O`rta osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari


rasm. Menejment tizimining tuzilishi


Download 137.13 Kb.
bet6/8
Sana01.05.2023
Hajmi137.13 Kb.
#1419625
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O`rta osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari

rasm. Menejment tizimining tuzilishi
Tashkilot menejmenti tizimini boshqaruvchi tizimchasi quyidagilarni o'z ichiga quyidagilarni oladi: xodimlarni boshqarish, menejmentning sotsiologiyasi va psixologiyasi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qarorlarni qabul qilishdagi tahlil, qarorlarni qabul qilishdagi bashorat.


Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
Menejmentning samaradorligi ko'proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgalanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejment ga nisbatan faqat ba'zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo'llaniladi., bu uni tushunishni "torligi" bilan izohlanadi.
Har bir ob'yektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov bo'yicha menejmentga nisbatan o'z ilmiy yondoshuvlarini qo'llash zarurligini belgilashga imkon beradi. (2.1- jadval).
jadval
Menejmentga nisbatan yondoshuvlar

Nomi

Qisqacha mazmuni

Ma’muriy



Ma’muriy yondoshuvda me’yoriy hujjatlardagi menejment tizimining vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, elementlari tartibga solinadi

Qayta ishlab chiqaruvchi



Qayta ishlab chiqaruvchi yondoshuv bozor ehtiyojlarini kamroq xarajatlar bilan qanoatlantirish uchun tovar ishlab chiqarishni doimo qaytadan boshlashga mo’ljallangan

Dinamik



Dinamik yondoshuvda boshqaruv ob’ekti dialektik rivojlanishda, sabab-natija aloqalarida va birgalikdagi tobelikda ko’rib chiqiladi

Integratsiyali

Integratsiyali yondoshuvda alohida tizimchalar va boshqaruv tizimining elementlari o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatiladi

Miqdoriy



Miqdoriy yondoshuvning mohiyati matematik, statistik va muxandislik hisoblashlar yordamida miqdoriy baliolashdan foydalanishdan iboratdir

Majmuaviy

Majmuaviy yondoshuvda menejmentning texnik, iqtisodiy ijtimoiy va boshqa jihatlari hisobga olinadi

Marketingli

Marketing yondoshuvi boshqaruvchi tizimchalari iste’molchiga qaratishni ko’zda tutadi.

Me’yoriy

Me’yoriy yondoshuvda boshqaruvdagi me’yorlar va normativlar belgilanadi

Ahloqiy

Ahloqiy yondoshuv xodimga shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga yordam berishdan iboratdir.

Jarayonli

Jarayonli yondoshuvda boshqaruv o’zaro bog’liq vazifalarning majmuasi sifatida ko’rib chiqiladi

Tizimli

Tizimli yondoshuvda har qanday tizimga o’zaro bog’liq
elementlarning majmuasi sifatida qaraladi

Vaziyatli

Vaziyatli yondoshuv boshqaruvning har xil usullar qo’llanishi aniq vaziyat bilan belgilanishi nazarda tutiladi

Vazifaviy



Vazifaviy yondoshuvning mohiyati ehtiyojni qanoatlantirish uchun bajarish kerak bo’lgan vazifalaring majmuasi sifatida ko’rib chiqilishida iborat bo’ladi

Ushbu yondoshuvlarni boshqaruvning asosiy tamoyillariga kiritish mumkin. Boshqaruv jarayonlarini aniq ob'yektlarini boshqarish jarayonida boshqaruv sub'yektlari (idoralari) amal qilishlari kerak bo'lgan jamiyatning ob'yektiv qonunlari va qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy qoidalar sifatida belgilash mumkin. Birinchi marta "boshqaruv tamoyillari" atamasini F.Teyl or kiritgan, u 1911 yilda "Ilmiy menejment tamoyillari" nomi ostida asarini nashr qilgan. Ishlarni bajarish asoslari va mehnat operatsiyalarini o'rganish asosida ishchilarning shaxsiy mehnatlarini boshqarishning to'rtta tamoyillarini shakllantirgan:

  • ishning har bir elementini bajarilishiga ilmiy yondoshuv;

  • ishchilarni tanlash, o'qitish va mashq qildirishga ilmiy yondoshuv;

  • ishchilar bilan kooperatsiyalashish;

  • natijalar uchun javobgarlikni menejerlar va ishchilar o'rtasida taqsimlash.




Download 137.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling