Ziddiyatli vaziyatlardan o‘zini tuta bilish qoidalari
Rahbar ziddiyatlarni nafaqat ish sohasi, balki shahsiy emotsional sohada ham
ishlata olishi zarur. Xo‘sh, ziddiyatli shahs bilan ishlash jarayonida o‘zini qanday
tutish lozim:
Birinchidan - bunday odamlarda ichki o‘tkinchi kechinmalar bilan bog‘liq
ehtiyojlar mavjud bo‘lib, ular Shu orqali ehtiyojlarni qondiradi. Masalan,
tajovuzkor o‘zining tajovuzi orqali qo‘rqoqligini yashirishi mumkin.
Ikkinchidan - o‘z hissiyotlarini jilovlab, boshqaning hissiyotlarini ro‘yobga
chiqarish uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Uchinchidan - bunday odamlarning qilayotgan harakatlarini jiddiy qabul
qilmaslik.
To‘rtinchidan - ziddiyatli holatlarda muvofiq keluvchi usulni tanlash uchun
bunday usullar qaysi toifa odamlarga mos kelishini ajrata olishingiz zarur.
Robert Bremson tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala qilishning bir necha
turlarini ajratib ko‘rsatadi
18
:
Tajovuzkor - agar so‘ziga quloq solishmasa, kishilarga tojovuz qiluvchi qo‘pol
va shallaqilar.
Shikoyatchi – qandaydir g‘oyani o‘zlashtirib olgan holda boshqalarni katta
gunohda ayblovchi, biroq ushbu muammoni yechish uchun biror ish qilmaydigan
kishi.
“Darg‘azab bolakay” – bu toifa kishilar tabiatan o‘zlarining to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri fikrlarini o‘tkazishga hamda jarayonni to‘laligicha qo‘l ostida tutib turishga
intiladilar.
Maksimalist –garchand zarurati bo‘lmasada, biror-bir ishni ortga sudramaydigan
kishi.
Indamas (pismiq) – barcha alamlarini ichiga yutib yuradigan, biroq payti
kelganda birdan portlaydigan odam.
“Sirli qasoskor” (ishkallar) – biror-bir nayraglar yordamida noqulayliklarni
yuza keltiruvchi, “noto‘g‘ri qilingan ish uchun o‘zini alolat o‘rnatuvchi” deb
hisoblaydigan kishi.
18
Бородкин Ф.М. Внимание конфликт! - Новосибирск. 1989.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |