Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
5-MAVZU. KIYINISH MADANIYATI
Inson tug‘ilishidan boshlab yo‘rgaklanadi. Ammo hozirda dastlabki kunlardanoq kiyina boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun ichki dunyosini siyratini ham ko‘rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham, bu – kiyinish etiketidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning estetik didi, farosati, oddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin. Kiyinish etiketi kiyinish odobi kishilarning o‘zaro muomalasiga, bir-biriga bo‘lgan munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sir qiladi. Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud emas. Kiyim uchun olinadigan turli narsalarning har biri kishining didi, bo‘y-basti, yoshi, moddiy imkoniyatlari hamda jamiyatda tutgan o‘rniga bog‘liq. Inson kerak bo‘lmagan xaridlardan o‘zini asrash uchun doimo o‘zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda mavjud bo‘lgan kiyimlarning uslubiga, gazlamaning rangiga mos keladimi-yo‘qmi, uni boshqa narsalar bilan kiysa bo‘ladimi, va h.k. larga e’tibor berishi lozim. Kiyinish shahsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, hamma vaqt go‘zallik, uyg‘unlik, noziklik, odob, xushmuomalalik haqidagi tushuncha darajasining belgisidir. Insonning tashqi go‘zalligi kiyim rangining bir-biriga mosligidir, tabiiyligi va soddaligidadir. Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko‘zga tashlanmaydigan hamda kishiga tabiiy go‘zallik beradigan va uning ayrim kamchiliklarini bilintirmaydigan ust-bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va faslga mos kiyim kiyishdir. Ammo bu faqat axloqiy tarbiya bilan bog‘liq emas. Balki estetik tarbiyaning qanday shakllaganligi bilan bog‘liq. Rivojlangan estetik did insonni nafaqat kiyinish, yashash umuman turmush tarzini go‘zallashtiradi, balki avvaldan qaysi andoza yoki qaysi ranglar rusm bo‘lishini ilg‘ash qobiliyatini paydo qiladi. Badiiy asarlar, san’at turlarini estetik idrok yetish, estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi chiroyli yashashingiz, balki o‘z uslubingizni yaratib, ularning tanloviga ta’sir qilishingiz ham mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling