O`rta Osiyoda tilshunoslik


Download 77.5 Kb.
bet1/6
Sana11.11.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1766068
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1405686316 56287


O`rta Osiyoda tilshunoslik


Reja:

  1. Abu Nasr Forobiyning tilshunoslikka oid qarashlari.

  2. Beruniyning lingvistik qarashlari.

  3. Abu Ali ibn Sinoning tilshunoslikka doir qarashlari.

  4. Mahmud Qoshg`ariyning tilshunoslik rivojida tutgan o`rni.

  5. Zamaxshariy va tilshunoslikka oid asarlari.

  6. A.Navoiy – tilshunos olim.

  7. Mirzo Mehdixon tilshunoslikka oid qarashlari.



Asosiy tayanch tushunchalar: «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi haqida; Til – so`zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimon; nutq tovushlari va nutq organlarih; «savt» va «harf» tushunchalari; «Devon»dagi turkiy til va dialektlar tasnifi; Koshg`ariy metafora – o`xshashlik asosida ma`no ko`chishi haqida; Zamaxshariyning «Al-Mufassal» asari haqida.

O`rta Osiyolik mashur allomalarning jahon madaniyati, ma`rifati, ilm-faniga qo`shgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg`ariy, Mahmud az- Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir.


Abu Nasr Forobiy. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi tilshunoslik masalalariga bag`ishlanganligi bilan ajralib turadi.
Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi bo`limlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan.
Forobiy fonetika haqida fikr yuritar ekan, nutq tovushlari, tovushlarning undosh va unli turlari, undosh tovushlarning paydo bo`lishi, o`rni, unli tovushlar va ularning xususiyatlari, so`zga qo`shimchalar qo`shganda yuz beradigan tovush o`zgarishlari, so`zning fonetik me`yori haqida fikr yuritadi.
U leksika yuzasidan ma`lumot berar ekan, leksik birlik bo`lgan so`z masalasiga, so`z ma`nolarining tasnifi masalasiga to`xtaladi. Ya`ni so`z ma`nosining ikki turini: sodda va murakkab bo`lishini ko`rsatadi. Sodda ma`noli so`zlarga: odam, hayvon, gul, ovqat, osmon kabi atash vazifasini bajaruvchi alohida so`zlarni kiritsa, murakkab ma`noli so`zlarga: narsa va uning belgisini bildiruvchi - Bu odam – bilimli, bu gul - o`simlik kabi ifodalarni kiritadi.
Forobiy morfologiya masalasida so`zlarni arab tilshunosligiga asoslangan holda ot, fe`l va harflarga ajratadi. Otlarni ikkiga: atoqli va turdosh otlarga bo`ladi. Aniqrog`i, sodda ma`noli so`zlarni ikkiga ajratadi: 1) atoqli otlar: Zayd, Amr; 2) turdosh otlar: odam, hayvon, ot va boshqalar. Otlarga son kategoriyasi (birlik, ikkilik, ko`plik), fe`llarga zamon (o`tgan, hozirgi, kelasi zamon) kategoriyasi xosligini ta`kidlaydi.
U sintaksis masalasida so`z birikmasi haqida, nutqning qismlarga bo`linishi, so`zlarning qanday birikish qoidalari va hukm bildirishi, so`zlarning qo`shilish turlari haqida fikr yuritadi.
Forobiy orfografiya masalasida so`zlarning yozilish qoidalari yuzasidan ham dastlabki ma`lumotlarni beradi.
Forobiy she`riyat - she`r haqida fikr yuritar ekan, she`rning yozilish o`lchovlari, ya`ni she`rning yozilishidagi to`liq va noto`liq o`lchovlar, qaysi o`lchov yoqimli va chiroyli ekanligi, umuman, she`r tovush va bo`g`inlardan tashkil topishi haqida fikr bayon qiladi.
Forobiy ulug` faylasuf olim sifatida umumiylik va xususiylik dialektikasi nuqtai nazaridan tilga, lisoniy hodisalarga ham murojaat qiladi.
U ot, fe`l va yuklama kabi so`z turkumlarining arab tilida ham, yunon tilida ham mavjudligini aytib, buni umumiylik sifatida talqin qiladi. Ayni vaqtda arab tilshunoslari ushbu so`z turkumlarini shu til hodisalari, birliklari asosida tahlil qilsalar, yunon tilshunoslari esa qayd etilgan morfologik kategoriyalarni o`z ona tili materiallari asosida o`rganishlarini ta`kidlaydiki, bu jarayon xususiylik sifatida namoyon bo`ladi. Binobarin,dialektik falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyasi tilning muayyan tushunchalari orqali o`zining isbotini, tasdig`ini topadi.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling