Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Bo‘yinbog‘ haqida. Bo‘ynibog‘ doimo egasining didini aks ettirib kelgan.
Umuman olganda, sport kiyimi yoki kostyum-shim bilan kiyish uchun ipak yoki sun’iy ipakdan bo‘lgan yoki sun’iy toladan hamda bir-ikkita jun matoli bo‘yinbog‘lar xarid qilib olish lozim. Bo‘yinbog‘ni tanlash kostyum fasoni va matosining rangi, rasmiga bog‘liq. Jiddiy kostyumga tabiiy hamda sun’iy ipakdan bo‘lgan bo‘yinbog‘lar to‘g‘ri keladi. Kapalaksifat bo‘yinbog‘lar alohida vaziyatlar uchun mo‘ljallangan. Ular odmi va nafis tusda bo‘lishlari lozim. Mayda rasmli kostyumga har qanday bo‘yinbog‘ bo‘laveradi. Olachipor kostyumga bir tusdagi bo‘yinbog‘ mos tushsa yaxshiroq bo‘ladi. Ammo bunda ikkita qoidaga amal qilish lozim: yo bo‘yinbog‘ni tanlayotganda uni kostyum rangi bilan bir tusda, ammo sal ochroq yoki sal to‘qroq bo‘lishiga harakat qilish kerak. Chunki bu bilan ular bir-birini to‘ldirib turadi, yoki kostyum va bo‘yinbog‘ bir-biriga qarama-qarshi tusda (albatta, uyg‘unlashgan holda) bo‘lishi lozim. Lekin bundan qarama-qarshilik alohidalik kasb etmog‘i joiz. Dastro‘mol. Erkaklarga o‘zlari bilan ikkita dastro‘mol olib yurishni tavsiya etamiz:biri – ustki kiyim yoki shim cho’tagida, uni kerakli bo‘lganda o‘zi uchun ishlatiladi (ishlatib bo‘lgandan keyin g‘ijimlab tashlamang), ikkinchisi – mutlaqo tozasi – ustki kiyimning ichki cho‘ntagida, maxsus holatlar uchun (ko‘zoynakni artish uchun, bola yoki ayol kishiga kerak bo‘lib qolgan taqdirda berish uchun va h. k.). Bu ikkinchi dastro‘molni ustki kiyimning tashqi cho‘ntagida, sal uchini chiqargan holda olib yurish ham mumkin. Dastro‘molni dazmollangan holda shim cho‘ntagi yoki sumkada saqlash kerak. Aksirgandan so‘ng uni qoqib o‘tirish nojoiz, darrov olib qo‘yish lozim. 61 Erkakni kostyumini yoki ayolni nafis bezaydigan dastro‘mol – boshqa narsa. Erkaklarnikidan kichikroq bo‘lgan bu dastro‘mol jamoatda ko‘z-ko‘z bo‘lishga arziydi. Erkaklarning oq rangdagi dastro‘moli ustki kiyimning cho‘ntagida bir-ikki santimetr, yoki uchburchak shaklida chiqarib qo‘yiladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling