Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Shunga ko‘ra, ziddiyatlarning ko‘rinishi ham har xil bo‘lib, ular narsa-hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy bo‘lmagan kabi ko‘rinishlarga bo‘linadi. Jumladan, ichki ziddiyatlar – narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat - narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo‘ladi, degan fikrga bormaslik kerak. Zero, globallaShuv va integratsiya jarayonlarida tashqi ziddiyatlarning ham o‘z o‘rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar deb ataladi. Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik hamda o‘zaro manfaatlar to‘qnaShuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash mumkin. R.L.Krichevskiy o‘zining «Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni 3 ta guruhga bo‘ladi: Birinchi guruh – mehnat jarayonidagi ziddiyatlar. Ikkinchi guruh – insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni impatiya va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar hatti-harakatlari, psixologik moslasha olmaslik va hokazo. Uchinchi guruh – jamoa a’zolarining o‘ziga xosligi. Masalan, o‘zini boshqara olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, do‘q-po‘pisa, haqoratlash-so‘kinish, munosabatga kirisha olmaslik 17 . Ziddiyatlar ma’muriy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun ahamiyati hal yetish yo‘llariga ko‘ra farqlanadi, umumiy ma’noda konstruktiv va 17 Кричевский Р.Л. Если вы – руководитель. –Москва: Дело, 1993. – с. 39. 49 destruktiv ziddiyatlarga ajraladi. Konstruktiv ziddiyatlarga tashkilotning hayotiy muammolarini hamda ularni hal yetish orqali samarali taraqqiyotga olib chiqish xos. Destruktiv ziddiyatlar salbiy, vayronkor natijalarga olib keladi. Shuningdek, ayrim hollarda bu vaziyat janjallarga va tashkilot faoliyatining susayishiga olib keladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling