O`rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishi milliy- istiqlolchilik harakatlari


Download 153.89 Kb.
bet2/10
Sana18.10.2023
Hajmi153.89 Kb.
#1707805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu

Sayyid Amir Muzaffar xati
"Hindiston mamlakati va Sind saroyining podshohi, malikai muazzama, Jamshid kabi oliyhimmat shoh, yulduz kabi ko‘p sipohga, quyosh kabi taxtga, Faridun kabi boshqaruvga, Bahrom kabi savlatga, Kayvon kabi qadga, Barjis kabi qomatga, Attorid kabi donolikka, Nohit kabi martabaga ega bo‘lgan, qudratli davlatga asos solgan, yashnayotgan davlat qonunlari kuchini mustahkamlayotgan, Farangiston (Britaniya) va Hindiston shaharlari hukmroni, isaviylik [xristianlik] shariatini haqiqiy biluvchi, masih millati tafakkuri sirlarining koshifi, buyuk Hoqonlar va muazzam shahanshohlar xonadonining yagona vakili, ya‘ni Hoqoni A‘zam va buyuk qirolichaning dimog‘i doimo baxt mayidan xush va omad hamda baxt quvonchi ostida bo‘lsinl
Bu hamdlarni izhor etib, hamda duo etuvchilarning sovg‘a-salomlarini yuborgach, umid qilamanki, ul hazrat hamisha hukmronlik qilsin. Bihamdu va li-l minna. Barcha shodlik va quvonchlarning manbai uning ixtiyorida bo‘lsin. Omad va saodat eshiklari qudratli saltanatni boshqarayotganlar chehrasi oldida ochilsin hamda vijdon oinasi har qanday kudurat va qayg‘udan musaffo bo‘lsin. Mamlakat posbonligini va xalq osoyishtaligini hokimlar o‘z bo‘yinlariga olganliklari tufayli va buni majburiy burch va milliy vazifa deb bilganliklari sabab, safarga chiqqanlarning dillari yo‘llarda osuda bo‘lsin.
Qadim zamonlardan beri yer yuzining mashhur va ma‘lum bir qismi bo‘lgan Movaraunnahr o‘lkasi ahloqlari va shuhratlari tarix sahifalarida eslatib o‘tilgan mening ota-bobolarim qo‘li ostidagi yerning bir qismi sanalib kelingan.Mana shu bir qism yerni boshqarish volidi buzurgvorim rahmat etganlaridan so‘ng menim qo‘limga o‘tgan edi. Oz fursat o‘tgach, bir guruh rus
toifasidagi odamlar bu yerni tasarruf eta boshladilar va ikki tomon o‘rtasida jang boshlandi. Islom ahli urush mahoratining yetishmasligi tufayli bu bosqinchilikka qarshi chiqa olmadi va natijada ayrim qal‘alarni ruslar bosib oldilar, taqdir taqozosi bilan rus qo‘li ostiga o‘tib qoldi.
[Muqaddas Quroni Karimning yoeuvlarida] "Ollohga ishonuvchilarga, islom ahliga tinchlikka, sulhga intilish eng ulug‘ harakatdir" deyilganidek, islom ahli sulh tanladilar. Bu vaqtda ular ruslardan qutula oladilar va yaxshi tadorik ko‘radilar va xalq manfaati yo‘lida yordam so‘rab, Sizga murojaat
etadilar. Hozir har bir harakat qulay vaziyatga bog‘liq. Shuning uchun ham men Abbosxojani Sizning buyuk ostonangizga elchi etib tayinladim hamda u bilan do‘stlik va yurak hislari to‘la noma yo‘lladim. Siz bizning istaklarimizni qabul etish bilan xalqimizning manfaatlarini inobatga olgan bo‘lasiz. Samimiy duolarilarimiz va yaxshi niyatlarimiz Sizgadir. Elchi saroyingizga yetganida bizning chin do‘stlik tuyg‘ularimizning qolganini yetkazadi va bu uning [elchi] uchun sharaf hisoblanadi. Siz uning boshidan shahanshoh shodliklarini benihoya yog‘dirasiz va bu sahiylik bilan amalga oshiriladi, deb umid qilinadi.

Download 153.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling