Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Bahslashish etiketi
Bahsning asosiy qoidasi Shundan iboratki, hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga 51 uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni o‘zi ham siz kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi. Bahsni tug‘dirmaydigan Shunday tushunchalar ham mavjudki, ularni diqqat bilan eshitishga undaydi. Masalan: «Sizni dilingizdan o‘tayotgan fikrlarga qarshi emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo‘lar edim». Bahs paytida «Janjal bilan biron narsaga erishib bo‘lmaydi» degan iborani eslashga harakat qilish lozim. Eng yaxshi natijaga eriShuvning yo‘llaridan biri bu – bahsdan qochishdir. Bahsdan qizishib o‘z g‘ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan o‘z fikrini aytib qo‘yishning o‘zi etarli. Balki bir oz vaqt o‘tib, hech qanday bosimning ta’sirisiz ham u to‘g‘ri xulosaga kelishi mumkin. O‘zining haqligini qaysarlik bilan isbotlash yoki bahslashish – ma’lum ma’noda zo‘ravonlik ham hisoblanadi, oqibatda, yagona kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni madaniyat, munosabat, tavoze’lik va muloyimli aniqlik va sovuqqonlik hamda boshqani tushunishga harakat qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Bahs asosli va ishonchli bo‘lishi lozim. Bahsda asosan raqibni «chaqib» xafa qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar mutlaqo to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi. Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan muvaffaqiyatli chiqib kyetishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‘lar ekan. Kasbga doir bahsda o‘zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb yetishi zarur. Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi. So‘zamollik va diqqatli jimlik bilan almashishi lozim. Jizzakilik va asabiylashishga o‘rin yo‘q. Individual bahsda asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish mumkin emas. Cho‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‘zining axloqi haqida o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi. Janjallarga sababchi bo‘ladigan odamlar o‘zi haqida o‘ylab ko‘radigan bo‘lsa, odatda «asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo‘ladi». Lekin bu degan sof vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga «nima uchun men doimo asabiylashaman?» degan savolni o‘ziga bermoqlikka da’vat etamiz. Ko‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab yetgandan so‘ng hayot o‘z yo‘liga tushadi. Harakat qilib ko‘rsa arziydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling