O‘rta osiyoda mezolit davri manzilgohlari. R e j a: Kirish


Download 71.98 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi71.98 Kb.
#1559769
1   2   3
Bog'liq
O‘RTA OSIYODA MEZOLIT DAVRI MANZILGOHLARI

Suvyorgan madaniyati – Xorazm vohasining cho‘l zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil.av. 2 ming yillikning 1-yarmi, 1 ming yillik boshlari). Amudaryoning qadimgi deltasi o‘ng tomonidagi cho‘l ichiga yorib kirgani uchun Suvyorgan nomi bilan atalgan. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi (1945–1946 yillar S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomov, M.A.Itina va b.) tomonidan tadqiq etilgan. Suvyorgan madaniyati qabilalari, S.P.Tolstovning fikricha, O‘rta Osiyoning janubi-g‘­arbiy viloyatlaridan Xorazmga kelgan yangi etnik guruh bo‘lib, ularning moddiy madaniyati janubning o‘troq dehqonchilik madaniyatiga o‘xshash bo‘lgan. Suvyorgan madaniyati o‘z taraqqiyotida 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqal’a, Qovunchi) bosib o‘tgan. Suvyorgan madaniyatiga oid sopol idishlar yaxshi pishirilib, sirti qizilga bo‘yalgan; sirtiga to‘q qizil rangda gul solingan sopol parchalari, tosh yorg‘uchoqlar va dehqonchilik qurollari ham uchraydi. Ammo sopollarning sirti janubning qadimgi dehqonchilik qabilalarining sopol buyumlaridan farq qilib, asosan to‘rsimon chizma naqsh va sxematik boshoq tasviri bilan bezatilgan. Bu topilmalar mil.avv. 2 ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyo qabilalarining yirik ko‘chishlaridan dalolat beradi. Janub va janubiy-sharqiy yo‘nalishlardagi 2 yirik ko‘chish mil.avv. 2 ming yillikning oxiri 1 ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda Suvyorgan madaniyati jamoalari bo‘lgan qabilalar ham faol ishtirok etgan. Arxeologik topilmalar ushbu shimoliy chorvador qabilalarning O‘zboy, Atrek, Tajan, Murg‘ob, Amudaryo va Sirdaryo irmoqlari bo‘ylab harakat qilganliklarini ko‘rsatadi. Mil.avv. 1 ming yillikning boshlariga kelib, Suvyorgan madaniyati o‘rniga Amirobod madaniyati paydo bo‘lgan.
1936 yil arxeologlar S.N.Bibikov va Ye.V.Jirov tomonidan mezolit davriga oid Qrimning janubiy tomonidan (Balakalov tuman) Murzakkoba g‘ori topilgan. Bu g‘ordan 40-50 yoshlardagi erkak va yosh ayolning suyaklari topilgan (ko‘milgan holda). Skeletlar yonma-yon joylashib, erkakning o‘ng qo‘li suyagi ayol skeleti suyaklarining tagida joylashgan. Ikkala ko‘miluvchilarning tanasi toshlar bilan qoplangan. Ayolning hayotlik paytida ikkala qo‘lining kichkina (oxirgi) barmog‘i ham kesilgan. Xulosalarga ko‘ra, bu odat yo magiya bilan bog‘liq yoki shu davrning madaniyatiga xosligidir. Bunday barmoq kesilishi yoki teshilishi boshqa davlatlarda ham qo‘llanilishi aniq bo‘lgan. Bunday odat Afrikaliklar, Avstraliyaliklar va Amerika indeyslari ayollarida ham qo‘llanilgan. Tosh davridagi Yevropaliklar ham bu urfni qo‘llashgan, bunga misol qilib Fransiyaning Pireniya devoriy qoldiqlarida qo‘l izining eng so‘nggi barmog‘i yo‘qligini keltirishi mumkin.
Murzakkoba g‘oridan yana kremendan yasalgan qurollar (kesuvchi, skrepkalar, plastinka va mikrolitlar hamda miniatyuraga oid ishlar, geometrik chiziqlar), suyakdan yasalgan qurollar, hayvonlarning tish va shoxlari, suyaklari topilgan (yovvoyi cho‘chqa va baliq). Yuqori paleolit davri bilan mezolit davrini solishtirib ko‘rilganda, havo iqlimi ancha iliq va nam bo‘lgan. Helix urug‘iga oid molyuska va shilliqqurtlar mezolit davri odamlarining ovqatlanishi uchun asosiy yemish hisoblangan. Murzakkoba g‘oridagi erkak suyaklari skeleti bo‘yicha Ye.V.Jirov izlanish olib borgan. Tashqi ko‘rinishini esa M.M.Gerasimov o‘rgangan. Erkak shaxsining tashqi ko‘rinishini qayta ishlashda M.M.Gerasimov fikricha, bo‘yining uzunligi 180 smligi bilan farq qilardi. Uning bosh qafasi katta hajmda. Muskul tolalari yaxshi rivojlangan. O‘rta hajmdagi peshona qalin qosh bilan chegaralangan. Vaholanki, bu yuz xarakterini ko‘rsatmaydi, lekin kuchliligini tasdiqlaydi. Yuzining uzunligiga qaramasdan burnining uzunligi sezilarli darajada. Tor, baland burun o‘zining chiroyliligi bilan ajralib turadi. O‘ta chuqur joylashgan ko‘z, ko‘z burchaklarida o‘zini xarakterini ko‘rsatib turardi. Yanoq suyaklari bo‘rtgan, qo‘pol tuzilishda, pastki jag‘i o‘ta katta. Bosh tuzilishi to‘g‘ri va mag‘rur.
Shan-koba davrida ob-havo hali salqin edi. Yo‘q bo‘lib ketgan hayvonlar: yerto‘la sheri, gigant kiyik, saygalar yashashgan. Shan-koba va Fatma-koba g‘orlarining kiraverishida erta mezolit davriga oid toshlar topilgan. Tog‘li Qrimning Murzak-koba g‘oridan mezolit davriga oid mozorlar topilgan. Fatma-koba g‘oridan erkak kishining yonboshlab ko‘milgan mozori, Murzak-koba g‘oridan esa juftlik, ya’ni ayol va erkakning bir-biriga yaqin holda ko‘milganligi topilgan.
3.Ibtidoiy tasviriy san’at yodgorliklari ham O‘zbekistonning bir nechta tumanlaridan topib tekshirildi. Ular asosan g‘orlarga va qoyatoshlarga qizil bo‘yoq bilan yoki toshlarga o‘yib solingan hamda ov manzaralarini tasvirlovchi rasmlar bo‘lib, eng qadimgilari mezolit, neolit va bronza davrlariga mansubdir. Bunday qadimgi tasviriy san’at obidalari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zaravutsoy darasida, Sirdaryo viloyati Jizzax tumanidagi Takatosh mavzesida, Buxoro viloyati Navoiy tumanidagi Sarmish va Qora ungursoy hamda Ohangaron vodiysidagi Karazov darasida, Toshkent viloyati Xo‘jakent qishlog‘i yaqinida va boshqa ko‘pgina joylarda topib tekshirildi. Bu yodgorliklar orasida Zaravut kamar va Takatosh suratlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Zaravut kamar suratlari qizil bo‘yoq bilan ishlangan. Unda asosan yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Manzaralardan birida ovchilar guruhi yovvoyi buqalarni o‘rab olayotgani yoki yopinchiq yopinib o‘q-yoy hamda sopqonlar otayotgani tasvirlangan. Takatoshdagi suratlar qoyaga o‘yilgan. Manzaralardan birida o‘ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va tog‘ echkilari podasini o‘rab olib, kamalakdan o‘q uzayotgani tasvirlangan. O‘rtada kattaroq qilib bir ayolning rasmi solingan. Suratda itlar ham bor.
Mezolit davrida yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy tasviriy san`at mo``jizalarini yarata boshlaganlar. Bular asosan g`orlarga va g`oya toshlarga qizil bo`yoq yordamida yoki o`ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralaridir. Bunday yodgorliklar Surhondaryo viloyatidagi Zaravutsoy darasida, Jizzax viloyatining Takatosh mazesida, Buxoro viloyatidagi Sarmish va Qorungursoy, Toshkent viloyatining Parkent, Chotqol tog` tizmalarida o`rganilgan. Qoyatosh va g`or devorlaridagi rasmlar qadimgi tarixning ajoyib yodgorliklari bo`lib, ular O‘rta Osiyoning, xususan O‘zbekistonning tog‘li hududlarida keng tarqalgan. Bu rasmlar oyib-urib, ishqalash, chizish yo‘li bilan ishlangan. Ular fanda petrogliflar deb nomlanadi. O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlari haqidagi qadimgi ma`lumotlar Abu Rayxon Beruniy asarlarida uchraydi. O‘zbekistonda arxeolog olim A.Kabirov tadqiqotlari tufayli O‘zbekistonning janubiy hududlarida joylashgan qoyatosh suratlari haqida keng ma`lumotlarga ega bo‘lindi. Bu rangdor tasvirlar mezolit va neolit davrlariga mansub bo‘lib, ularda sigirlar, tog‘ echkilari, bo‘rilar, qulonlar, bug‘ular, it, ot, sayg‘oq... kabi hayvonlarning rasmlari ko‘plab uchraydi.
Masalan, Surhondaryo viloyatidagi Zaravutsoy darasining har ikki tomonida turli suratlar topilgan. Ulardan yaxshiroq saqlanib qolgani Zaravutkamar nomli, uncha chuqur bo‘lmagan g‘orning devorlari va shiptidagi suratlardir. Bu suratlarda yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi qizil bo‘yoqlar yordamida gavdalantirilgan. Boshqa bir manzarada ovchilar guruhi yovvoyi buqalarni va tog` echkilarini o‘rab olayotgani, yopinchiq yopinib, o‘q-yoy va sopqonlar otayotgani tasvirlangan.
Takatoshdagi suratlar esa qoyaga o‘yib ishlangan. Rasmlardagi manzaralardan birida o‘ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va arxarlar podasiga kamonlardan o‘q uzayotgani ifodalangan. O‘rtacha ayolning rasmi katta hajmda chizilgan. Rasmda itlar tasviri ham bor.
Ho‘jaobod tumani hududidagi Imomota g‘ori ichidagi qoyatoshlarga yirik planda shoxlari bir necha bor qayrilib ketgan, bir-biridan ulkan arxarlar va ularning o‘rtasida yanada ko‘zga tashlanarli qilib ishlangan duldul ot tasviri ahamiyatlidir. O‘zbekistonda qoyatosh rasmlarining ajoyib namunalari yuzdan ortiq joydan topib o`rganilgan. O‘rta Osiyoda, Qirg`iziston Respublikasi hududida Sariyoz, Saymalitosh, Aravon, Ayrimachtog‘, Suratlisoy, Oxna, Talos vodiysida ham qoyatosh yodgorliklari bo`lib, ularda tog‘ echkisi, arxar, bug‘u, tulki, to‘ng‘iz, odam, uy hayvonlari tasvirlangan.
Hech shubha yo‘qki, qadimiy tasviriy san`at yodgorliklari g‘oyat qimmatli tarixiy hujjatlar hisoblanadi. Bu hujjatlar bizga eng qadimgi zamondagi odamning fikrlash jarayonini anglab etishga, mezolit davri ma`naviy madaniyati xususiyatlari bilan tanishishga imkon beradi. Mezolit davri odamlari ko‘p xudolik dinlarga amal qilib, sehrli fikrlashni rivojlantirdilar. Animizm o‘sha davrdagi jamiyatlar orasida eng ko'p tarqalgan e'tiqod edi.
Topilgan arxeologik qoldiqlar mezolit davri odamlari tabiat hodisalaridan tashqari baliq ovi va ov bilan bog'liq g‘ayritabiiy mavjudotlar mavjudligiga ishonganliklarini isbotladi.
Ushbu tarixiy bosqichda birinchi qabristonlar paydo bo‘ldi. O‘lim va ajdodlarga sig‘inish rivojlana boshladi.

Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish kerakki miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga olgan mezolit davri insoniyat rivojlanishi tarixidagi muhim davrlardan hisoblanadi. Bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida hayot kechirgan odamlar muzlikning orqaga siljishi bilan yangi hududlarni o‘zlashtirgan, o‘q-yoyni kashf etib, ov unimdorligini oshirgan va ehtiyojni to‘laroq ta`minlash imkonini beruvchi ortiqcha mahsulotlarni paydo bo`lishi uchun zamin yaratgan.Bir soz bilan aytganda insoniyat o‘z taraqqiyotida bir pog‘ona yuksaldi

ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz-kelajak yo`q. T., O`zbekiston, 1998.
2. Gulomov Ya. O`zbekistonda arxeologiya. T.1956. 37-38 bet.
3. Al`baum L.I. «Balaliktepa». Tashkent, 1960
4. Gerasimov M. «Lyudi kamennogo veka». M.,1964
5. Masson V.I. «Poselenie Djaytun». M., 1971
6. Mirsaotov G. «Drevnie shaxti Uchtuta». T., 1973
Internet saydlari.
1.uz.vikipediya.org
2.Arxiv.uz







Download 71.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling