kanizak - Poshshoxonning husn-jamoli
ta’rifini eshitgan amir unga g‘oyibona «oshiq» b o iib qolganida
ko‘radilar.

Amir Nasrulloning bu vahshiyligi va boshqa ko‘pdan-ko‘p


nomatlub ishlari borasida gap borganda, o‘sha davr tarixchilari xalq
undan qattiq norozi boiib, amimi o‘z ismi bilan emas, balki «Botir
qassob» laqabi bilan atay boshlaganini qayd etadi. Aksar muarrixlar
fikricha, amir Nasrullo a ’yonlari ichida unga maslahat ko‘rsatishga,
haqiqiy ahvolni yuziga aytishga ju r‘at eta oladigan biror kishi
boim agan. Biroq o‘sha davrda yaratilgan ayrim tarixiy asarlarda
boshqacha m aium otlar ham uchraydi: amir Nasrullo qanchalar
o‘jar, kaltafahm va jallodtabiat boim asin, uning atrofida amimi
dahshatli ishlardan qaytarishga intilgan, hatto uning yuziga tik boqib,
bu ishlar qanday mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
ayta olgan jasorat egalari ham boigan. Masalan, Ishoqxon Ibrat
«Tarixi Farg‘ona»da, Mulla Olim Maxdum «Tarixi Turkiston»da
bunday ulkan jasorat, insof va aql egalaridan ikkitasi xususida
alohida to'xtaladi. Ulaming birinchisi - sarkarda Abdusamad noib,
ikkinchisi asa, shoir Junaydullo Hoziqdir. Amir Nasrullo bosqiniga
tob berolmay, ukasi Mahmudxon bilan birga qochgan Muhammad
Alixonni uning huzuriga tutib keltirganlarida ro‘y bergan voqeani
Ibrat quyidagicha tasvirlaydi: «Amir darhol katlg‘a xukm qilg‘anda
o‘z vazirlaridan Abdusamad noib degan hushmand kishi amirga
«Janobi oliylariga maloli xotir boim asa, bir kalima so‘z aytsam»
deganda, amir «Nima so‘zdur?» degan ekan. Aytibdurki, «Holo
Ho‘qand zabt o id i, Farg‘ona katta mamlakatdur, qancha askam,
sipohu xazina sarf o iu b olindi, alholda Rusiyani kelmagi mahali
xavfdur. Agarda xonni onti akid berib, tavba qildumb, Ho‘qandg‘a
qo‘yub, Buxorog‘a tobe’ qilinsa, bir mulk boiub, bizlarga kelgan
dushmanlarga bir qalqon b o iu r erdi», deg‘anda so‘zi amirga maqul
boim ay, og‘zig‘a kafsh bilan urdurg‘on ekan».
Abdusamad noibning chinakam jasorat va tengsiz donolik
namunasi boigan bu so‘zidagi ikki jihatga alohida e’tibor berish
lozim boiadi. Avvalo, Rossiya Oqmasjidni bosib olishidan o‘n bir
yil ilgari Abdusamad bu xavfni yaqqol idrok etib, d a f etish mushkul
boigan ana shu xavfdan amimi ogohlantirishga ju r‘at etgan.
Ikkinchidan esa, bu gapni oddiy noib emas, balki harbiy sohada katta
mutaxassis boigan, o‘zi inglizcha taiim ga berib, inglizcha qurollar
bilan ta’minlangan 200 chamasi askari kuchga ega shaxs aytmoqda.
Ammo johil va nodon amir o‘ylamay-netmay aql-idrokda, bilimdonlikda, insof-adolatda ko‘pchilikka namuna boiadigan Abdusamad noibni xaloyiq oldida qattiq beobro‘ qiladi va jazolaydi.
Kekchi amiming bu jazosi hali xamir uchidan patir edi...

Amir bilan Abdusamad noib o‘rtasidagi munosabatlar ana shu


jazolash voqeasidan so‘ng qanday tus olgani va noibning keyingi
fojeali taqdiri borasida Mulla Olim Mahdum o‘z kitobida keng
ma’lumot beradi:
«1250 (milodiy 1834 yil) sanada Eroniston tarafidin Abdusamad
Tabriziy nom zot Buxorog‘a keldi. Ul odam dono va fozil va g‘oyatda
hunarmand va zakiy va sohibroy edi. Oning sa’yi va dalolati ila
Buxoro mamlakatida boigan Eron asirlarini sotib olib va boshqa
vajhlar ilan olib, ikki yuzga yaqin jamlab, inglis tartibida nizomlik
askar tartib qilib va boshqa urush asboblarini xozirlab, otlarg‘a
ta iim berib, adadi oz b o isa ham yaxshi muntazam askar ahdos
qildi... Abdusamadg‘a noiblik rutbasi berilib, amir Nasrullo nazdida
maqbul, g‘oyatda e ’tiborlik boidi. Bir necha zamonlardan keyin
hassod va dushmanlari ko‘payib, har xil makruh tadbirlik so‘zlar
ilan amir Nasrulloni oning xususidagi ixlos va muhabbatini qaytarib
(noibning asosiy aybi Qo‘qonda amirga maslahat koisatishga ju r‘at
etgani ekanligidan muallifning xabari yo‘q chamasi), oxir to‘pxona
rayosatini bir nodon, johil sarkardag‘a topshurub, Abdusamadni oning
farmonig‘a qo‘ydi. Abdusamad bu ishdin g‘oyatda oru nomus qilib,
nihoyatda ko‘ngli ranjib, oralarida kudurat paydo boiub, amiming
yamon niyatidin xavfu taloshg‘a tushub, Buxorodan qochmoq fikri
ilan Shahrisabz hokimi ilan axdu paymon qilib, amir Nasrulloning
Shahrisabz urushida Abdusamad o‘z tabaqasi va to‘plari ila amirdin
ko‘b ilgari ketganlikdin amir vahima qilib, to'xtamoqqa amr berib,
kishi yuborsa ham quloq solmay ketib turg‘omda, amir ketidin askar
yuborub, Shaxrisabzg‘a yaqin kelganda muhoraba qilib, olib qaytib,
oni zindong‘a solib, oxiri muni ham qatl qildi».

1 Бернс А. Путешествие в Бухару. М., 1850, стр. 221.

Download 24.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling