O‘rta yer dengizidagi harorat record darajaga yetdi
Download 15.87 Kb.
|
03.11.2022 Horij
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo Covid 19 ni yengayotganda endi navbat yangi gibrid virusgami
- Fransiyadagi savdo majmuoalari ofislari tunda elektirsiz qoladigan bo‘ldi
O‘rta yer dengizidagi harorat record darajaga yetdi. O‘rta yer dengizi haddan tashqari qizib ketmoqda, olimlar birinchi marta bunday rekord darajani qayd etishdi. Noyabr oyining ilk kunidagi o‘lchovlar suv harorati 23°C ga yetganini ko‘rsatmoqda. Bu esa mavsumiy iqlim me’yorlarga nisbatan 5°S ga yuqori. Shuningdek, g‘avvoslar 15 metr chuqurlikda termometr 21 ° C ni ko'rsatgani haqida ma’lum qilgan. Mutaxasislarning ta’kidlashicha, bunday issiqlik to'lqini butun ekotizimga tahdid soladi. Gidrametrologiya xizmatining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, yozdan beri O'rta er dengizi havzasi yuqori haroratdan aziyat chekyapti. Ayniqsa Fransiya qirg'oqlari bundan eng ko'p zarar ko'rdi. Hozirda suv shunchalik issiqki, buning oqibatida ba'zi dengiz o'simliklari nobud bo'lmoqda. Olimlar bu hodisalarni ortib borayotganidan jiddiy xavotirda. Okeanolog Karina Fon Shukmanning aytishicha, 2022 yil uchun eng hayratlanarlisi shundaki, juda kuchli anomaliyali oylar avvalgi yildan farqi qilmoqda. Yani birinchi issiq oy may oyi bo‘lgan bo‘lsa ikkinchi avgust ammo hozirda oktyabir oyida ham juda yuqori. Shu bilan birgalikda, global isish va iqlim o'zgarishi yil sayin kuchayib bormoqda deya qo‘shimcha qilgan u. Dunyo Covid 19 ni yengayotganda endi navbat yangi gibrid virusgami Dunyoning koʼplab hududlarida mavsumiy gripp xastaligi keng tarqalayotgan bir pallada olimlar yangi gibrid viruslar paydo boʼlganidan xavotirda. Mutaxassislarning qayd etishicha, ushbu yangi mutatsiyalar inson immunitetiga oson chap bera oladi. Yaʼni inson organizmda gripp infektsiyasiga qarshi antitanalar shakllangan boʼlsada, ularni qiyinchiliksiz chetlab oʼtib, sogʼlom hujayralarni zararlaydi. Bundan tashqari olimlarning izoh berishicha, ikki virusning birlashishi fanda koinfektsiyalar deb ataladi. Biroq Shotlandiyaning Glazgo universiteti virisologlari tomonidan inson oʼpkasida oʼtkazilgan tajribalar davomida viruslar bir-biri bilan raqobatlashmasligi, aksincha kuchlarini birlashtirib, yanada xavfli tus olishi aniqlandi. Shuningdek, mutaxassislar hali bunday virusga duch kelishmaganini taʼkidlamoqda. Ularning eng havotirlanayotgan jihati shundaki, ushbu chatishgan xastalik aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Yaʼni infektsiya oqibatida oʼpka toʼqimalari yalligʼlanib, uning boʼshligʼi suyuqlik bilan toʼlishi kuzatiladi. Oqibatda bemorning nafas olishi ogʼirlashib, hayoti xavf ostida qoladi. Fransiyadagi savdo majmuoalari ofislari tunda elektirsiz qoladigan bo‘ldi Fransiya poytaxti Parijda energiyani tejash maqsadida do‘kon va ofislarni yoritish ish kunining oxirida to‘xtatiladi. Tegishli qaror Fransiya poytaxti meriyasi tomonidan qabul qilindi. Qarorda keltirilishicha, Parijda endi raqamli ekranlarni va do‘kon oynalarini yoritishni o‘chirish talab qilinadi. Agar do‘kon va ofis egalari ushbu tartibni buzadigan bo‘lsa, 750 yevrodan 1500 evrogacha jarimaga tortiladi. Shuningdek, 1 dekabrdan boshlab shahar, shuningdek, munitsipalitet tomonidan boshqariladigan barcha reklama taxtalarini mahalliy vaqt bilan soat 23:45 dan 06:00 gacha o‘chirib qo‘yiladi. Download 15.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling