O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash
Download 295 Kb.
|
Bir batareyali valikli paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish
I. UMUMIY QISM1.1. Paxta tozalash zavodlari vazifasi va texnologik jarayonlari. Paxta tozalash zavodlarining asosiy vazifasi har yili qabul qilingan chigitli paxtadan uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda yuqori sifatli tola, lint va chigit ishlab chiqarishdan iborat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta tozalab, ular tarkibidagi tolalarni ajratib olish hamda urug`lik chigitlarni kasalliklarga qarshi dorilash bilan ham shug`ullanadi. Paxta tozalash zavodlarining asosiy texnologik mashinasi ikki xil - arrali jin va valikli jin bo’lib, arrali jinlar o’rnatilgan zavodlarda o’rta tolali paxta va valikli jinlar o’rnatilgan zavodlarda esa ingichka tolali paxta ishlanadi. Mamlakatimizda 4-5 arrali jinlar o’rnatilgan bir batareyali va ikki batareyali (8-10 jinli) zavodlar bor. Valikli jinlar ham batareya tarzida joylashtirilib, har batareyada 12 donadan mashina bo’ladi. Paxta zavodining ma`lum bir vaqt ichida ishlab chiqargan asosiy mahsuloti - tolaning eng ko’p miqdori zavodning ishlab chiqarish quvvati deyiladi. Zavodlarda o’rnatilgan jinlar soni har xil bo’lgani uchun ularning ishlab chiqarish quvvati ham har xil bo’ladi. Paxta zavodining yillik tola ishlab chiqarish quvvati (t/y) quyidagi formula bilan aniqlanadi: bunda: a - jinlar soni; b - har bir arrali jindagi arralar soni; valikli jinlar o’rnatilgan zavodlar uchun b=1; q - har bir arraning bir soatda ishlab chiqargan tolasi, kg/soat; n - bir sutkadagi smenalar soni; t - har smenadagi ish soati; m - bir yildagi ish kunlari soni; k - mashinalarni ishlatish koeffitsienti. Zavodning bir yilda qayta ishlab beradigan chigitli paxtasining miqdori (t/y): bunda: V - chigitli paxtadan o’rtacha tola chiqishi, % hisobida. Bir yilda tayyorlanadigan chigitli paxta 30 ming tonnadan ortiq bo’lganda zavod qoshida joylashgan paxta tayyorlash punkti maydoni etarli bo’lmaydi. Bunday hollarda paxtachilik rayonlarida ham tayyorlash punktlari tashkil etiladi. Tayyorlanadigan paxta miqdori kam bo’lganda zavod qoshidagi tayyorlash punkti etarli bo’lib, hamma paxta shu punktga qabul qilinadi. Texnologik jarayon sxemasini va ob`ektlarni yaxshi joylashtirish uchun har bir zavodning bosh plani quyidagi zonalarga bo’linadi; xom ashyo, ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar va ma`muriy bino zonalari. Bosh plandagi zonalarni joylashtirishda shamolning ko’pchilik vaqt qaysi tomonga yo’nalishi, kun chiqish kun botish tomonlari, aholi yashaydigan shaharchalarning qaysi tomonda bo’lishiga ahamiyat beriladi; ob`ektlarning joylanishi zavodning normal ishlashiga xalaqit bermasligi va yong`inga qarshi hamda sanitariya-texnika sharoitlariga moslashgan bo’lishi kerak. YAngi paxta zavodlari loyihasini tuzish vaqtida ajratilgan maydondan ratsional va tejamkorlik bilan foydalanishni, transport uskunalarining qisqa va qurilish ishlarining mumkin qadar kam bo’lishini ko’zda tutish kerak. Download 295 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling