Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi
Umaviylar va Turkashlar oʻrtasidagi urushlar
Download 306.95 Kb.
|
Arablarning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Umaviylar va Turkashlar oʻrtasidagi urushlarIroqga voliy al-Hajjoj boʻlgan paytdan, ya'ni 705-yildan boshlab, har yili Qutayba ibn Muslim sharqqa bosqinchilik yurishlarini amalga oshirilib, yangi hududlarni xalifalikka qoʻshib olish bilan yakunlaydi. 705-yilda Qutayba Xuroson bilan chegaradosh Bodgʻisni oʻziga boʻysundiradi, 706-yilda Poykand xalifalikka qoʻshib olinadi, 707-yilda Buxoro vohasini zabt etish boshlandi, uni egallash keyingi yilda nihoyasiga yetadi. Buxoro shahrining oʻzi yana bir yil 709-yilgacha uch-toʻrtta hujumga bardosh berib turdi. Arablarning oʻlkada hokimiyati mustahkamlangan soʻng, sharqqa yurish davom ettiriladi. 711-yilda Qutayba qoʻshinlari Seyistonni boʻysundirib, Sind hududiga kirishdi. Shunday qilib, 705-711-yillarda toʻrtta davlat vassal sifatida xalifalik tarkibiga kiradi, ikkitasi yoʻq qilinadi. Bosib olingan hududlarning maydoni 600 kvadrat kilometrga yaqin, aholisi esa 1 million kishiga yaqin edi. 712-713-yillarda Qutaybaning Fargʻona va Shosh hududlariga yurishi al-Hajjojning oʻlimi tufayli oʻz nihoyasiga yetmay qoladi, natijada xalifalikning harbiy istilosi olgʻa siljishi toʻxtaydi.713-714-yillarda Qutayba tomonidan amalga oshirilgan oʻlka aholisini islomlashtirishga urinish oxirigacha amalga oshmadi. 715-yilda xalifa Volid I vafot etgach, Qutayba isyon koʻtarib, xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi. Bu urinish Qutayba tarafdorlari tomonidan toʻliqligicha qoʻllab-quvvatlanmadi, oʻsha yili Marv yaqinida arablar oʻrtasida oʻzaro harbiy toʻqnashuv boʻlib oʻtdi, unda xalifaga sodiq harbiylar gʻalaba qozonib, Qutayba qatl qilindi. Arablar tomonidan bosib olingan hududlar esa umaviylar hukmronligi ostida uzoq qolmadi. Xalifa Sulaymon hukmronligida xalifalikning sharqiy hududlarida ta'siri juda past edi, 717-yilda hokimiyat tepasiga Umar ibn Abdulaziz keldi. Xalifa Umar ibn Abdulazizning paygʻambar va dastlabki ikki xalifalar tomonidan oʻrnatilgan ilk islom qoidalariga qaytish siyosati hatto Arabistonda ham jiddiy qiyinchiliklarga uchradi va oʻn yil oldin xalifalik tarkibiga zoʻrgʻa kiritilgan oʻlkada bunday siyosatni amalga oshirish yanada murakkab edi. Ayniqsa, cholgʻu asboblarini chalish (jumladan, toʻylarda), marhumlar uchun yigʻlash kabi taqiqlar aholi tomonidan keskin norozilik bilan qabul qilindi[28]. Kelajakda Somoniylar davlatining asosini tashkil etgan xalifalikning sharqiy hududlari keyingi yillari xalifalarga (ham umaviylar, ham abbosiylar) qarshi boʻlib, markaziy hokimiyatga qarshi tashkil qilingan barcha qoʻzgʻolonlarni qoʻllab-quvvatladilar.Markaziy hokimiyatga Movarounnahrning tub aholisi boʻlgan turkiylar va forslarning sodiqligi haqiqiy emasligini, 719-yilda ular tomonidan ochiqchasiga xitoyliklar va turkashliklardan xalifalikka qarshi harbiy yordam soʻrab yuborgan nomasidan bilsa boʻladi[29].Sharqiy hududlardagi inqiroz 720-yilda keskin kuchaydi, bunga bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan holatlar sabab boʻldi.Birinchidan, shu yilning aprel oyida Iroqda Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi va bu qoʻzgʻolon sharqiy hududlarga yetarlicha ta'sir qiladi, garchi al-Muhallabning da'vatlari toʻgʻridan-toʻgʻri Xurosonga yetib bormagan boʻlsa ham[30]. Ikkinchidan, Iroq voliysi Maslama ibn Abdul-Malik noiblar tayinlashda xato qarorlar qabul qilib, ukasi Said ibn Abdulazizni Xurosonga noib etib tayinladi. Bu qarorning xatoligi shundaki ediki, Said maishatparast boʻlib, ustiga yostiqlar qoʻyilgan ikki oʻrkachli tuyada kelgani bilan xurosonliklarni oʻziga qarshi qilib qoʻygan edi[31]. Noib hukmronligini birinchi kunlaridanoq mahalliy zodagonlar uchun ayolsifat boʻlib koʻringan. Yangi noib haqida uning qabulida boʻlgan Abrogʻ (Samarqand janubidagi kichik hokimlik) hokimidan soʻrashganida, u „xuzayna“ („xonim“) deb javob bergan. Tarixda bu noib haligacha Said Xuzayna nomi bilan ataladi. Uchinchidan, 720-yilda soʻgʻdlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan turkiylar Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, Buxorodan Samarqandgacha joylashganqalʼalarni oʻz nazoratiga oladilar. So'g'diyona aholisining katta qismi islomdan chiqib, zardushtiylikka qaytadi. Bu esa Islomdagi eng dahshatli jinoyat edi. Oʻz navbatida Said javob harakatlarini boshlashga shoshilmadi, arablar noibni qoʻshin toʻplash va yurish qilishga majbur qilishdi. Noibning kofirlarga nisbatan yumshoq munosabati ham norozilik uygʻotdi: u qoʻzgʻolonchilar yerlarini vayron qilishga (ularning xalifaga tegishli ekanligini bildirgan holda), ularning oilalarini kaltaklash va qul qilishlariga yoʻl qoʻymadi, hattoki bu ishlarni qilgan arablarni jazoladi ham. Said ibn Abdulaziz olib borgan siyosatning eng yomoni shunda ediki, uning qilgan yurish yorqin gʻalabalarga ega emasdi[32]. 721-yilda turkashlar shahzodasi Kursul boshchiligidagi qoʻshin Samarqand yaqinida Said ibn Abdulaziz qoʻmondonligidagi xalifalik qoʻshinini magʻlub etadi. Xalifa noibni lavozimidan chetlatishga majbur boʻldi. Uning oʻrniga 721-yilda Said ibn Amr al-Xarashiy Xurosonga noib qilib tayinlanadi. U Iroqda al-Muhallab qoʻzgʻolonini bostirishda shafqatsizligi bilan tanilgan edi. 720-yil oxiridan boshlab xalifalikning sharqiy hududlarida uzluksiz qoʻzgʻolonlar boshlanib ketdi va 30 yil davomida, ya'ni umaviylar sulolasi barham topgunicha toʻxtamadi.Vaziyatning tubdan oʻzgarganidan xabar topgan rustoqlar boshliqlari yordam soʻrab Fargʻona vodiysi hukmdorlariga murojaat qiladilar, qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan taqdirda Xitoydagi Tan davlatiga qochib ketish rejasini ishlab chiqadilar. Soʻgʻdlar oʻzlari bilan birga oʻnlab arab ayollari va bolalarini asirga olib, sharqqa qarab ketishadi. Xarashiy 722-yil 15-25-iyul kunlari qoʻzgʻolonchilarni ta'qib qilish davomida Xoʻjandni qamal qiladi, ammo asirlar borligi sababli toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilishga jur'at etmaydi. Muzokaralar olib borilayotganda asirlarning biri noma'lim ravishda vafot etgani ma'lum boʻladi. Musulmonlar buni qotillikka yoʻyishadi, oʻz navbatida soʻgʻdliklar esa bu ayblovni har tomonlama rad etishadi. Fay rustoqi boshligʻi Korzanchning uzoq qamalga dosh bera olmay, Fargʻonaga chekinishi tufayli Xoʻjand shahri arablar tomonidan egallanadi. Sulh tuzilgach, katta mablagʻ evaziga omon qolgan 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qoʻzgʻolonchilar xiyonatkorona qirib tashlanadi[33]. Shu yilning yozida Xarashiy Panjikent hokimi Devashtichga qarshi yurish qiladi. Jangda qoʻzgʻolonchilar yengiladi. Omon qolganlar Zarafshonning yuqorisida joylashgan Obigar qal'asiga chekinishadi. Omon qoldirish sharti bilan qoʻlga olingan Devashtich Arbinjonda qatl etilib, boshi Iroq voliysiga joʻnatiladi, tanasi esa zardushtiylik xilxonasi — novus devoriga qoqib qoʻyiladi[34][35]. Xalifadan ruxsat olmay qilgan bu harakati xalifaning Xarashiydan shubhalanishga olib keladi. Uning sadoqatini tekshirish maqsadida xalifa tomonidan zaharlangan qovunni Xarashiy iste'mol qilishi, Xarashiyga qimmatga tushadi (umrining oxirigacha qorin ogʻrigʻi bilan davolanib yuradi). Natija xalifa Umar ibn Abdulaziz noibi Xarashiyni huzuriga chaqirib oladi, oʻrtniga 723-yilda noib etib Muslim ibn Said tayinlaydi[36]. Mugʻ qal'asidan topilgan arab amirining Devashtichga yuborgan nomasi Boy arab kishisi (Devashtich saroyi, Panjikent devoriy suratlari) 724-yilda xoqon Suluk bilan toʻqnash kelgan Muslim magʻlubiyatga uchraydi va kam sonli askarlari bilan Samarqandga zoʻrgʻa yetib keldi. Bu jang tarixga „Chanqoq kuni“ nomi bilan kirdi. 728-yilda Buxoroni egallab olgan Suluk tomonidan xalifa Hishomning keyingi tayinlangan noiblari ham magʻlubiyatga uchrashadi, bundan tashqari Taxtaqoracha dovonidagi jangda ham arablar magʻlubiyatga uchraydilar. Qadimgi turk harbiylari hukmdor Varxuman saroyida. (Afrosiyob devoriy (648-651-yillar) suratlari) 732-yilga kelib Samarqandga qilingan arablarning ikkita yirik yurishi katta yoʻqotishlar evaziga bu hududni xalifalik tarkibga qaytarishga erishildi. Suluk Samarqandga boʻlgan da'vosidan voz kechib, Buxoroni tark etadi va shimolga yoʻl oldi.Umuman olganda, xalifa Hishom ibn Abdulmalik hukmronligi davrida, ya'ni 723-yildan 740-yilgacha Movarounnahr deyarli qoʻzgʻolon va urushlar girdobida qolgan boʻlib, mavjud vaziyatni Turkash xoqonligining bosqini ancha murakkablashtirgan. Harbiy harakatlar jarayonida hatto xalifalikka sodiq boʻlgan insonlar ham qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻtib ketadilar. Masalan, 734-yilda boʻlgan al-Horis ibn Surayj boshchiligidagi xorijiylar qoʻzgʻoloni. 737-yilning qishida Suluk xoqon ittifoqchilari al-Horis, Gʻurak (turk-soʻgʻdlar yetakchisi) hamda Usturshona, Toshkent va Xuttalon aholisi bilan birgalikda arablarga qarshi soʻnggi hujumni amalga oshiradi. Suluk xoqon Joʻzjonga bostirib kiradi, ammo Xoriston jangida Xuroson noibi Asad ibn Abdulloh al-Qasriy tomonidan magʻlubiyatga uchraydi. Keyingi yili Suluk xoqon Xitoy yordamida oʻz harbiy sarkardasi tomonidan oʻldiriladi. 739-yilda harbiy sarkardaning oʻzi ham xitoyliklar tomonidan oʻldiriladi. Natijada Movarounnahrda Xitoy hokimiyati qayta tiklanadi.Oʻlkada urush shu darajaga yetdiki, 737-739-yillarda nafaqat rustoqlar boshliqlari, balki mahalliy aholining salmoqli qismi qoʻshni (to Xitoydagi Tan mamlakatigacha) davlatlarga qochib ketishadi. Faqatgina 740-yilga kelib harbiy harakatlar toʻxtatiladi va qochib ketgan aholi oʻz yurtlariga qaytib kelishadi. Ammo xalifalikning oliy harbiy sarkardalari sharqiy hududlarning hokimlari bilan tuzilgan tinchlik shartnomasini ma’qullamadilar, chunki ular turkashlar bilan oʻrnatilgan munosabatlarni hamkorlik deb emas, balki dindoshlariga qarshi tuzilgan ittifoq va murtadlik deb hisoblashgan. Biroq, endi ular biron-bir aniq harakatlarni amalga oshira olmasdilar, chunki 743-yilda Volid II ning hokimiyatiga qarshi butun mamlakat boʻylab qoʻzgʻolonlarning avj olishi sababli sharqiy hududlaridagi ahvol endi ular uchun ahamiyatsiz boʻlib qoldi. AdabiyotlarO’zbekiston tarixi. 1qism. A.Sagdullayev, B.Eshov tahriri ostida. T.: Universitet, II nashri. .O’zbekiston yangi tarixi. 3kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.: Sharq, 2000. Usmonov Q., Sodiqov T. O’zbekiston tarixi (1917-1991 yil-lar) .T:Sharq, 2003. 20. O’zbekiston tarixi 10-sinf uchun darslik “Sharq” 2000 yil. Download 306.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling