Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
 


34 
Tanishuv va tanishtiruv qoidalari 
 
Odob qoidalari (oddiy xavfsizlik nuqtai nazardan ham) notanish odamlar bilan 
ko‘chada, transportda, restoran, teatr hamda boshqa jamoat joylarida tanishishni 
taqozo etmaydi. Bir tarafdan, o‘zingizni notanish odamga bog‘lashga harakat qilish 
odobsizlikdir. U siz bilan muloqot qilishni istamayotgan bo‘lishi mumkin. Boshqa 
tarafdan, birinchi uchragan odam bilan tanishuv, layoqatsizlik, ba’zida esa xavflidir 
ham! Xudo biladi u odam kim bo‘lib chiqadi. 
Unda qanday tanishish lozim? 
Odob qoidalariga binoan, turmush mezonlari bo‘yicha ham, tanishuv uchun 
o‘rtada ikki taraf uchun ham tanish bo‘lgan vositachi orqali ro‘y beradi. Siz unga 
tanishishni istagan odam bilan ko‘rishish uchun murojaat qilishingiz mumkin. 
Tanishtirganlaridan so‘ng, uning bunga javoban ta’siridan uning qanchalik siz bilan 
aloqa qilishni istashini bilib olish mumkin. Agar uning sovuqqonligini his qilsangiz
davomiy aloqani ta’kidlashga urinmagan ma’qul. 
Tanishtirish yangi uchrashgan kishi bilan gaplashish huquqini beradi. Odatda, 
tanishtirish uchun vositachi kerak bo‘ladi. Umumiy tanishshunday vositachi bo‘la 
oladi. Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va tanishtirish 
joyiga bog‘liq bo‘ladi.
Qayerda va qachon tanishish zarur? Birinchi navbatda, sharoitga qarab kelgusida 
tez-tez uchrashib turishga to‘g‘ri keladigan shahs bilan tanishiladi yoki tanishtirish 
iltimos qilinadi. Asosiy qoidalari quyidagicha so‘zlar bilan ifodalanadi: «Sizni 
tanishtirsam...», «Tanishtirishga izn bersangiz...», «Gulnora, tanishing..." 
Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik 
bilan ochiq-oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu yerdagi asosiy qoida: yosh kishi – katta 
yoshdagi kishiga, erkak – ayolga, xodim – rahbarga tanishtiriladi. Tanishtiruvchi 
kishi avvalo yosh kishining, keyin kattaning, avval erkakning keyin ayolning, avval 
xodimning, so‘ngra rahbarning ismi va familiyasi aytiladi.
Yoshlarni katta yoshdagi insonga tanishtirishda, odatda savolomuz murojaat 
qilinadi; M: Ustoz, magistr Abdullayevni siz bilan tanishtirishga ruxsat bersangiz?, 
yoki Hurmatli rektor iqtidorli talaba Komilovni sizga tanishtirmoqchi edim? Bu 
hollarda tanishtirilayotgan kishi ustoz hamda rektorning ismini aytmaydi. 
Erkak kishini ayol kishiga tanishtiradilar. Yoshiga qarab yoshlarni kattalarga 
tanishtiriladi. Hamma vaqt ham, beistisno, erkak kishi ayolga tanishtiriladimi? Yo‘q, 
hamma vaqt Shunday qilinmaydi. Eri o‘z rafiqasini yor-do‘stiga tanitishi o‘z 
xohishiga bog‘liq: “Do‘stim Sardor, tanishing – bu mening rafiqam” qabilida. 
Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin 
aytiladi.


35 
Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan,«turmush 
o‘rtog‘im», «opam», «singlim»yoki«ukam» deyiladi. 
Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi, uy 
bekasi o‘rniga uning sohibi tanishtirsa ham bo‘ladi. Kechroq kelgan mehmonlarni 
vaqtliroq kelganlarga tanishtiradilar. Agar mehmonlar ketma-ket kirib kelishsa-yu, 
siz ularni tanishtirishga ulgurmasangiz, unda yordamchi sifatida yaqinroq 
qarindoshingiz yoki do‘stingizni chaqiring. Mehmonni uyga taklif qilgach, avval u 
yerda o‘tirganlarga kelgan mehmonning ismini tanishtiriladi, so‘ng bir chekkadan 
boshqalarning ismlarini aytib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar unchalik ko‘p 
bo‘lmagan taqdirda, alohida tanishtiriladi. Erkaklar o‘rinlaridan turib tanishadilar. 
Ayollar joylarida o‘tiraveradilar, ammo katta mavqega ega bo‘lgan yoki yoshi 
kattalarni tanishtirishsa, o‘rinlaridan turishlari mumkin. Agar turli yoshdagi ikki ayol 
tanishayotgan bo‘lsalar, yoshi katta ayolga: «Ruxsatingiz bilan sizga falonchini 
tanishtirsam» – deb yoshroq ayolni ismi-sharifini aytib, keyin yoshi kattaroq ayolni 
tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ayni paytda yosh va mavqe 
muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu tarzda ayol kishiga erkak kishini, xodimni 
rahbarga tanishtiradilar. Agar ham mavqe jihatdan, ham yosh jihatdan o‘zaro teng 
bo‘lgan odamlarni tanishtirganingizda, birinchi bo‘lib, ulardan o‘zingizga yaqinroq 
bo‘lgan kishini tanishtirasiz. Agar mashhur odamni bir paytni o‘zida ko‘pchilikka 
tanishtiradigan bo‘lsangiz, uning ismi-sharifini keltirib o‘tmasa ham bo‘ladi. 
Yaqinlaringiz, tanishingiz yoki do‘stingizni tanishtirayotganda ismiga qo‘shib, 
ma’lumotlarni aniqlashtirishingiz ham mumkin: «Do‘stim Akmal – xirurg, bu esa 
Begzod – kursdoshim».Tanishtirayotganda ularning ismlarini aniq va tushunarli 
tarzda ayting. «bu kishi Valijon – mashhur akter Mahkamning akasi» degan 
aniqliklarning umuman keragi yo‘q. Odamlarning ismlarini yaxshi yodda tuta 
olishiga ishonchi bo‘lmagan tanishtiruvchilar «Tanishing, marhamat janob ...» bunda 
siz ismni egasiga aytishiga qo‘yib berasiz. Bunday usulni qo‘llash mumkin. Agar 
endigina yig‘ilgan jamoatga yangi odam qo‘shilsa, uning ismini baralla ovozda aytib 
tanishtirsa ham bo‘ladi, qolganlar o‘zlarini tanishtiradilar. 
Jamoat transportida yonidia sherik bilan ketayotgan vaqtda transportga 
tanishingiz chiqib qolsa, agarda bir-ikkita so‘z aytib uzoqlashsa, tanishtirish shart 
emas, ammo agar suhbat umumiy xususiyat kasb eta boshlasa, uni do‘stingiz bilan 
tanishtirganingiz ma’qul. 
Oila a’zolaringizdan biri ishxonangizga ishga kirdi. Hamkasabalarga uni 
tanishtirasizmi? Agar sizda u bilan sof kasbiy munosabatlar bo‘ladigan bo‘lsa, shart 
emas. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling