Pardoz. Azalazaldan ayollar o‘zlarining ko‘rinishlaridan ham ko‘rkamroq
bo‘lishga intilib kelganlar, Shunda ular bu maqsad yo‘lida turli xil usullardan
foydalanishni boshlaganlar. Hozirgi davrda turli kosmetik mahsulotlarning butun bir
aslahalariga egamiz. Ammo ularni qo‘llash zamonaviy ayol uchun birdan-bir
maqsadga ega bo‘lib qolmasligi, aksincha, uning uslubini ta’kidlovchi hamda
individuallikni namoyon qiluvchi vosita sifatida ish ko‘rsatishi lozim.
Kosmetikadan foydalanish yuzni o‘zgartirishni emas, balki uning ba’zi bir
chiroyli jihatlarini ta’kidlashni taqozo etadi. Bo‘yanishni ko‘paytirish hoh u o‘n besh
yasharlik qiz bola, hoh o‘ttiz yoshlardagi ayol bo‘lsin – barchaning yoshini katta qilib
ko‘rsatadi. Ma’lum bir yoshga etgach ayollar pardozni kamaytirib, unchalik yorqin
bo‘lmagan ranglarga o‘tishga harakat qilishlari maqsadga muvofiq. Kunduzgi pardoz
kechki pardozga nisbatan tussizroq bo‘lishni yodda tutish kerak.
Qo‘llarga kelsak, ular – bizinng «tashrif qog‘ozimiz», desak mubolag‘a
bo‘lmaydi Qo‘llarni parvarishda nafaqat ayollar, balki erkaklar ham avvalo tozalik va
ozodalik nuqtai nazardan diqqatlilik bilan munosabatda bo‘lishlari kerak. Lakning
rangi lab bo‘yog‘i bilan uyg‘un bo‘lmog‘i lozim. Lak qoldiqlari bilan yurishga yo‘l
qo‘ymaslik hamda tirnoq lakini tozalash vositalardan foydalanishni unutmaslik joiz.
Tantanali kechalarda ayollar. Eng yaxshi tanlov – ko‘ylak, kostyum, yoki
yubka. U har qanday vaqtda, har qanday jamoatchilikka to‘g‘ri kelaveradi. Agar
kostyum to‘q tusda va hech bir koftasiz kiyilishi mumkin tarzda andozalangan bo‘lsa,
unga mos tarzda e’tiborni tortadigan zamonaviy taqinchoqlar bilan bezatilsa, unda bu
libosni ko‘ngilochar kechalarga ham kiysa bo‘ladi.
Kokteyl libosi nomli ko‘ylaklarni bayram kechalarida kiyish mumkin. Uni
kechqurun yoshlar kechalarida yoki restoranlar uchun kiyish mumkin. Kechki uzun
ko‘ylaklar faqat dabdabali vaziyatlar uchun mo‘ljallangani durust. Nisbatan odmiroq
bo‘lgan kechki libos, o‘ta diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi kiyimlardan yaxshiroqdir,
ayniqsa, qiz bolalar uchun.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |