Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Bir qancha tajribadan o‘tgan maslahatlar


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Bir qancha tajribadan o‘tgan maslahatlar.O‘zimizga kiyim tanlar ekanmiz 
dugonalarni emas, o‘z didimizga tayanib ish tutganimiz ma’qul. Libosning rangi 


56 
nafaqat zamonaviy tusda, balki o‘ziga tushadigan rang bo‘lishi lozim. To‘q rangdagi 
kiyimlarni afzal ko‘rarkansiz, och rangdagilarda ham, to‘qda ham kirlik bir xil 
hajmga ega ekanligini yodda tutish lozim. Uning farqi faqat och rangdagi yubka 
ko‘zga tezroq tashlanishidadir. Kiyim tanlashda ansamblni ushlashga (birining 
ikkinchiga mosligi, monandligi) harakat qilish kerak. Kiyimni rangiga mos keluvchi 
jihatlar: sumka, tufli, kamar va b. ni tanlashda o‘ta ideallikka erishishga harakat 
qilmagan ma’qul. Faqatgina bitta kiyim uchun qo‘shimcha narsa olish – isrofgarchilik 
hisoblanadi.
Libosni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatuvchi mayda narsalar: sharf, bijuteriya va 
boshqa narsalar muhim hisoblanadi. Aynan libos bilan bir xil tusda bo‘lishi shart 
emas, bu bachkanalikni ham paydo qilish mumkin. Asosiy gap ranglarning 
uyg‘unligi, andozalarning mutanosibligida. Barcha davrlarda erkaklarning kiyimidan 
farqli o‘laroq ayollarning liboslarida odmi va jiddiylik kamroq, ularda o‘z 
kamchiliklarini berkitgan holda hamda o‘z afzallik jihatlarini alohida ta’kidlagan 
holda, o‘z didini yanada yorqinroq ifodalash mumkin. Va shu bilan bir qatorda 
ayollarga ozodalik va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat’iyroq qo‘yiladi.
Jozibadorlikning yana bir siri – kostyumning qulayligidir, unda u o‘zini erkin va 
o‘ziga nisbatan ishonch va tabiiylikni his qilish imkoniyatiga egadir. Libos 
tanlayotganingizda yoningizda sizni kuzatib yuruvchi erkakning ham kiyimini 
inobatga olgan yaxshi.
Yodda saqlash lozim bo‘lgan bazi jihatlar:tashqi ko‘rinishda maydachuyda 
narsalar bo‘lmaydi. Ularning hammasi ahamiyatga ega. Ziynatlar haqida bir necha 
so‘z. Afsuski, hamma ham kostyumini bezashda doimo taqinchoqlardan to‘g‘ri 
foydalana olmaydi. Ba’zilar haddan tashqari zebziynatlarga ko‘milsa, ba’zilari esa 
o‘ta oddiylashib ketadilar. Avalambor hech qaysi ayol bu borada tejamasligi lozim
ammo ularni ko‘zko‘z qilish uchun chegaradan chiqib kyetish ham – «me’yordan 
chiqish» kabi didsizlikdir.
Did bilan kiyinish kishining o‘ziga tanqid bilan qaray olishini ham ifodalaydi. 
Inson o‘z tabiiy nuqsonlarini sezib, uni boshqalarga sezilmaydigan qilib kiyinmog‘i 
kerak. Kiyim tanlanayotganda yoshni ham unutmaslik kerak. Yoshlar sport kiyimi 
bichig‘ida kiyinadilar. Ochiq rangli, guldor kiyimlar ularga ko‘proq yarashadi. O‘ttiz 
yoshdagi ayollar (shartli ravishda) didi modaga asos deb qabul qilingan. Bu yoshda 
ayol o‘z qiyofasini yaxshi bilmog‘i, husniga xusn qo‘shiladigan kiyimlarni tanlay 
olmog‘i lozim. 
Qirq yoshdan keyin o‘tgan yillar oqibatida vujudga keladigan ayrim nuqsonlarni 
kiyim va pardoz bilan yashirish kerakligini unutmaslik lozim. To‘liqqina yosh ayollar 
juda ham odmi kiyimlar bilan kifoyalanmasliklari kerak, chunki odmi kiyim semizlik 


57 
bilan birga yoshlikni ham, latofatlikni ham yashirishi mumkin. Muhimi kiyimning 
shakli va rangi me’yorida bo‘lsin.
Atir bo‘yi ayol kishiga alohida bir latofatni beradi, uning chiroyini qandaydir 
sirli qadimgi ayollik nazokati bilan o‘raydi. Ammo... Hamma joyda kabi bu yerda 
ham oshirib yubormaslik muhim. Kerak bo‘lmagan joyda atirdan foydalanmaslik 
maqsadga muvofiq: transportga chiqqanda (agar siz u yerda tiqilinchda uzoq 
qolishingizni bilsangiz). Ba’zi bir iforlar kattalarda, ayniqsa, bolalarda allergiyani 
qo‘zg‘atishi mumkin. Buni yoddan chiqarmaslik lozim.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling