Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Odoblilik. Bu tushuncha -kundalik hayotda axloq qoidalariga rioya qilishdir.
Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir. Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, hatti–harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Muayyan odob doirasida bo‘lish, yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl–nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi 29 bilan belgilanadi. Bejizga mutafakkir Abu Mansur as Saolibiy : “Har bir kishi o‘ziga qarab ta’rif qilinsa, ishiga qarab tavsiflanadi, maqtaladi. Fazilat nasl–nasab bilan emas, aql – adab bilandir” 9 , - deb bejiz aytmagan. Davlat xizmatidagi xodimlarning odobi ularning obro‘sinioshiradi va ularga nisbatan xalqning ishonchini kuchaytiradi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat xizmatchisi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini kasb axloqi normalariga asoslangani holda ado yetishlari shubhasizdir. Tayanch tushunchalar: Kategoriya, etika kategoriyalari; burch va kasbiy burch; O‘zbekiston fuqarolarining fuqarolik burchlari; ofitsiant, metrdotel, shveysar, barmen va garderobchi, vijdon, ichki sudya, posbon, or–nomus va kasbiy etika, mezon, obro‘, sifatli ado yetish, aldamaslik, kasb axloqi normalari. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Professional etikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi? 2. Kasbiy axloqiy kategoriya deganda nimani tushunasiz? 3. Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan nimasi bilan farq qiladi? 4. Vijdon nimani anglatadi? 5. Or-nomus nimadan iborat? 6. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 52-moddasida nimalarga e’tibor berilgan? 7. Mezon deganda nimani tushunasiz? 8. Milliy o‘z-o‘zini anglash deganda nimalarga e’tibor qaratish zarur? 9. Mansur as-Saolibiy fazilat va uning xususiyatlariga qanday baho bergan? 10. Kasb axloqi normalari nimalarga asoslanadi? Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling