O‘rta osiyoda mezolit davri manzilgohlari. R e j a: Kirish


Download 71.98 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi71.98 Kb.
#1559769
1   2   3
Bog'liq
O‘RTA OSIYODA MEZOLIT DAVRI MANZILGOHLARI

Hisor madaniyati – mil. av. 6–3 ming yilliklarga oid neolit davri arxeologik majmuasi. Asosiy yodgorliklari Tojikistonning Yovonsu, Vaxsh, Qizilsuv, Kofar, Nihon daryolari havzalarida qayd etilgan. Hisor madaniyati 1938 yil A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan; asosiy yodgorliklari Tutkovul, Sayyod, Qozi Berdi va boshqalar. Bu madaniyat davriy jihatdan O‘zbekistondagi Kaltaminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Topilmalari tosh suyakdan yasalgan qurollar, har xil maishiy o‘choqlardan iborat. Tosh qurollar yasashda ohaktosh, kvarsit, serpantin, yashma kabi materiallardan foydalanilgan. Hozirgacha Hisor madaniyati yodgorliklarida sopol buyum namunalarini uchramasligi tadqiqotchilar uchun yechilmagan muammo bo‘lib qolmoqda. Holbuki Kaltaminor madaniyati davrida O‘rta Osiyoda sopol idish tayyorlangani ma’lum edi. Hisor madaniyati sohiblarini xo‘jalik jihatdan endigina o‘troqlashayotgan ovchilar, terimchilik bilan tirikchilik qiluvchilar tashkil etardi deb hisoblash mumkin. Dehqonchilikning ilk belgilari faqat Hisor madaniyatining so‘nggi davrida paydo bo‘lgan.
Joytun madaniyati – O‘rta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi o‘troq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (mil.av. 6–5 ming yilliklar). Ashxoboddan 30 km shimolda joylashgan qadimgi o‘troq dehqonlar qishlog‘i xarobasi nomidan olingan. 1952 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlarini olib borgan. O‘ndan ortiq yodgorliklar (Chag‘illitepa, Pessejiktepa, Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va b.)ni tekshirgan. Bu urug‘doshlik manzilgohlarining har biri 0,5–2 ga maydonni egallagan. Somonli guvaladan qurilgan bir xonali uylar (25–45 m²) sahni och ganchli loy bilan suvalgan, ayrimlari qizil va qora rangga bo‘yalgan. Har bir xonada o‘choq, g‘alla o‘rasi, supa bo‘lgan. Ayrim xonalar o‘rtasida katta otashkada bo‘lib, umumiy sajdagoh vazifasini o‘tagan. Manzilgohlarda ombor, sopol idishlar pishiriladigan maydonchalar bo‘lgan. Uch madaniy qatlamdan iborat Joytun manzilgohi (Joytun madaniyati shu nomdan olingan) to‘la o‘rganilgan. Uning maydoni 0,5 ga, yuqori qatlami 35-40 xonadan, o‘rta qatlami 29 xonadan iborat. Manzilgohlardan bolalar suyagi topilgan, kattalar tashqariga ko‘milgan. Aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan shug‘ullangan. Aholi chaqmoqtoshdan qirg‘ich, o‘roq, randa, pichoq, suyakdan igna, bigiz, tosh o‘g‘ir va boshqa buyumlar yasagan. Sopol idishlar somonli loydan ishlanib, ba’zilarining sirti qizil angob bilan bo‘yalgan. Tosh va loy (sopoldan) ishlangan ayol va hayvon haykalchalari, tosh, suyak va chig‘anoqlardan yasalgan tumor, munchoq va boshqa turli taqinchoqlar ko‘p topilgan. Joytun madaniyati Kaspiy bo‘yidagi mezolit davri madaniyati asosida vujudga kelgan. U ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jahondagi noyob obidalaridan biri hisoblanadi.

Download 71.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling