Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Ikkiyuzlamachi yoki “Yolg‘onchi g‘amxo’r”
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Ikkiyuzlamachi yoki “Yolg‘onchi g‘amxo’r” – o‘zini sizga yaxshilik qilayotgan
kabi ko‘rsatadi, biroq qalbida boshqalarga nisbatan adovat, ko‘rolmaslik mavjud bo‘lgan odam. “Surunkali ayblovchi” – doimiy ravishda o‘zgalarning aybini qidiradigan (tirnoq orasidan kir qidiradigan), o‘zini doimo haq deb hisoblaydigan shahs. Hayotda uchraydigan bu kabi odamlarning toifalari talaygina. Shu munosabat bilan ziddiyatli holatlarda yoki tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala qilganingizda siz nafaqat do‘stlik degan tushunchaning ma’nosini anglaysiz, balki muomalaning yuksak sifatlarini ham o‘zlashtirib borasiz. Dialektikaning ahamiyati aynan mana shu jarayonda namoyon bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, ziddiyatlar insonlararo muomala madaniyatida tez-tez hissiyotli holatlarni yuzaga keltiradi va ayni paytda munosabatlarni chigallashtirishga hamda murakkablashtirishga olib keladi. Ziddiyatli holatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya yetish mumkin: 1. Ziddiyatli holatlarda insonning hatti-harakatini aql emas, balki hissiyotlar boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson o‘zining so‘zi va hatti-harakatiga javob bera olmaydi. 2. Muomalaning ko‘plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib” tashlamang, o‘zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering. 3. Ziddiyatning mohiyatini to‘laqonli tushunishga harakat qiling va «Mabodo ziddiyat hal etilmasachi?” degan xavotirdan yiroq bo‘ling. 4. Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g‘azablanayotgan bo‘lsa, uni «sovutishga” intiling, zinxor undan baland kelishga urinmang: o‘zingiz jim bo‘lingda, undan buni talab qilmang. 5. Suhbatdoshingizga o‘zini sizning o‘rningizga quyib ko‘rishini so‘rang, ya’ni «Agar siz mening o‘rnimda bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?” degan savolni berib ko‘ring. 6. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang. 7. Ziddiyatni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan hamkoringizni hadeb ayblayvermang. 8. Har qanday holatda ham o‘zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling. O‘ylaymizki, ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bo‘ladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling